|
Fan va texnologiya
|
bet | 41/44 | Sana | 23.05.2024 | Hajmi | 4,59 Mb. | | #251140 |
Bog'liq Menejmentga oid adabiyotlardan iqtiboslarQaror qabul qilish – zaruriyati mavjud holatning bo‘lishi lozim bo‘lgan holat bilan mos tushmasligi natijasida yuzaga keladi.
Qaror qabul qilish – imkoniyatining muqobil yo‘llari bo‘lganda vujudga keladi va rahbar ulardan birini, eng maqbulini tanlaydi. (349-b.)
Qaror qabul qilish – bu tashkilot rahbarining tashkilot oldidagi maqsadga erishish uchun o‘z vakolati va omilkorligi doirasida qarorning mavjud variantlaridan eng maqbulini tanlash jarayonidir. (350-b.)
Strategik qaror maqsadga erishishda muhim ahamiyatga ega. U yuqori boshqaruv orgonlari tomonidan tub va istiqbolli dasturlarni ishlab chiqish maqsadlarida qabul qilinadi. (354-b.)
Taktik qarorlar maqsadga erishishning vosita va usullari xususidagi joriy, tezkor qarorlardir.
Umumiy qarorlar bir xil muammoga daxldor bo‘lib, barcha bo‘g‘inlar uchun birdek amal qiladi. Maslan, ish kuning boshlanishi va tugashi, tushlik vaqti, ish haqini to‘lash muddatlari va boshqa tanaffuslar.
Maxsus qarorlar tor doiradagi muammoga taalluqli bo‘lib, korxonaning muayyan bir bo‘limi yoki bir guruh xodimlari yuzasidan qabul qilinadi. (355-b.)
Model – bu boshqaruv oldida turgan vazifani hal etish chizmasidir. (365-b.)
Strategiya grekcha (“strategos”) so‘z bo‘lib, “general san’ati” degan ma’noni bildiradi.
Istiqbolni aniq bashorat, tasavvur qilish uchun strategiya zarurdir.
Strategiya – bu:
- istiqbolni tadqiq qilish, turli ssenariyalarni tahlil qilish san’ati;
- istiqbolda raqobat kurashida afzallik beruvchi g‘oya;
- korxonanaing umumfaoliyat (fondi, quvvati, xarajati, foydasi va hokazo)ni nazorat qiluvchi keng qamrovli tizimdir. (399-b.)
Maxsus strategiya bu sodir bo‘lishi mumkin bo‘lgan turli holatlarni, masalan, korxonaning bankrotlik holatini bartaraf etish maqsadida uzoq muddatga tuziladigan strategiyadir.
Funksional strategiya korxonanaing bo‘lim va xizmatlari oldidagi vazifalarni amalga oshirish yo‘llarini ifodalaydi. Bu ishchi strategiyadir.
|
| |