• Ikkinchi bosqich ≪ o‘zgarish ≫ .
  • Uchinchi bosqich ≪ muzlatish ≫ .
  • Rejalashtirilayotgan o‘zgarishlar modeli.
  • Birinchi bosqich — muammoni qidirish.
  • O‘zgarishlarning uch bosqichli modeli




    Download 4,59 Mb.
    bet27/44
    Sana23.05.2024
    Hajmi4,59 Mb.
    #251140
    1   ...   23   24   25   26   27   28   29   30   ...   44
    Bog'liq
    Menejmentga oid adabiyotlardan iqtiboslar

    O‘zgarishlarning uch bosqichli modeli. Ishlab chiquvchi — amerikalik tadqiqotchi K.Levin. U o‘zgarishlarga mavjud holatni qo‘1lab - quvvatlovchi kuchlarning modifikatsiyasi sifatida qaragan. Shuning uchun o‘zgarishlar jarayonini ishga tushirish uchun o‘zgarishlar ≪uchun≫ va ≪qarshi≫ kuchlar muvozanatini
    birinchisining foydasiga o‘zgartirish, o‘zgarishlarni mustahkamlash uchun esa kuchlar nisbatini yangi holatga keltirish kerak. (190-b.)
    Uning birinchi bosqichi muzdan tushirish. U o‘z ichiga o‘zgarishlarga ehtiyoj yaratish va qarshilikni kamaytirishni oladi. 0 ‘zgarishlarni amalga oshirish uchun quyidagilar zarur: eski, qotib qolganni qo‘llab-quvvatlashni to‘xtatmasdan, vujudga kelgan holatga nisbatan oldingi qotib qolgan tasavvurni tarqatib yuborish, shuning bilan bir vaqtda yangi tendensiyalar va xulqni qollab-quvvatlashni kuchaytirish. (190-191-b.)
    Ikkinchi bosqich o‘zgarish. 0 ‘z ichiga guruhli va shaxsiy xulq, vazifalar, texnologiya va tashkiliy tuzilmani o'zgarishini oladi. Tashkilotning tashkiliy madaniyati o‘zgarishi kishilarda ushbu tashkilotga nisbatan yangi tasavvur va munosabatlarni shakllantirishni taqozo qiladi. Xodimlarni tashkilotdagi yangi vaziyatga qarab burishga qodir yangi marosim va an’analarni kiritish mumkin.
    Uchinchi bosqich muzlatish. 0 ‘z ichiga natijalarni olish va ularni baholash hamda kerakli o‘zgartirishlarni o‘tkazishni oladi. Gap shundaki, xodimlar tomonidan yangi tasavvurlar va ishga munosabatlar o‘zlashtirilgandan keyin tashkilotda dastlabki holatga qaytishning oldini oluvchi qurollarni ishga tushirish kerak. Xususan, kishilarning yangi xulqlarini qo‘llab-quvvatlash, mehnatni rag‘batlantirishning yangi tizimini tatbiq etish va h.k. ni ushbu model tashkilotdagi o‘zgarishlar o‘tkazish jarayonini umumiy tushunishni ta’minlaydi.
    Rejalashtirilayotgan o‘zgarishlar modeli. Ishlab chiquvchilar — R.Lippit, J.Uotson va B.Uestli. Ushbu model menejerlar va tashkilotlar uchun tashqaridan maslahatchilar bilan yaqindan hamkorlik qilishni ko‘zda tutadi. Bunda ular tashkilot haqidagi barcha mavjud axborotlarni erkin almashtirishlari kerak. Ushbu model rejalashtiralayotgan o‘zgarishlarning asosiy bosqichlarini belgilab beradi, ular bir-biridan keyin kelishlari kerak.
    Birinchi bosqich — muammoni qidirish. Bunda maslahatchilar muammoning mavjudligini ko‘rsatadi va rahbariyatga o‘zgarishlarga zaruratni namoyish qiladi. Rahbariyat maslahatchilarni tegishli bo'linma rahbarlari bilan uchrashtiradi, o‘zgarishlarning zarurligi va maslahatchilarning yordamiga ishonch hosil qiladi. (191-b.)

    Download 4,59 Mb.
    1   ...   23   24   25   26   27   28   29   30   ...   44




    Download 4,59 Mb.

    Bosh sahifa
    Aloqalar

        Bosh sahifa



    O‘zgarishlarning uch bosqichli modeli

    Download 4,59 Mb.