• Kommunikatsiya
  • Menejmentning samaradorligi
  • Strategik qarorlarni ishlab chiqish va qabul qilish




    Download 4,59 Mb.
    bet23/44
    Sana23.05.2024
    Hajmi4,59 Mb.
    #251140
    1   ...   19   20   21   22   23   24   25   26   ...   44
    Bog'liq
    Menejmentga oid adabiyotlardan iqtiboslar

    Strategik qarorlarni ishlab chiqish va qabul qilish. Konkret ijtimoiy-iqtisodiy jarayonlar va hodisalarni tahlil qilish asosida muammoni aniqlash, ushbu muammoni hal etish uchun maqsadlarni, shuningdek uni hal etish muddatlari, vositalari va yo‘llarini belgilash, ehtimoli tug'ilgan alternativlarni ishlab chiqish, mezonlar (kapital mablag‘larni tejash, muddatlarni qisqartirish va boshqalar)ni aniqlash va eng qulay variantni tanlash, qarorni qabul qilish, uning bajarilishini tashkil qilish.
    Tashkiliy boshqarish qarorlari buyruq tarzida yoki farmoyish bilan rasmiylashtirilgandan so‘ng qonun tusiga kiradi. (93-b.)
    Nazoratning quyidagi funksiyalari mavjud:
    — diagnostik funksiya;
    — qayta aloqalar funksiyasi;
    — nazoratni mo‘ljalli funksiyasi;
    — rag‘batlantiruvchi funksiya;
    — sozlovchi funksiya;
    — pedagogik funksiya. (94-b.)
    Axborot - bu boshqaruv apparati faoliyatining ham dastlabki nuqtasi, ham natijasidir, shuningdek, amalga oshirilayotgan harakatlar mavjudligi sharti, mustahkamlash usulidir. Axborot hajmi ortishi bilan boshqaruv axborotining sifat ko'rsatkichlariga bolgan talab ham ortib boradi. (95-b.)
    Kommunikatsiya — bu axborot almashishdir. Ana shu axborot negizidan rahbar ma’lumotlar olib, samarali qarorlar qabul qiladi va ishchi xodimlarga yetkazadi. (100-b.)
    Boshqaruvning samaradorligi - bu boshqaruv faoliyatining natijalari va bunda amalga oshirilgan xarajatlar (moddiy, moliyaviy, mehnat va boshqa resurslardan foydalanish)ning o‘zaro munosabati va o‘zaro hamkorligini aks etuvchi murakkab kategoriyadir. Boshqaruv jarayonining vazifaviy roli — rivojlanishining darajasi va dinamikasini, boshqaruv jarayonining sifatli va miqdorli tomonlarini aks ettirishdir.
    Menejmentning samaradorligi - ko‘p qirrali kategoriyadir. U iqtisodiy, ijtimoiy va boshqa hodisalarning o‘ziga xos xususiyatlarini aks ettiradi. (130-b.)
    -iqtisodiy samaradorlik;
    -ijtimoiy samaradorlik. (130-b.)

    Yo‘ldoshev, N.K. Menejment: darslik / N.K. Yo‘ldoshev, G.E. Zaxidov. – Toshkent: – “O‘zbekiston faylasuflari milliy jamiyati” nashriyoti, 2018. – 392 bet.



    Download 4,59 Mb.
    1   ...   19   20   21   22   23   24   25   26   ...   44




    Download 4,59 Mb.

    Bosh sahifa
    Aloqalar

        Bosh sahifa



    Strategik qarorlarni ishlab chiqish va qabul qilish

    Download 4,59 Mb.