• Nazorat chegarasini aniqlash
  • Boshqaruv uslubi
  • Fan va texnologiya




    Download 4,59 Mb.
    bet8/44
    Sana23.05.2024
    Hajmi4,59 Mb.
    #251140
    1   ...   4   5   6   7   8   9   10   11   ...   44
    Bog'liq
    Menejmentga oid adabiyotlardan iqtiboslar

    Nazorat samaradorligi – muvaffaqiyatlilik aniqlanadi. Nazorat foydaliligi.

  • Odamlarga ta’sir samarasi – ishchilarda nazorat texnologiyasi ijobiy yoki salbiy his-tuyg‘u, ehtiros ta’sirini paydo qilyaptimi, yo‘qmi.

  • Nazorat vazifasining bajarilishi – nazorat tashkilotni boshqaruv tizimida og‘ish yoki mos kelishni, og‘ishlarni tuzatishga sharoit yaratilishini, samarali qarorlarni ishlab chiqish. (77-b.)



    1. Nazorat chegarasini aniqlash – nazorat tadbirlari chegarasiz amalga oshirilmaydi. Tekshirilayotgan qism uzunligi boshlang‘ich pog‘onadagi og‘ishni aniqlash kerak. Nazorat normasini saqlash kerak (mavjud qonunchiikka binoan) (78-b)

    Qaror – bu boshqaruv faoliyatining oxirgi natijasi. Qaror qabul qilish va ishlab chiqarish – bu boshqaruv faoliyatining asosiy shakli bo‘lib, rahbar mehnatining mazmuni, jamoaga ta’sir etish jarayonidir. Boshqaruv qarorlari ikki holatda ishlatiladi. Birinchi holatda kimdir yoki nimadir tomonidan o‘rnatilgan akt, qabul qilingan ish reja, qaror va boshqalar. Ikkinchi holatda esa bir necha variantlar ichidan optimal variant tanlash. (103-b.)
    “Uslub” so‘zi grekcha bo‘lib, dastlab u doskada yoziladigan siyoh, keyinchalik esa “yozuv” ma’nosida qo‘llanilgan. Bu o‘rinda shuni aytish mumkinki, rahbar uslubi menejer faoliyatida “yozuv”dir. Uslub – rahbariyat har doim ishlatadigan metodlar tizimidir. (usul, metod va shakllar tizimidir).
    Boshqaruv uslubiga menejer o‘z faoliyatida ishlatadigan yo‘llar, usullar, ish tarsi yig‘indisi tushuniladi.
    Menejment uslubi – bu rahbarni ishchi bilan munosabatida qo‘llanilgan yo‘llari, usullari kabi shaxsiy qobiliyatidir.
    Boshqaruv uslubi boshqaruv metodidan kelib chiqadi. Boshqaruv metodi deganda biz boshqaruv faoliyatini amalga oshiruvchi yo‘llar va usullar yig‘indisi tushuniladi. Metod – obyektiv me’zon bo‘lib, ya’ni tashkilotni boshqaruv faoliyatida ma’lum bir yoki bir necha usullar tanlanadi. Boshqaruv uslubi va usuli o‘zaro subyektiv mezon sifatida bog‘liq. (114-b.)
    Menejer – yuqorida turgan rahbariyat xohishini bajaruvchi, haq evaziga yollanuvchi xodim. (123-b.)


    Ta’sir – bu bir individualni xatti-harakati, u boshqalarning xulq-atvoriga o‘zgartirish kiritadi.
    …boshqaruv ta’siri ikki katta guruhga, emotsional va aqliy ta’sirlarga bo‘lingan. Emotsional ta’sir vositalarida asosiy o‘rinni “yuqtirish” va “taqlid” egallaydi.
    “Yuqtirish” – bu qadimiy insonlarga ta’sir qilish usulidir. U beixtiyor anglanmagan holda bir insonni emotsional holatini ikkinchisiga yetkazish. Yuqtirish mexanikasini qo‘llab, menejer jamoa jipsligini hamda ularni tashkilot maqsadini bajarishga safarbar etish mumkin. (128-b.)



    Taqlid – bu o‘zlashtirilgan faoliyat. O‘zini tutish, muomala, hattoki boshqa odamlarni fikrlash uslublari. Agar “yuqtirish” emotsional holat bo‘lsa, taqlid usulida boshqalardagi yaxshilarni o‘zlashtirishdan iborat.


    Inontirish – dalllarsiz va noargumental holda ishchilarga ta’sir usulidir. Shuning uchun ta’sir samarasi menejerning shaxsiy xislatlari orqali erishiladi: avtoritet, uning hurmat qozonishi, obro‘si va b. U qancha yuqori bo‘lsa, inontirish shuncha samarali bo‘ladi.
    Ishontirish – o‘z fikrini samarali uzatish usulidir. Ishontirish yo‘li bilan ta’sir qilayotgan rahbar, ishchiga nima qilish kerakligini gapirmaydi, - u ishchilarga nima qilish kerakligini “sotadi”. (129-b.)

    Download 4,59 Mb.
  • 1   ...   4   5   6   7   8   9   10   11   ...   44




    Download 4,59 Mb.