|
Fan va texnologiya
|
bet | 40/44 | Sana | 23.05.2024 | Hajmi | 4,59 Mb. | | #251140 |
Bog'liq Menejmentga oid adabiyotlardan iqtiboslarBoshqaruv funksiyalari:
- rejalashtirish;
- tashkil qilish;
- tartibga solish va muvofiqlashtirish;
- nazorat;
- rag‘batlantirish (motivlashtirish). (76-b)
Boshqaruv usullari – bu xodimlar va umuman ishlab chiqarish jamoalariga ta’sir ko‘rsatish usullari bo‘lib, bu usullar qo‘yilgan maqsadlarga erishish jarayonida mazkur xodimlar va jamoalarning faoliyatini uyg‘unlashtirishni nazarda tutadi.
Boshqaruv usullari ishlab chiqarish yoki xizmat ko‘rsatish jarayonidagi mavjud munosabatlardan obyektiv tarzda kelib chiqadi. (168-b.)
Menejer – bu maxsus tayyorgarlik ko‘rgan, boshqarishning sir-asrorlari, qonun-qoidalarini puxta egallagan malakali mutaxssisdir. Menejer bu yollanma boshqaruvchi bo‘lib, alohida ijtimoiy qatlamga mansub bo‘ladi. (202-b.)
Boshqaruv uslubi – bu boshqaruv jarayonida yuzaga chiqadigan muammolarni hal qilish usullari, yo‘llari majmuidir.
Ish uslubi – bu boshqaruv funksiyalarini samarali bajarish maqsadida biror-bir orgonning yoki rahbarning bo‘ysunuvchilarga aniq va nisbatan barqaror ta’sir ko‘rsatishusuli va yo‘llari majmuidir. (203-b.)
Rahbarning ish uslubi – bu boshqaruv jarayonida u yoki bu masalani hal qilishda uning o‘ziga xos yondashishidir.
…metod – bu tamomila obyektiv, rahbarga bog‘liq bo‘lmagan va mustaqil tushunchadir. (204-b.)
Rahbarlik uslubi, belgisi va bo‘ysunuvchilarga nisbatan munosabatiga qarab, barcha rahbarlarni quyidagi uch turga ajratish mumkin:
- avtokratik rahbarlar;
- liberal rahbarlar;
- demokratik rahbarlar. (205-206-b.)
Rahbar madaniyati deganda rahbar odobi va iqtidori o‘rtasidagi dialektik bog‘lanish tushuniladi. Bu bog‘lanish quyidagi fazilatlar majmuida o‘z aksini topadi:
Rahbar madaniyati = odob+iymon+insof+adolat+iqtidor. (223-b.)
Qaror – bu bajarilishi lozim bo‘lgan ishning aniq bir yo‘lini tanlab olishdir. Boshqacha qilib aytganda, qaror – bu u yoki bu yo‘lni tanlab olishda bir to‘xtamga yoki muayyan bir fikrga kelishdir.
|
| |