|
Ikkinchi bosqich — jarayonga kirish
|
bet | 28/44 | Sana | 23.05.2024 | Hajmi | 4,59 Mb. | | #251140 |
Bog'liq Menejmentga oid adabiyotlardan iqtiboslarIkkinchi bosqich — jarayonga kirish. Bunda mijozlar va ekspertchilar oltasidagi hamkorlik rivojlanadi. Keyingilarning obyektivligi tekshiriladi.
Uchinchi bosqich — tashxis qo‘yish. To'plangan ma’lumotlar asosida muammoga tashxis qo‘yiladi, ≪tor joylar≫ aniqlanadi.
To‘rtinchi bosqich — rejalashtirish o'zgarish laming maqsadlari, kerakli harakatlar hamda harakatlarga tayyorgarlik belgilanadi.
Beshinchi bosqich — harakatlarni amalga oshirish. Niyatlarni amaliy faoliyatga aylantirish, yangi xarakterni tatbiq etish.
Oltinchi bosqich — barqarorlashish va natijalarni baholash. Erishilgan natijalarni baholash va keyingi harakatlarni belgilash. O‘zgarishlarni butun tashkilotga yoyish va barqarorlashtirish mexanizmini yaratish.
Ettinchi bosqich — loyihani yopish. ≪Ekspertlar — tashkilot≫ munosabatlarini yakunlash, ekspertlarning mijozlarga bo‘lgan kuchli ta’sirini yo‘qotish. 0 ‘zgartirish bilimini ekspertlardan mijozlarga topshirish.
Tashkiliy o‘zgarishlarni o‘tkazish usullari. Ularni olkazishda shuni hisobga olish kerakki, tashkilotda, tizim sifatida, uning elementlari — tashkiliy madaniyat, kishilar, vazifalar, texnologiyalar va h.k.ning o‘zaro aloqasi mavjud. Bunda usullar quyidagi guruhlarga ajratiladi.
Kishilar va madauiyatga qaratilgan usullar. Ular o‘zgarishlar jarayonlariga xodimlarning ko‘pchiligini faol jalb qilinishi va ishtirok etishlarini ko‘zda tutadi.
Vazifa va texnologiyalarga qaratilgan usullar. Ular bevosita odamlar ishida o‘zgarishlarni olkazishga e’tibor qaratadilar. Bunda asosiy e’tibor texnologik jarayonlar va aniq ishlarni bajarishda foydalaniladigan jihozlarga qaratiladi.
Tuzilmaga qaratilgan usullar. Lavozimlar va joy o‘zgartirishlarni hamda hodimlar va bolinmalar oltasidagi aloqalarni o‘zgartirishni taqozo etadi. O‘zgarish dasturlari butun tashkilotni qamrab olishi kerak, bu eski usullarga qaytishga yol qo‘ymaydi. (192-b.)
Boshqaruv samaradorligi — boshqaruv faoliyatining natijalari va bunda amalga oshirilgan xarajatlar (moddiy, moliyaviy, mehnat va boshqa resurslardan foydalanish)ning o‘zaro munosabati va o‘zaro hamkorligini aks etuvchi murakkab kategoriyadir. Boshqaruv jarayonining vazifaviy roli uni rivojlanishining darajasi va dinamikasini, boshqaruv jarayonining sifatli va miqdorli tomonlarini aks ettirishdir. (193-b.)
|
| |