• 3. Maqsad miqdoran olchovga ega bolishi zarur; Miqdoran olchovga, me’yorga ega bolmagan maqsad - bu sarob. 4. Maqsad barcha bajaruvchilarga tushunarli bolishi kerak;
  • 5. Maqsad bolimlar va mas’ullar boyicha detallashtirilgan bolishi kerak;
  • Maqsad bir ma’noli va aniq bo'lishi lozim




    Download 4,59 Mb.
    bet33/44
    Sana23.05.2024
    Hajmi4,59 Mb.
    #251140
    1   ...   29   30   31   32   33   34   35   36   ...   44
    Bog'liq
    Menejmentga oid adabiyotlardan iqtiboslar

    1. Maqsad bir ma’noli va aniq bo'lishi lozim;
    Agar qayoqqa borishni bilmasangiz, u holda biror yo'lni tanlashga ham hojat qolmaydi.
    2. Maqsad real va bajarilishi mumkin bo'lishi kerak;
    Qaysi tomonga suzishni aniq maqsad qilib olmagan yelkanli qayiqqa hech qanday shamol ham hamroh bo'la olmaydi.
    3. Maqsad miqdoran o'lchovga ega bo'lishi zarur;
    Miqdoran o'lchovga, me’yorga ega bo'lmagan maqsad - bu sarob.
    4. Maqsad barcha bajaruvchilarga tushunarli bo'lishi kerak;
    Maqsad, uni boshqarish tamoyillari va pirovard natijasi bajaruvchilarga tushunarli bo'lishi va ularga yozma ravishda sodda tilda yetkazilishi kerak.
    5. Maqsad bo'limlar va mas’ullar bo'yicha detallashtirilgan bo'lishi kerak;
    Maqsad har bir faoliyat turi, har bir ma’sul shaxs bo'yicha batafsil taqsimlab chiqilgan bo'lishi lozim. Shundagina bu maqsadning ijro qilinish darajasini aniq nazorat qilish mumkin bo'ladi.
    6. Maqsad ko'p qirrali bo'lishi lozim.
    Bu-umumiy, bosh maqsadning xususiy va yakka maqsadlarga bo'linishini, “Maqsadlar shajarasi” ni tuzishni talab qiladi. (13-b.)
    Menejment uchun umumiy va maxsus maqsadlar xarakterlidir. Umumiy (strategik) maqsadlar butun firmaning rivojlanish konsepsiyasini aks ettiradi. Maxsus maqsadlar esa, umumiy maqsadlar chegarasida firmaning asosiy faoliyat turlari bo‘yicha tuziladi.
    Boshqaruv – bu tartibsiz ommani (olomonni) samarali maqsadga yo‘naltirilgan va unumdor guruhga aylantiruvchi maxsus faoliyat ko‘rinishi. Boshqarishda maqsadli yondashuv usuli yoki maqsadli menejment – bu boshqarishning muayyan tizimi bo‘lib, unda ikkita unsur bir-biri bilan uzviy bog‘langan bo‘ladi:
    maqsad (pirovard natija);
    nazorat. (19-b.)
    Qonun – falsafiy kategoriya bo'lib, borliq voqealarning barqaror, takrorlanuvchan aloqasi va munosabatini, hodisalar yuz berishining aniq tartibda bo‘lishiga olib keluvchi tomonlarini aks ettiradi. Qonunlarni bilish rivojlanishning obyektiv yo'nalishlarini aniqlash, amaliy vazifalarni hal etish imkonini beradi. (57-b.)
    Menejer - bu maxsus tayyorgarlik ko'rgan, boshqarishning sir-asrorlari, qonun-qoidalarini puxta egallagan malakali mutaxassisdir.
    Menejer bu yollanma boshqaruvchi bo'lib, alohida ijtimoiy qatlamga mansub bo'ladi. (123-b)
    Rahbar - bu professional bilimlarga ega bo‘lgan, maxsus tayyorgarlik ko‘rgan, boshqarishning sir-asrorlarini biladigan, boshqaruv qonun-qoidalarini puxta egallagan va ularga amal qiladigan malakali mutaxassisdir. Rahbar bir qator talablarga javob berishi kerak. “Rahbarlik qilish” degan so’zga izohli lug’atlarda boshqarish, maslahat berish, kuzatish, yo'naltirish, ko'rsatma berish degan turli ma’lumotlar berilgan. Bundan ko’rinib turibdiki, hozirgi davrda rahbarlar qondirishi lozim bo’lgan talablar juda ko’pdir. (134-135-b.)

    Download 4,59 Mb.
    1   ...   29   30   31   32   33   34   35   36   ...   44




    Download 4,59 Mb.

    Bosh sahifa
    Aloqalar

        Bosh sahifa



    Maqsad bir ma’noli va aniq bo'lishi lozim

    Download 4,59 Mb.