• Muxitdinov X.A., Sobirov A.A. Boshqarish nazariyasi / Darslik. – T., Cho‘lpon nomidagi nashriyot-matbaa ijdiy uyi. 2012, 240 bet.
  • Boshqaruv bosqichlari
  • Axborot tizimi
  • Unumdorlik
  • Monitoring
  • Qosimova D.S. Menejment nazariyasi / Darslik. -T., “TAFAKKUR-BOSTONI”, 2011, 336 bet.
  • Iltimos – ischilarga ta’sir usuli ixtiyoriylikka, majburlikka emas, balki undashga asoslangan motivlar. Tahdid




    Download 4,59 Mb.
    bet9/44
    Sana23.05.2024
    Hajmi4,59 Mb.
    #251140
    1   ...   5   6   7   8   9   10   11   12   ...   44
    Bog'liq
    Menejmentga oid adabiyotlardan iqtiboslar

    Iltimos – ischilarga ta’sir usuli ixtiyoriylikka, majburlikka emas, balki undashga asoslangan motivlar.
    Tahdid – qo‘rqitish, ishchiga yomonlik qilishga so‘z berish.
    Pora berish – ishchilarni o‘z foydasi va o‘z tarafiga og‘dirishda barcha vositalarni, ya’ni rahbar o‘z ishchilari xulq-atvorini o‘zgartirsa, qandaydir imtiyozlar berilishi mumkin. Ba’zi hollarda pora – to‘g‘ri yondashuv, ishchiga qo‘shimcha harakat evaziga qo‘shimcha foyda olish imkonidir.
    Buyruq – hokimlik orgonlarining rasmiy farmoyishidir. Alternativ bo‘lmaydi, chunki buyruq muhokama qilinmaydi. Uni bajarishadi. Agar buyruq bajarilmasa, u holda salbiy oqibatlar vujudga keladi. (130-b.) (Bu usullarni qo‘llashda xodimlar xarakterini bilish lozim. M.)
    Boshqaruv faoliyatining samarasi hokimlik kuchidan ko‘ra ko‘proq menejer shaxsiy avtoritetiga bog‘liq.
    Avtoritet – bu rahbarni ishchilari yuqoridagi rahbariyat va ishchidagi hamkasblaridan qo‘lga kiritgan ishonchdir. Bu shaxsni tan olish, jamoa menejerini subyektiv xususiyatlarini obyektiv talablar bilan mos kelishini baholashdir. Avtoritetni munosabat tizimi, qiymati va ishlar natijasi deb qarash kerak. (134-b.)

    Muxitdinov X.A., Sobirov A.A. Boshqarish nazariyasi / Darslik. – T., Cho‘lpon nomidagi nashriyot-matbaa ijdiy uyi. 2012, 240 bet.


    Kuzatuv – muammo va vaziyat haqida axborotni obyektiv tarzda yig‘ish va tahlil qilish. (11-b.)
    Model – bu obyektni, tizimni, g‘oyani butunlikning o‘zidan farqli ma’lum bir shaklda taqdim etilishi. (12- b.)
    Boshqaruv bo‘g‘inlari – bu bitta yoki bir qancha vazifalarni bajaruvchi mustaqil tarkibiy unsurlardir. Tuzilma unsurlari ularning bo‘linmalari va boshqaruv apparatida ishlovchilardir.
    Boshqaruv bosqichlari – bu boshqarish biror darajadagi ma’lum bo‘g‘inlar yig‘indisidir. Shu belgisiga ko‘ra boshqaruvning tashkiliy tuzilmalari – ko‘p bosqichli (ko‘p bo‘g‘inli), uch, ikki bosqichli (bo‘g‘inli) bo‘ladi. (67-b.)
    Boshqaruv usullari – rahbarning ishlab chiqarish korxonalarining qo‘yilgan maqsad vazifalariga erishishga rahbarlik qilishini muvofiqlashtirish.
    Buyruq – rahbarning o‘z qo‘l ostidagilariga ma’lum ishni belgilagan vaqtda bajarish talabining yozma yoki og‘zaki ko‘rinishi. (81-b.)
    Axborot – bu boshqaruv apparati faoliyatining ham dastlabki nuqtasi, ham natijasidir, shuningdek, amalga oshirilayotgan harakatlar mavjudligi sharti, mustahkamlash usulidir. Axborot hajmi ortishi bilan boshqaruv axborotining sifat ko‘rsatgichlariga bo‘lgan talab ham ortib boradi. (91-b)
    Axborot tizimihujjatlar axborot oqimlari, aloqa kanallari va boshqaruv obyektining texnik vositalarini qamrab oluvchi murakkab axborot majmuidir. (93-b)
    Axborot tizimi – qo‘yilgan maqsadga erishish yo‘lida axborot to‘plash, saqlash, ishlov berish va chiqarishda foydalaniladigan vositalar, usullar va xodimlarning o‘zaro bog‘liq majmuyi. (96-b.)
    Qaror qabul qilish – vaziyatni tahlil qilish, maqsadni aniqlash, bu maqsadga erishish dasturini ishlab chiqishga qaratilgan ta’sir etish xatti-harakati. Ixtiyoriy tashkilotning an’anasiga ko‘ra uch darajaga: operatsion, funksional va strategik darajaga bo‘linadi.
    Boshqaruv darajalari (boshqaruv faoliyatying turi) yechilayotgan vazifalarning murakkabligi bilan belgilanadi. Vazifa qanchalik murakkab bo‘lsa, uni yechish uchun shunchalik yuqori boshqaruv darajasi talab qilinadi. (100-b.)
    Boshqaruvning operatsion (pastki) darajasi ko‘p marta qaytariladigan vazifa va operatsiyalarni bajarish hamda kiruvchi joriy axborotning o‘zgarishiga tezda munosabat bildirishni ta’minlaydi.
    Boshqaruvning funksional (taktik) darajasi birinchi darajada tayyorlangan axborotni birlamchi tahlil qilishni talab qiluvchi vazifalarni yechishni ta’minlaydi. …Bunda kerak bo‘lgan qarorni tezkor ishlab chiqishga har doim ham imkon bo‘lmaydi, tahlil uchun, anglash uchun, yetishmayotgan ma’lumotlarni to‘plash va boshqalar uchun qo‘shimcha vaqt talab qilinadi. (101-b.)
    Strategik daraja tashkilotning uzoq muddatli strategic maqsadlariga erishishga yo‘naltirilgan boshqaruv qarorlarini ishlab chiqishni ta’minlaydi. Qabul qilinayotgan qarorlarning natijalari uzoq vaqt o‘tganidan keyin namoyon bo‘lishi sababli, bu darajada boshqaruvning strategik rejalashtirish kabi funksiyasi alohida ahamiyatga ega. (102-b.)
    Boshqaruv madaniyati darajasi xodimlar, ayniqsa menejerlar madaniyati, boshqaruv jarayoni madaniyati, boshqaruv texnikasi, mehnat sharoitini aks ettiruvchi ko‘rsatgichlar bo‘yicha baholanadi. Boshqaruv madaniyati unsurlarining turli-tumanligi boshqaruv jarayonida turli-tuman me’yorlarga, jumladan, axloqiy, huquqiy, iqtisodiy, tashkiliy, texnik, estetik me’yorlarga rioya qilish zaruriyatini keltirib chiqaradi. (108-b.)
    Boshqaruv uslubi – bu ma’lim bir rahbarning boshqaruv jarayonida qo‘llovchi o‘ziga xos va o‘zgarmas usul va harakatlari yig‘indisidir.
    Mutlaqo o‘xshash kishilar bo‘lmagani kabi vazifalar ko‘pligi sababli mutlaqo bir xil boshqaruv uslubi ham bo‘lmaydi. Rahbar faqt o‘ziga xos xususiyat va sifatlar vositasida faqat o‘ziga xos uslubda ish yuritadi. Bu ma’noda uslub rahbarning shaxs sifatidagi xususiyatlarini emas, balki faoliyat xususiyatlarini ifodalaydi. (111-b.)
    Marketing – insonning ayirboshlash vositasida talab va ehtiyojni qondirishga qaratilgan faoliyatidir. Marketing tarkibiga bozorni o‘rganish, iste’molchi buyurtmasiga ko‘ra mahsulotlar assotimentini rejalashtirish, bozorni egallash, reclama, tovarlar va xizmatlarni ishlab chiqishdan iste’molchiga yetkazib berish bilan bog‘liq tadbirkorlik faoliyati kiradi. (125-b.)
    Maslouning inson ehtiyojlari mavzusidagi nazriy fikrlaridan ancha avval Xotorn tajribasi xodimlar o‘rtasidagi ijtimoiy munosabatlarni hisob olish kerakligini isbotlab bergan. Xotorn izlanishlarida tashkilotning samaradorligini oshirishda inson xulq-atvorlari ilk bor ilm-fanda qo‘llaniladi. U ishchilarda ijtimoiy talablar ham borligini ancha avval boshqa mualliflar o‘z ishlarida aytib o‘tganligini ta’kidladi. Tashkilotning o‘zaro aloqador masalalarini bajaruvchi ishchilarni mantiqiy joylashtirishdan ko‘ra allaqanday murakkabroq tahlil qila boshladilar.
    Boshqaruv nazariyotchilari va amaliyotchilari tomonidan tashkilotda rasmiy va norasmiy guruh alohida shaxs faoliyati sifatida ijtimoiy tizim boshqaruvi deb tushuniladi. (147-b.)
    Unumdorlik ko‘rsatgichi bo‘yicha boshqaruv bu samarali boshqaruv deganidir. (151-b)
    Avantyura – qo‘yilgan maqsadga erishishning real imkoniyatlarini hisobga olmagan holda ishga kirishish, tavakkalli va xavfli boshlanish; kutilmagan omadni ko‘zlagan nohalol faoliyat (harakat). (159-b.)
    Marketing – korxona yoki firma boshqaruv faoliyatining bozorga yo‘nalishini ta’minlovchi usullar tizimi. Xaridorlarning real talab va ehtiyojlarini hamda korxonaning ishlab chiqarish imkoniyatlarini o‘rganadi. (162-b.)
    Monitoring – tizim yoki obyekt holatini kuzatish, baholash bashorat qilish, uning faoliyatini nazorat qilish.
    Motivatsiya – insonni aniq maqsadlarga erishish va o‘z ehtiyojlarini qondirish uchun harakatga undovchi amaldagi ichki va tashqi kuchlar majmuyi.
    Rag‘batlantirish – tashkilot oldida turgan masalani yechishda kishining urunishi, harakati, matonati va halolligiga maqsadli yondashuv. (163-b.)
    Reyting – biror narsani biror bir sinfga yoki toifaga kiritish, aniqlash, baholash.
    Tashxis – obyektning texnik, iqtisodiy, ijtimoiy. Moliyaviy holatini tahlil (tadqiq) qilish. Uning “nozik jihatlari”ni aniqlash va optimal qaror qabul qilish uchun olib boriladi. (164-b.)

    Qosimova D.S. Menejment nazariyasi / Darslik. -T., “TAFAKKUR-BOSTONI”, 2011, 336 bet.

    Download 4,59 Mb.
    1   ...   5   6   7   8   9   10   11   12   ...   44




    Download 4,59 Mb.

    Bosh sahifa
    Aloqalar

        Bosh sahifa



    Iltimos – ischilarga ta’sir usuli ixtiyoriylikka, majburlikka emas, balki undashga asoslangan motivlar. Tahdid

    Download 4,59 Mb.