• Ommaviy nazorat
  • Fan va texnologiya




    Download 4,59 Mb.
    bet17/44
    Sana23.05.2024
    Hajmi4,59 Mb.
    #251140
    1   ...   13   14   15   16   17   18   19   20   ...   44
    Bog'liq
    Menejmentga oid adabiyotlardan iqtiboslar

    Me’yoriy nazorat — doimiy vazifadir. Uni albatta biror sanaga bag‘ishlab emas, balki xodimda ma’lum kamchiliklarning oldini olish maqsadida o‘tkazilib, u bilan avvalo ish joyida suhbatlashib, so‘ngra muddatni belgilab o‘tkazish kerak. Hamma narsani nazorat qiluvchi, hamda ularning barcha faoliyatiga javob beruvchi rahbarlar ham bo‘ladilar.
    Ommaviy nazorat qilish vaqt talab qiladi. Rahbarning esa bunga vaqti yetmaydi. Bajaruvchilar hamma narsaga javob beruvchi rahbar borligi uchun o‘z mas’uliyatlaridan ozod bo‘ladi, natijada ommaviy (total) nazorat kishilarni mustaqil emas, beparvo qilib qo‘yadi. (98-b.)
    Maxfiy nazorat hech qachon ilgari ko‘rsatilmagan narsa haqida bo‘lib, uning yaxshiligi, natijalarini hech kim bilmaydi. U tuzoq. Nazoratchilar qayerda aldov, firibgarlik, hujjatlarni o‘zgartirish, suiiste’mol qilish bor joylarda harakat qiladi. Shunday qilib, aytish mumkinki, jamiyatda jinoyatchilikning ko‘pligi kundalik boshqarishda jinoiy usullardan foydalanishga asos bo‘la olmaydi. (98-99-b.)
    Kim nazorat qilmasa, u o‘z xodimlari yutuqlari bilan qiziqmaydi. Har bir ijrochi o‘z ishlab chiqarish harakatining kasbiy darajasi uchun javob beradi. Har bir boshqaruvchi esa bir qancha kishilar uchun javob beradi. Hozirgi harakatdagi huquqiy tizimlar shakllanishi davrida jamoa ham xususiy, ham boshqarish bo‘lmagan pastki boshqarish tizimda javobgarlikning bo‘lishi aqlga to‘g‘ri kelmagan, shuning uchun hozir bir narsa bo‘lsa huquqiy tashkilotlar korxonaning yuqori idorasiga jo‘natadilar. Odil sud «pastda» sezilgan jazolash choralariga «yuqori darajani» mas’ul qilib qo‘yadi. Ularga ma’lumki katta korxonaning rahbari marshrutga chiqayotgan mashinalarni tekshira olmaydi. Ammo ular talab qiladigan boshqaruvchi turli darajadagi nazorat vositasi bilan qonun va ko‘rsatmalarga amal qilishni ta’minlashi kerak.
    Teskari aloqalar orqali nazorat. Nazorat bajaruvchi bilan suhbat orqali, vazifasini bajarishi haqidagi axborotlar orqali ham amalga oshirilishi mumkin. Lekin bunday paytlarda axborotlarning to‘g‘riligini, obyektivligini va haqiqatga mosligini joriy nazorat orqali qayta nazorat qilib turish kerak, chunkixatoliklarning bir tomonlama o‘sib borishi so‘nggi natijada ishga putur yetkazishi mumkin.
    Teskari aloqalar nazorati boshqaruvchining quyidagi usullarida ham namoyon bo‘lishi mumkin: qo‘shilish, sozlash va «xufyona». Boshqarishning bunday uslublari o‘ziga xos ravishda teskari aloqalar tizimi orqali boshqarishni turlicha modellashtirish imkonini beradi. Nazorat o‘tkazish uchun ma’lum tartib, qoidalar ishlab chiqiladi, uni ishlab chiqishda kompaniya boshqarish apparati qatnashishi va unga bo‘ladigan yagona talablarni ishlab chiqish zarur— buni esa standart deb qabul qilinardi. Barcha nazorat qilinayotgan faoliyat va doiralarga bir xil baholar asosida yondashish kerak. Standartlar asosida nazoratni baholash har bir tekshiruvchiga tushunarli bo‘lishi zarur. Boshqarish nazorati, natijadorlik ko‘rsatkichlari, ishlab chiqarishga to‘g‘ridan to‘g‘ri ta’sir etuvchi omil sifatida, mahsulot unumdorligida va rentabellik darajasida aks etadi. Ularga esa quyidagi omillar ta’sir etishi mumkin: ishlab chiqarishning texnik darajasi, rahbarlik, boshqarish va tashkil qilish darajasi, mahsulot ishlab chiqarish dasturi, hajmi va tizimi nomenklaturasining o‘zgarish darajasi. Ushbu omillar orqali mumkin bo‘lgan xodimlar sonini tejash, avtomatlashtirish darajalari orqali boshqarish nazorati natijadorligi aniqlanadi. (99-b.)
    Motivlashtirish — harakatga qo‘zg‘atish jarayoni.
    Strategiya — uzoq muddatga ijtimoiy-iqtisodiy rahbarlik qilish san’ati. (101-b.)
    Guruhbu muayyan belgiga, masalan, sinfiy mansublikka, birgalikda faoliyat ko‘rsatishning mumkinligiga va uning xarakteriga, tashkil topish xususiyatlari va shu kabilar asosida ajralib turadigan insoniy umumiylikdir. (104-b.)

    Download 4,59 Mb.
    1   ...   13   14   15   16   17   18   19   20   ...   44




    Download 4,59 Mb.