|
Fan va texnologiya
|
bet | 43/44 | Sana | 23.05.2024 | Hajmi | 4,59 Mb. | | #251140 |
Bog'liq Menejmentga oid adabiyotlardan iqtiboslarMotivlashtirish – bu ruhiy omil bo‘lib, shaxs faoliyatining manbai, sababi, dalili va har xil turli ehtimollaridir. U xodimlarni jonli mehnat faoliyatiga rag‘batlantiruvchi kuchli vositadir.
Boshqacha qilib aytganda, motivlashtirish – kishilar faoliyatini ruhiy yo‘llar bilan maqsadga muvofiq yo‘naltirishdir. U muayyan ehtiyojlarni qondirish bilan bog‘liq. Ehtiyoj esa sabablarda namoyon bo‘ladi. (457-b.)
Ehtiyoj odamlarni harakatga intiltiruvchi, qo‘zg‘atuvchi motivdir.
Eng muhim xilma-xil ehtiyojni qondirish uchun xilma-xil faoliyat va uni muvofiqlashtiruvchi boshqaruv talab qilinadi. Ehtiyoj orqali kishilarni motivlashtirish jarayonini quyidagi chizmada ifodalash mumkin.
(488-b.)
(495-b.)
Demotivlashtirish – bu motivlashtirishga teskari harakat qilish, imkon boricha bilar-bilmas holda xodimlarning tashabbusini bo‘g‘ish, ular bilan hisoblashmaslik, ularni doimo qo‘rquv va ikkilanish holatida o‘zini tutishga majbur etish kabi nomaqbul xatti-harakatlar majmuasidir. (512-b.)
Boshqaruv tizimida rahbarlar tomonidan o‘z qo‘li ostidagi xodimlarga o‘zi javobgar bo‘lgan vazifalarni hal etish yoki ishlarni amalga oshirish huquqini berib qo‘yishi boshqaruv vakolatlari deb yuritiladi. Vakolatlarni topshirib qo‘yish tuvayli rahbar boshqa ishlarning talayginasini bajarish, istiqbolli va eng asosiy masalalarga diqqat-e’tiborini ko‘proq jalb etish imkoniyatiga ega bo‘ladi. Ayni chog‘da u umiy rahbarlik va umumiy nazaratni o‘z qo‘lida saqlab qoladi.
Vakolat shaxsga emas, lavozimga beriladi. (517-b.)
Vakolat – bu vakillik huquqi bo‘lsa, mas’uliyat – bu biror ish , xatti-harakat oqibati, natijasi uchun bo‘lgan javobgarlikdir. Demak, vakolatni mas’uliyat bilan adashtirmaslik kerak, chunki vakolatlar boshqa odamlar ishini boshqarish huquqini nazarda tutadi. Boshqa tomondan, bu ikki tushuncha bir-biri bilan chambarchas bog‘liqdir. Ya’ni vakolatli shaxs qabul qilgan qarorlari, u qarorlarning tog‘ri yoki noto‘g‘ri ekanligi, ishchan yoki ishchan emasligi to‘g‘risida yuqori rahbariyatga hisobot berishi kerak. U shularga mas’uldir va javobgardir.
Mas’uliyat qanchalik yuqori bo‘lsa, uni ta’minlash mexanizmi ham shunchalik yuqori bo‘ladi. Odatda ikki turdagi mas’uliyatni ajratishadi:
- umumiy mas’uliyat;
- funksional mas’uliyat.
|
| |