|
Fan va texnologiya
|
bet | 2/44 | Sana | 23.05.2024 | Hajmi | 4,59 Mb. | | #251140 |
Bog'liq Menejmentga oid adabiyotlardan iqtiboslarUsul yoki taktik yo‘l - bu qisqa muddatli strategiyani bildirib. juda ham cheklangan maqsadlari bilan xarakterlanadi. Strategiyaning bu turiga vaqqol misol qilib futbol o'yinidagi siyosatni olish mumkin. Agar raqib jamoa tarkibida juda kuchli o‘yinchi (≪А≫ o‘yinchi) bo‘lsa, u holda o‘yinda ishtirok etayotgan boshqa jamoa menejeri ≪А≫ o‘yinchiga qarshi o'ynash uchun ikkita o'yinchiga topshiradi. Lekin bu usul faqat o‘sha o‘yin uchun qo‘llanilishi mumkin, keying] o‘yinda esa
butunlay boshqa o‘yin strategiyasi qoMlaniladi. Yana shuni aytish kerakki, xuddi o‘sha o‘yinda ≪А≫ o‘yinchi umuman qatnashmasa yoki uni almashtirishsa (jarohat olgani uchun), shu zahotiyoq o'yin strategiyasi boshqacha tus oladi. (11-12-b.)
Xulqiy model strategiyasi - bu xil strategiyaga misol qilib kichik firmalar xulqi, masalan, chiqindilami to‘plash bilan shug‘ullanadigan fmna xulqini olishimiz mumkin. Ular o‘zlari uchun qiyin reja qo‘ymaydilar, ya’ni qancha mumkin bo‘lsa, shuncha metallom sotib oladilar. Agar ularga eski po‘lat armaturalar partiyasi taklif qilinsa, ular o'ylamasdan xarid qilishlari mumkin, lekin eski plastmassa jihozlarini sotib olishmaydi, chunki bu ulaming biznesdagi xulqi tashqarisida boiar edi.
Mimsberg ta'rifi bo'yicha. Slrategiyalar oldindan o'vlangan va to‘sat dan paydo bo'lgan strategiyalarga boiinadilar. (12-b.)
Oldindan o‘ylangan strategiyalar aniq maqsadlarga ega bo‘lib, ishlab chiqarishdan tortib to yakunlanishigacha doimiy tahlil va nazorat qilib boriladi.
To‘satdan paydo bo‘lgan strategiyalar aniq maq-sadlarga ega bo‘lmay, korxona faoliyati davomida ayrim holatlar yechimi uchun vaqtinchalik ishlab chiqiladi.
Boshqalarga nisbatan nuqtayi nazar (позиция) – yoki pozitsion strategiyaning mazmuni korxonaning raqobatchilariga nisbatan o‘z holati yoki bozordagi ulushini saqlab qolishdan iboratdir.
Kelajak strategiyasi - tashkilot a'zolari madaniyatini o‘zgartirishga o‘naltirilgan kurs hisoblanib, u korxona ishchilariga bir qancha talablami, masalan, malakali harakat qilish, bir-biriga yordam berish va qo‘llab-quvvatlashlarni bajarishni shart qilib qo'yadi.
Garvard biznes-maktabi professori Chandler ta’rifiga ko‘ra, strategiya - tashkilotning vazifalari va asosiy uzoq muddatli maqsadlarini bajarish uchun zarur bo‘lgan resurs (moddiy ne’mat)lami joylashtirish va harakat yo'nalishini belgilab olishdir.
To'g‘risini aytganda, ≪strategiya≫ terminining Chandler tomonidan tushuntirilishi boshqa ta’riflarga nisbatan oddiyroq va tushunarliroqdir. E'tibor qilgan bo‘lsangiz. Chandler ta’rifida strategiyaning uch elementi to‘g‘risida so'z boradi. (13-b)
|
| |