• Vakolat
  • Fan va texnologiya




    Download 4,59 Mb.
    bet44/44
    Sana23.05.2024
    Hajmi4,59 Mb.
    #251140
    1   ...   36   37   38   39   40   41   42   43   44
    Bog'liq
    Menejmentga oid adabiyotlardan iqtiboslar

    Umumiy mas’uliyat – bu korxonanaing boshqaruv faoliyatini ta’minlovchi shart-sharoitlarni yaratish bo‘yicha mas’uliyatlar majmuasi. Masalan, kadrlarni tanlash, joy-joyiga qo‘yish va h.k. (518-b.)
    Funksional mas’uliyat – bu aniq ishlarni bajarish bilan bog‘liq bo‘lib, u odatda bajaruvchilarga yuklanadigan mas’uliyatdir.
    Boshqaruv vakolati va mas’uliyati bir-biri bilan hamohang bo‘lishi kerak. Aks holda korxona va uning xodimlari uchun kutilmagan noxushliklar paydo bo‘lishi hech gap emas. Masalan, topshirilgan vakolatning mas’uliyatdan baland bo‘lishi ma’muriy beboshlikka, dabdababozlikka yo‘l ochadi. Chunki bunday sharoitda rahbarning xatti-harakati jazolanmasdan qolishi mumkin.
    Buning teskarisi esa, ya’ni mas’uliyatning vakolatdan baland kelishi holatlari faol harakatni shol (falaj) qilishigacha olib keladi. Chunki bunday sharoitda kishilar o‘zlariga noxush holatlarni tug‘dirib qo‘yishlaridan xavotirda bo‘lib, ortiqcha harakat qilishdan o‘zlarini tiyadirlar.
    Shu sababli vakolat bilan mas’uliyatning mutanosibligi boshqarishning har bir bo‘g‘inidagi rahbar va xodimlar uchun o‘ta zarurdir. Shundagina korxona faoliyati bir maromda tarqqiy etishi mumkin.



    Vakolat – bu korxona resurslaridan foydalanish va kishilarni boshqarish bo‘yicha u yoki bu lavozimdagi shaxsga cheklangan shart bilan berilgan huquqdir. (519-b.)


    Axborot bu ma’lumot va xabarlar to‘plami bo‘lib, mazmunan yangilik unsurlariga ega bo‘ladi va boshqaruv vazifalarini hal etish uchun o‘ta zarurdir. Ishonchli va zarur axborotlarsiz boshqarishni amalga oshirib bo‘lmaydi. Axborotlar boshqaruv negizi hisoblanadi.

    (619-b.)


    Download 4,59 Mb.
    1   ...   36   37   38   39   40   41   42   43   44




    Download 4,59 Mb.