|
Bosbqaruv - bu tanlov, qaror qabul qilish va uning bajarilishini nazorat qilish jarayonidir. (17-b.)
Maqud
|
bet | 31/44 | Sana | 23.05.2024 | Hajmi | 4,59 Mb. | | #251140 |
Bog'liq Menejmentga oid adabiyotlardan iqtiboslarBosbqaruv - bu tanlov, qaror qabul qilish va uning bajarilishini nazorat qilish jarayonidir. (17-b.)
Maqud - bu muddao, murod, ya'ni u yoki bu niyatga erishmoq uchun ko'zda tutilgan mushtarak orzu. Aynan, shu maqsad kishi faoliyatini, o'z orzularini ushaltirishga yo'naltiradi. Biz dastlab o'zimizning oldimizda turgan maqsadimizni aniqlab olamiz, so'ngra esa shu maqsadimiz:
• bo'lajak harakatlarimizni oldindan aniqlab beradi;
• faoliyatimizning ustuvor yo'nalishini belgilaydi;
• faoliyatimizni aniq sohaga, ishga Yo'naltiradi;
• u yoki bu faoliyatimiming zarurlik darajasini belgilab beradi;
• pirovard natijamizning baholash me'yorlarini belgilaydi va h.k.
Maqsadning ilmiy asoslanganligi va to'g'ri belgilanganligi bosbqaruv uchun juda muhimdir. Chunki aynan shu maqsadga binoan:
• boshqarish funksiyalari;
• boshqarish usullari;
• boshqarishning tuzulmaviy tarkibi;
• lavozimlami belgilash va kadrlami tanlash kabi muhim masalalar hal etiladi.
Boshqaruv maqsadiga qo'yiladigan asosiy talablar quyidagilardan iborat:
I. Maqsad bir ma'noli va aniq bo'lishi lozim. Agar qayoqqa borishni bilmasangiz, u holda biror yo'lni tanlashga ham hojat qolmaydi.
2. Maqsad real va bajarilishi mumkin bo‘lishi zarur.
- qaysi tomonga suzishni aniq maqsad qilib olmagan yelkanli qayiqqa hech
qanday shamol ham hamroh bo'la olmaydi.
3. Maqsad miqdoran o'lchovga ega bo'lishi kerak.
Miqdoran o'lchovga, me'yorga ega bo'lmagan maqsad - bu sarob.
4. Maqsad barcha bajaruvchilarga tushunarli bo'lmog'i darikor.
5. Maqsad bo'limlar va mas'ullar bo'yicha detallashtirilgan bo'lishi lozim.
Maqsad, uni boshqarish prinsiplari, pirovard natijasi bajaruvchilarga tushunarli bo'lishi va ularga yozma ravishda sodda tilda yetkazilishi kerak.
6. Maqsad ko'p qirrali bo'lishi lozim.
Maqsad bar bir faoliyat turi, har bir mas'ul shaxs bo'yicha mayda-chuydasigacha batafsil taqsimlab chiqilgan bo'lishi lozim. Bu - ummniy, bosh maqsadning xususiy va yakka maqsadlarga bo'linishini. "Maqsadlar shajarasi"ni tuzishni talab qiladi. (35-b.)
|
| |