|
Fan va texnologiya
|
bet | 39/44 | Sana | 23.05.2024 | Hajmi | 4,59 Mb. | | #251140 |
Bog'liq Menejmentga oid adabiyotlardan iqtiboslarMenejment – bu inglizcha so‘z bo‘lib, Ingliz tilining Oksford lug‘atida berilgan ta’rifga binoan u:
- boshqaruv hokimiyati va san’ati;
- resurslarni boshqarish bo‘yicha alohida mohirlik va ma’muriy ko‘nikmalar tushuniladi.
Boshqacha so‘z bilan aytganda, menejment – bu boshqaruv, ya’ni resurslarni, odamlarni boshqarish, samarali faoliyat olib borish va foyda olish, uni ko‘paytirish jarayonidir. Shu nuqtai nazardan boshqaruv – bu o‘ziga xos yuksak san’at va mahoratni talab qiluvchi tanlov, shu tanlov asosida qaror qabul qilish va uning bajarilishini nazorat qilishdir. (5-b.)
Boshqaruv – bu tanlov, qaror qabul qilish va uning bajarilishini nazorat qilish jarayonidir. (7-b.)
…obyekt – bu:
- bizdan tashqarida va bizning ongimizga bog‘liq bo‘lmagan holda mavjud bo‘lgan borliq, voqelik, moddiy dunyo, mavjudot;
- kishi faoliyati, diqqat-e’tibori qaratilgan hodisa, narsa, shaxs;
- xo‘jalik yoki mudofaa ahamiyatiga ega bo‘lgan korxona, qurilish, ayrim uchastka va sh.k.
Demak, obyekt tushunchasi mikro voqelikdan (kishi va uning faoliyatidan) tortib, to makro voqelik (moddiy dunyo, jamiyat) darajasigacha bo‘lgan ma’noni o‘z ichiga oladi. (8-b.)
…menejment nazariyasi va amaliyoti turli davrlarda o‘ziga xos ko‘rinishlarda shakllangan:
- 50-60-yillarda boshqaruvning diqqat markazida tashkiliy tarkibi turgan;
- 60-70-yillarda strategik rejalashtirish vujudga keldi;
- 80-yillardan boshlab g‘arb firmalarida strategik rejalashtirishdan strategik boshqaruvga o‘tiladi. (17-b.)
Maqsad – bu muddao, murod, ya’ni u yoki bu niyatga erishmoq uchun ko‘zda tutilgan mushtarak orzu. Aynan, shu maqsad kishi faoliyatini o‘z orzularini ulashishiga yo‘naltiradi. (59-b.)
“Maqsadlar shajarasi” – bu maqsadlar bilan ularga erishish vositalari o‘rtasidagi aloqaning grafik tasviridir. Bosh maqsad – 1-darajali kichik (asosiy) maqsadlar – 2-darajali kishik maqsad va hokazolardan tashkil topadi. (67-b.)
|
| |