|
Mujassamlashtirilgan strategiya
|
bet | 42/44 | Sana | 23.05.2024 | Hajmi | 4,59 Mb. | | #251140 |
Bog'liq Menejmentga oid adabiyotlardan iqtiboslarMujassamlashtirilgan strategiya bu korxonanaing yaxlit faoliyatini o‘zida jamlagan mo‘ljaldir.
Diversifikatsiyalashgan strategiya korxona (firma)ning faoliyat sohasi va ishlab chiqaradigan mahsulotlar turlarini ko‘paytirish kabi vazifalarini amalga oshirish yo‘llarini ifodalaydi. (400-b.)
Strategik boshqaruv – bu korxona (firma)ning istiqbol maqsadi va imkoniyatini xodimlar manfaati bilan uyg‘unlashtirishni nazarda tutuvchi uzoq muddatli boshqaruv usulidir. Boshqacha qilib aytganda, strategik boshqaruv – bu strategik maqsadni amalga oshirishga yo‘naltirilgan boshqaruv faoliyatidir. (404-b.)
Strategik boshqaruv usulining paydo bo‘lishi va amaliyotga qo‘llanish zarurati obyektiv sabablar bilan bog‘liq bo‘lib, bunda, eng avvalo, korxonaga ta’sir qiluvchi tashqi muhitning o‘zgaruvchanligi muhim rol o‘ynaydi. (405-b.)
Strategik reja bu korxona (firma) oldidagi uzoq muddatga mo‘ljallangan vazifalar majmui bo‘lib, u korxona ko‘lamidagi boshqa joriy, yillik rejalar uchun boshlang‘ich nuqta xizmatini o‘taydi. Startegik rajaning asosiy shakllanri besh, o‘n yil va undan ko‘proq muddatga mo‘ljallangan rejalardir.
Strategik rejaning o‘ta muhim va zarurligi quyidagilar bilan izohlanadi. U:
- korxonaning aniq maqsadini belgilashga va shakllantirishga imkon beradi;
- korxonani tashqi muhitga moslashtirishga yordam beradi;
- samarali boshqarish tarkibi va tizimini yaratishga imkon beradi;
- korxona tarkibidagi barcha bo‘g‘inlar faoliyatini muvofiqlashtirishga sharoit tug‘diradi;
- korxonaning barcha resurslarini, ya’ni ishchi kuchi, moliyaviy, aylanma va asosiy fondlarni samarali taqsimotini ta’minlaydi va hokazo. (406-b)
(M: Maktablarda joriy, yillik rejalar tuzilar, ammo uning boshlang‘ich nuqtasi bo‘lgan strategik reja ishlab chiqilmasdi.)
Strategik rejalashtirish jarayoni quyidagi bosqichlarni o‘z ichiga oladi:
(407-b.)
…Strategik rejalashtirishning sifati ham ana shu bosh maqsadning qanchalik tog‘ri tanlanganligi va qabul qilinganligiga bog‘liq. Shu sohadagi tadqiqotlar maqsadning quyidagi mezonlarga mos kelishi lozimligini ko‘rsatadi:
- aniq o‘lchovga ega bo‘lishi;
- davr (muddat)ning aniq bo‘lishi;
- amalga oshirish mumkinligi;
- muvofiqlashtirishni ta’minlash mumkinligi;
- ustuvorlikka ega bo‘lishi. (407-b.)
Korxona taraqqiyotining bosh yo‘nalishi va uning maqsadini to‘g‘ri tanlash quyidagi ikki omilga bog‘liq:
- tashqi muhit omili;
- ichki muhit omili. (408-b.)
(409-b.)
Tashqi xavf va yangi imkoniyatlar aniqlangach, strategiyani tanlashga o‘tish mumkin. Strategiyani tanlash – bu strategic rejalashtirishning markaziy masalasi hisoblanib, u bir necha bosqichlardan iborat bo‘ladi:
- muqobil strategiyani tanlash;
- aniqlangan muqobil strategiyani qiyomiga yetkazish;
- qiyomiga yetkazilgan strategiyaga baho berish. (413-414-b.)
“Xodim” iborasi o‘zbek tilining izohli lug‘atida “biror idora yoki muassasada ishlovchi kishi xizmatchi” ma’nosida talqin etiladi. Masalan, savdo xodimi, xalq maorifi xodimi, meditsina xodimi, ilmiy xodim va h.k.
Bugungi amaliyotda xodim va uni boshqarish muammosiga iki xil yondashuv mavjud:
- inson resurslarini boshqarish;
- xodimlarni boshqarish.
“Inson resurslarini boshqarish” – tushunchasi boshqarishning strategic jihatlarini, shuningdek, sotsial rivojlanish masalalarini o‘z ichiga oladi va ularga ustuvorlik beradi. “Xodimlarni boshqarish” – tushunchasi esa ko‘proq kadrlar bilan tezkor ishlashni anglatadi. Agar birinchi yondashuv davlat miqyosida bandlikeva uni muvofiqlashtirish vazifalaridan kelib chiqsa, ikkinchi yondashuv bevosita korxona darajasidagi mehnat munosabatlari va ularni muvofiqlashtirishdan kelib chiqadi. (454-b.)
“Reyting” so‘zi ingliz tilida “baho” ma’nosini anglatadi. Uni qo‘llash zamirida xodimlarni ularning malakasi, bilim darajasi, ish tajribasi, xulq-atvori va boshqa xislatlari darajalariga qarab reyting ballarini aniqlash va ularga baho berish g‘oyasi turadi. (468-b.)
Ruscha-o‘zbekcha lug‘atlarda motivlashtirishtushunchasi biror ish yoki harakatlarning yuzga kelishiga sababchi bo‘lgan motivlar, dalillar, isbotlar bahonalar, vajlar yoki sabablar majmui ma’nosida talqin etiladi (Русча-ўзбекча луғат. Т., “ЎзФА нашриёти”, 1953, 111-бет.).
|
| |