• Zayavitdinova N.M. Menejment: o‘quv qo‘llanma / N.M. Zayavitdinova, D.M. Artikova, S.Sh. Xodjiyeva, – Toshkent: “Turon Nashriyot”, 2021. – 160 bet. Menejment
  • Boshqaruv
  • Fan va texnologiya




    Download 4,59 Mb.
    bet32/44
    Sana23.05.2024
    Hajmi4,59 Mb.
    #251140
    1   ...   28   29   30   31   32   33   34   35   ...   44
    Bog'liq
    Menejmentga oid adabiyotlardan iqtiboslar

    Qaror qabul qilish – bu tashkilot rahbarining oldidagi maqsadga erishish uchun o'z vakolati va omilkorligi doirasida qarorning mavjud variantlaridan eng ma’qbulini tanlash jarayonidir. (70-b.)



    (76-b.)
    Xodimlarni rejalashtirish - bu inson omiliga bo'lgan ehtiyojni oldindan aniqlashdir. (92-b.)
    Motivlashtirish – bu ruhiy omil bo‘lib, shaxs faolligining manbai, sababi, dalili va har xil turli ehtimollaridir. U xodimlarni jonli mehnat faoliyatiga rag‘batlantiruvchi kuchli vositadir.
    Boshqacha qilib aytganda, motivlashtirish – bu kishilar faoliyatini ruhiy yo‘llar bilan maqsadga muvofiq yo‘naltirishdir. U muayyan ehtiyojni qondirish bilan bog‘liq. Ehtiyoj esa sabablarda namoyon bo‘ladi.
    Ehtiyoj odamlarni harakatga intiltiruvchi, qo‘zg‘otuvchi motivdir.



    (98-b.)
    Marketing – ayirboshlash yo‘li bilan ehtiyoj va talablarni qondirishga yo‘naltirilgan inson faoliyatining turi, bozordagi barcha qatnashchilarning o‘zaro manfaatlariga asoslangan harakatlarini, talabni shakllantirish va qondirish uchun birlashtirishdir.


    Marketing – murakkab, dinamik, ko‘p qirrali tushunchadir, bu esa marketingga tamoman universal tavsif berish mumkin emasligidan dalolatdir. (116-b.)
    Zayavitdinova N.M. Menejment: o‘quv qo‘llanma / N.M. Zayavitdinova, D.M. Artikova, S.Sh. Xodjiyeva, – Toshkent: “Turon Nashriyot”, 2021. – 160 bet.


    Menejment - bu inglizcha so'z bo'lib, ingliz tilining Oksford lug'atida berilgan tavsifga binoan u:
    boshqaruv hokimiyati va san’ati;
    resurslarni boshqarish bo'yicha alohida mohirlik va ma’muriy ko‘- nikmalar, degan ma’nolarni anglatadi. (5-b.)
    Boshqaruvbu tanlov, qaror qabul qilish va uning bajarilishini nazorat qilish jarayonidir. (7-b.)
    Maqsad – bu muddao, murod, biror niyatga erishish uchun ko‘zda tutilgan mnushtarak orzu. Aynan shu maqsad kishi faoliyatini, o‘z orzularini ushalishiga yo‘naltiradi.
    Biz dastlab har bir insonning o‘z oldiga qo'yadigan maqsadini aniqlab olamiz, so'ngra esa shu maqsad:
    insonning bo'lajak harakatlarini oldindan aniqlab beradi;
    inson faoliyatining ustuvor yo'nalishini belgilaydi;
    inson faoliyatini aniq soha, ishga yo'naltiradi;
    inson faoliyatining zarurlik darajasini belgilab beradi;
    pirovard natijani baholash me’yorlarini belgilaydi va h.k.
    Maqsadning ilmiy asoslanganligi va to'g'ri belgilanganligi boshqaruv uchun juda muhimdir. Chunki aynan shu maqsadga binoan: (12-b.)
    boshqarish funksiyalari;
    boshqarish usullari;
    boshqarishning tuzilmaviy tarkibi;
    lavozimlarni belgilash va kadrlarni tanlash kabi muhim masalalar hal etiladi.
    Boshqaruv maqsadiga qo'yiladigan asosiy talablar:

    Download 4,59 Mb.
    1   ...   28   29   30   31   32   33   34   35   ...   44




    Download 4,59 Mb.