• Menejerning imidji
  • Fan va texnologiya




    Download 4,59 Mb.
    bet21/44
    Sana23.05.2024
    Hajmi4,59 Mb.
    #251140
    1   ...   17   18   19   20   21   22   23   24   ...   44
    Bog'liq
    Menejmentga oid adabiyotlardan iqtiboslar

    Boshqaruv usullari — bu qo‘yilgan maqsadlarga erishish uchun boshqaruvchi tizimcha — boshqaruv subyektini boshqariluvchi tizimcha — boshqaruv obyekti (xodim, jamoa, boshqaruvning ijtimoiy-iqtisodiy obyekti)ga ta’sir ko'rsatish usullaridir. Boshqaruv usullari va boshqaruv jarayoni usullari ajratiladi. Boshqaruv usullari boshqaruv obyektiga ta’sir ko‘rsatishning yakunlangan jarayonini ta’riflaydilar. Boshqaruv jarayoni usullari bilan faqat ayrim ishlar bajariladi. (67-b.)
    Menejer — bu boshqaruv faoliyati bilan shug‘ullanuvchi va bozor sharoitlarida faoliyat yurituvchi tashkilot faoliyatining ma’lum turlari bo‘yicha qarorlar qabul qilish vakolatlariga ega bo‘lgan odamdir. Menejerlar tashkilotda har xil o‘rinlarni egallaydi (direktor, guruh rahbari, ishlarning ma’lum turlarini tashkilotchisi, boshliq, mudir va h.k.), judayam bir xil bo‘lmagan masalalarni yechadi, har xil vazifalarni bajaradi.
    tashkilot faoliyatining strategiyasini ishlab chiqadi; (73-b.)
    Boshqaruv uslubi - bu rahbar tomonidan foydalaniladigan masalalarni yechishni eng xarakterli va barqaror usullarining majmuasi, uning qo‘l ostidagilarga nisbatan xulqining odatlaridir. (79-b.)
    Boshqaruv uslubi jamoa va umuman korxona (tashkilot) faoliyatining samaradorligiga katta ta’sir ko‘rsatadi. Haqiqiy sharoitlardagi boshqaruvning aniq uslubi obyektiv va subyektiv xarakterdagi quyidagi omillarni belgilab beradi:
    — jamoaning vazifalari va xizmatlari;
    — jamoaning ish sharoitlari;
    — jamoaning o‘lchamlari va tuzilishi;
    — rahbarning shaxsiy sifatlari va tajribasi;
    menejerning kasbiy mahorati;
    — mehnat jamoasi a’zolarining kasbiy tayyorgarlik darajasi va ongliligi;
    — mehnat jamoasining pishib yetilganligi va birlashganligi darajasi va boshqalar. (79-b.)
    (Avtokrativ, demokratik, liberal.)
    Menejerning imidji — bu uning obrazi, ushbu menejerning unga alohida o‘ziga xoslikni beruvchi va uni bir qator boshqa rahbarlardan ajratib turuvchi, farqlanuvchi va mutloq tariflari haqidagi mustahkam tasavvurdir. Imidjning asosini ishning maqsadga qaratilgan holda tashkil qilinayotgan va qollab-quvvatlanayotgan
    uslubi va menejerning shaxslararo munosabatlari va rasmiy atributlari (belgilari) tashkil qiladi.
    Imidj≫ inglizcha so‘z bolib, ≪obraz≫, ≪shuhrat≫ni bildiradi. Bu kimningdir, nimaningdir ommaviy ongda vujudga kelgan va stereotip xarakterga ega bolgan hissiyotli obrazidir. 0 ‘zining imidji haqidagi g‘amxo‘rlik bu uni odamlar ongida gavdalanishi, o‘zini-o‘zi eng yaxshi tanishtirishdir. (83-b.)

    Download 4,59 Mb.
    1   ...   17   18   19   20   21   22   23   24   ...   44




    Download 4,59 Mb.