• Maqsadli yondashuv usuli
  • Fan va texnologiya




    Download 4,59 Mb.
    bet19/44
    Sana23.05.2024
    Hajmi4,59 Mb.
    #251140
    1   ...   15   16   17   18   19   20   21   22   ...   44
    Bog'liq
    Menejmentga oid adabiyotlardan iqtiboslar

    Mehnat unumdorligi — bu ishlab chiqarish sohasida band bo‘lgan mehnat sarfining samaradorligidir. (150-b.)

    Yo‘ldoshev N.K. Menejment asoslari va biznes reja: darslik / N.K.Yo‘ldoshev, S.Sh.Yusupov, G.E.Zaxidov. – Toshkent: – O‘zbekiston faylasuflari milliy jamiyati nashriyoti, 2017. – 252 bet.


    Maqsad — bu muddao, ya’ni u yoki bu niyatga erishmoq uchun ko‘zda tutilgan mushtarak orzu. Ay nan shu maqsad kishi faoliyatini o‘z orzularining ushalishiga yo‘naltiradi. Biz dastlab o‘zimizning oldimizda turgan maqsadimizni aniqlab olamiz, so‘ngra esa shu maqsadimiz bo‘lajak harakatlarimizni oldindan
    aniqlab beradi; faoliyatimizning ustuvor yo‘nalishini belgilaydi; faoliyatimizni aniq sohaga ishga yo‘naltiradi; u yoki bu faoliyatimizning zarurlik darajasini belgilab beradi.
    Maqsadlar - bu aniq yakuniy holatlar bo‘lib, u yoki bu subyekt (tashkilot, jamoa, inson)ning faoliyati unga erishishga qaratiladi. Maqsadlar tashkiliy munosabatlarni belgilaydi, ularga motivatsiya va nazorat tizimlari asoslanadi.
    To‘g‘ri shakllangan maqsadlarni qanoatlantirishi kerak bo'lgan bir necha asosiy talablar mavjud. Ular quyidagicha bo‘lishi kerak:
    - haqiqiy;
    - egiluvchan;
    - o'lchanadigan, vaqtga qaratilgan;
    - aniq;
    - bir-birlari bilan birga bo'la oladigan;
    - ta’sirning asosiy subyektlari uchun qulay.
    Maqsadlarning ikkita asosiy turlari mavjud: uzoq muddatli va qisqa muddatli. (25-b.)
    Odatda bir yil yoki kamroq muddatda erishiladigan maqsadlar qisqa muddatli, uch yil yoki ko‘proq muddatda erishiladigan maqsadlar uzoq muddatli deb hisoblanadi. Agar zaruriyat vujudga kelsa, yana oraliq (o‘rtacha muddatli) maqsadlar ham belgilanadi. (25-26-b.)
    “Maqsadlar shajarasi” ierarxiya ko‘rinishida bir necha darajalardan:
    — bosh maqsad;
    — birinchi darajali maqsadlar;
    — ikkinchi darajali kichik maqsadlar va hokazolardan tashkil topadi. (26-b.)
    Maqsadli yondashuv usuli besh pog‘onadan iborat:
    — korxonaning uzoq muddatli va strategik maqsadini aniqlash;
    — faoliyat sphalari bo‘yicha korxonaning umumiy maqsadlarini aniqlash;
    — xususiy, yakka maqsadlarni rejalashtirish va ularning bajarilish usullarini ishlab chiqish;
    — natijani baholash;
    — tuzatishlar kiritish. (30-b.)

    Download 4,59 Mb.
    1   ...   15   16   17   18   19   20   21   22   ...   44




    Download 4,59 Mb.