• Rahbarni o‘zini o‘zi boshqarishi
  • Yo‘ldoshev N.Q. va b. Menejment va marketing asoslari: o‘quv qo‘llanma / Q.N.Yo‘ldoshev, M.M. Azlarova, G. Y. Xo‘djamuratov – Toshkent: Iqtisodiyot. – 2012, 258 bet.
  • Fan va texnologiya




    Download 4,59 Mb.
    bet30/44
    Sana23.05.2024
    Hajmi4,59 Mb.
    #251140
    1   ...   26   27   28   29   30   31   32   33   ...   44
    Bog'liq
    Menejmentga oid adabiyotlardan iqtiboslar

    Xodimlardan foydalanish — xodimlarning mehnat salohiyatini samaraliroq amalga oshirish uchun sharoitlarni ta’minlashga qaratilgan tadbirlar majmuasidir. (336-b.)
    Nazorat — menejmentning dasturlar, rejalar vazifalar, boshqaruv qarorlari bajarilishini ta’minlash bo‘yicha vazifasi. U o‘z ichiga boshqaruv obyektidagi jarayonlarning borishi orqasidan kuzatish, nazorat qilinayotgan parametrni berilgan dastur bilan solishtirish, dasturdan chetga chiqishlar, ularning sabablari va xarakterini aniqlashni oladi. Boshqarilayotgan obyektda sodir bolayotgan jarayonlar nazoratning obyekti boladi. Nazoratning ikkita asosiy shakllari mavjud — faol va passiv. Passivi qandaydir jarayonni yanunlanishi bo‘yicha diskretli amalga oshiriladi, faoliyatda butun jarayon davomida boshqarilayotgan obyektga ta’sir kolsatiladi, bu chetga chiqishlarni bartaraf etish va jahl bilan ta’sir kolsatishni o‘rnini qoplashga imkon beradi. (373-b.)
    Rahbarni o‘zini o‘zi boshqarishi — rahbar tomonidan kunlik amaliyotda ishning sinalgan usullaridan izchil va maqsadga qaratilgan holda foydalanilishi, uning o‘zini o‘zi rivojlantirishi.
    Rejalashtirish - boshqaruvning tashqi muhit vaziyatlari va omillarini tahlil qilish, maqsadlarga erishishning muqobil variantlarini bashoratlash, muvofiqlashtirish, baholash, tizimning bo‘lg‘usi holati, unga yetishish yo‘llari, usullari va vositalarini belgilab beruvchi rejalarni ishlab chiqishdan iborat bolgan vazifalaridan biridir. Kompaniyalar darajasida rejalashtirish strategik va biznes rejalar shaklida amalga oshiriladi. Umummilliy darajada u indikativ yo‘naltiruvchi xarakterga ega. Rejalashtirishda iqtisodiy-matematik, muvozanatli usullar va ekspert baholaridan foydalaniladi. (374-b.)

    Yo‘ldoshev N.Q. va b. Menejment va marketing asoslari: o‘quv qo‘llanma / Q.N.Yo‘ldoshev, M.M. Azlarova, G. Y. Xo‘djamuratov – Toshkent: Iqtisodiyot. – 2012, 258 bet.


    Menejment – inglizcha so'z bo'lib, ingliz tilining Oksford lug'atida berilgan ta'rifga binoan u:
    -boshqaruv hokimiyati va san'ati";
    -"resurslami boshqarisb bo'yicha alohida mohirlik va ma'muriy ko'nikmalar" ma'nosini ifodalaydi.
    Boshqacha so'z bilan aytganda, muejmeat – bu boshqaruv, ya'ni resurslarni, odamlami boshqarish, samarali faoliyat olib borish va foyda olishni bilish, uni ko'paytirish jarayonidir. (15-b.)

    Download 4,59 Mb.
    1   ...   26   27   28   29   30   31   32   33   ...   44




    Download 4,59 Mb.