|
Fan va texnologiya
|
bet | 20/44 | Sana | 23.05.2024 | Hajmi | 4,59 Mb. | | #251140 |
Bog'liq Menejmentga oid adabiyotlardan iqtiboslarBoshqaruv funksiyalari — bu boshqaruv faoliyatining nisbatan mustaqil, ixtisoslashtirilgan va ajratilgan turlaridir. Bunday deb hisoblanish uchun boshqaruv vazifasi aniq aks ettirilgan mazmunga, uni amalga oshirishning ishlab chiqilgan mexanizmiga va doirasida uning tashkiliy ajralishi yakunlanadigan ma’lum tuzilmaga ega bolishi kerak. Mazmun ostida aniq vazifa doirasida amalga oshirilishi kerak bolgan harakat tushuniladi. (31-b.)
…boshqaruvning beshta umumiy funksiyalarini ajratishni maqsadga muvofiq deb hisoblaymiz:
— rejalashtirish (maqsadlar va ularga erishish bo‘yicha harakatlar rejasini tanlash);
— tashkil qilish (vazifalarni bolinmalar yoki xodimlar o‘rtasida taqsimlash va ular o‘rtasida o‘zaro hamkorlikni o‘rnatish);
— motivatsiya (ijrochilarni rejalashtirilgan harakatlarini amalga oshirish va qo‘yilgan maqsadlarga erishishga rag‘batlantirish);
— muvofiqlashtirish (ratsional aloqalarni olnatish yoli bilan boshqarilayotgan tizimning har xil qismlari oltasida moslik va muvofiqlikni ta’minlaydi);
— nazorat (haqiqiy erishish mumkin bolgan yoki erishilgan natijalarni rejalashtirilganlari bilan taqqoslash). (32-b.)
Motivatsiya — o‘zini va boshqalarni maqsadlarga erishish uchun faoliyatga undash jarayonidir. (37-b.)
Muvofiqlashtirish — bu boshqaruvning boshqaruv tizimi elementlari o‘rtasidagi o‘zaro aloqa va muvofiqlikni ular o‘rtasida ratsional aloqalar (kommunikatsiyalar)ni o‘rnatish yoli bilan ta’minlashga qaratilgan funksiyasidir. (42-b.)
Boshqaruv jarayonining nazorat funksiyasi qabul qilingan qarorlarning boshqaruv tizimining haqiqiy holati, haqiqiy erishilgan natijalar va rejalashtirilgan maqsadlarga mosligi darajasini belgilaydi, chetga chiqishlar va ularning sabablarini aniqlaydi. Shuning uchun ham ≪nazorat≫dan chiquvchi o‘q ≪rejalashtirish≫ tomon ketadi.
Qoidaga ko‘ra, nafaqat ≪miqdoriy≫ balki ≪sifat≫ ko‘rsatkichlari ham nazorat qilinadi. Nazoratni quyidagicha tasniflash mumkin:
— nazorat obyektlari bo‘yicha;
— ijrochilar bo'yicha;
— qabul qilinayotgan qaror bo‘yicha;
— nazorat obyektidan bundan keyin foydaianish imkoniyati bo'yicha;
— munosabatlarning turi bo‘yicha;
— ochiqlik alomati bo‘yicha;
— ko‘lami bo‘yicha;
— o‘tkazish uslubiyoti bo‘yicha;
— axborotni olish va ishlab chiqish usuli bo‘yicha;
— undovchi ahamiyatining darajasi bo‘yicha;
— bajariladigan operatsiyalarning obyektlari bo‘yicha (bir vazifali va ko‘p vazifali);
— xarakteri bo'yicha (uzluksiz va davriy);
— nazorat qilinayotgan miqdorlarning soni bo‘yicha (yagona yoki bir o‘lchamli, ko‘p yoki ko‘p olchamli);
— obyektlami nazorat tomonidan qamrab olinishi darajasi bo‘yicha;
— nazoratning tartibi bo‘yicha;
— nazoratning vaqti bo‘yicha;
— nazorat operatsiyalarini boshqarilishining davriyligi bo‘yicha;
— mexanizatsiyalashish (avtomatlashish) darajasi bo'yicha;
— obyektning yashash davrasi pallalari bo‘yicha. (44-b.)
Nazoratni amalga oshirishda amal qilish kerak bolgan asosiy tamoyillarni ajratish mumkin, bular:
— nazoratning strategik yo‘naltirilganligi;
— nazoratning natijalarga yo‘naltirilganligi;
— nazoratning o‘z vaqtidaligi;
— nazoratning egiluvchanligi;
— nazoratning ochiqligi;
— nazoratning samaradorligi. (45-b.)
|
| |