|
Fan va texnologiya
|
bet | 24/44 | Sana | 23.05.2024 | Hajmi | 4,59 Mb. | | #251140 |
Bog'liq Menejmentga oid adabiyotlardan iqtiboslarBoshqaruv jarayoni — bu tashkilot resurslarini u tomonidan o‘z maqsadlariga erishish uchun shakllantirish va foydalanish bo‘yicha uzluksiz, izchil bajariladigan, o‘zaro bog‘langan harakatlari majmuasidir. Bu harakatlarni boshqaruv vazifalari deb ataydilar. Shunday qilib, boshqaruv jarayoni barcha vazifalarning umumiy yig‘indisi hisoblanadi.
Boshqaruv vazifalari - boshqaruv faoliyatining nisbatan mustaqil, ixtisoslashtirilgan va ajratilgan turlaridir. Bunday hisoblanishning boshqaruv vazifasi aniq aks ettirilgan mazmunga, uni amalga oshirishning ishlab chiqilgan mexanizmiga va doirasida uning tashkiliy ajralishi yakunlanadigan ma’lum tuzilmaga ega bo‘lishi kerak. Mazmun ostida aniq vazifa doirasida amalga oshirilishi
kerak bo‘lgan harakat tushuniladi. (68-b.)
Axborot massivi - boshqaruv idoralari tomonidan foydalaniladigan axborotlarning barcha turlari yig‘indisini ma’lum alomatlar bo‘yicha tartibga solish. U quyidagilarni ta’minlashi kerak: iste’molchilarni saqlanayotgan axborotlarga to‘g‘ridan to‘g‘ri murojaat qilishlari, ularning axborot ehtiyojlarini toliqroq qanoatlantirish, axborotlarni operativ qidirib topish va berish, axborotlarni buzilishdan saqlash.
Axborot oqimi — axborotlarning manbalardan iste’molchilargacha harakatlanishidir.
Axborot hajmi — shartli birliklar (so‘z, xabar, belgilar, harflar, raqamlar va boshqalar) yordamida o‘lchanadigan va boshqaruv idoralarining axborot to‘ldirilganligini belgilash, boshqaruvni avtomatlashtirish bo‘yicha qarorlar qabul qilish uchun foydalaniladigan miqdoriy ta’rifdir. (92-b.)
Axborot tizimlari ishining sifatiga tashxis qo‘yish va uni tahlil qilish uchun axborot sifati tushunchasi mavjud, u odatda quyidagi parametrlar bilan baholanadi: tuzatilganlik, ziddiyatsizlik, aniqlik, jadallik, relevantlik (tegishlilik). (93-b.)
Tashkilotning ichki muhiti uning hayotiy manbasi hisoblanadi. U o‘z ichiga tashkilot faoliyatini yuritish, vaqtning ma’lum oralig‘ida mavjud bo'lish va yashab qolish imkoniyatini beradi. Agar u ma’lum miqdorda faoliyat yuritishini ta’minlab bermasa muammo va, hattoki, halokatining sababchisi bo‘lishi ham mumkin.
Tashkilotning ichki muhiti quyidagi tashkil qiluvchilarning uzviy bog‘lanishidan iborat (5.3-rasm).
— tashkiliy tuzilma;
— tashkilot ichidagi jarayonlar;
— texnologiya;
— xodimlar;
— tashkiliy madaniyat. (117-b.)
|
| |