|
Fan va texnologiya
|
bet | 22/44 | Sana | 23.05.2024 | Hajmi | 4,59 Mb. | | #251140 |
Bog'liq Menejmentga oid adabiyotlardan iqtiboslarQaror ishlab chiqish - rahbar faoliyatida ijodiy jarayondir. U odatda quyidagi bosqichlarni o‘z ichiga oladi:
— maqsad qo‘yish va ishlab chiqish;
— muammoni o‘rganish;
— qabul qilinayotgan qarorning mumkin bo'lgan oqibatlari hamda samaralilik mezonlarini tanlash va asoslash;
— qaror variantlarini ko‘rib chiqish;
— qarorni ijrochilarga yetkazish;
— qaror bajarilishini nazorat qilish.
Boshqarish qarori deganda muammoli vaziyatni hal qilishga yo'naltirilgan akt: alternativ (ikki va ko‘p variantdan birini tanlash) tanlab olish tushuniladi. (87-b.)
Boshqarish qarorlari quyidagicha klassifikatsiyalanadi:
- muddati va oqibatlari bo‘yicha; uzoq, o‘rta va qisqa muddatli qarorlar;
- qabul qilish chastotasi bo‘yicIu*: bir martalik, takrorlanuvchi;
- qamrovi bo‘yicha: umumiy, qisqa ixtisoslashgan;
- tayyorlash shakli bo‘yicha: yagcma, guruhli va jamoaviy;
- muddatining qat’iyligi bo‘yicha: konturli, strukturalangan va algoritmik. (87-88-b.)
Boshqarish qarorlari samarali bolishi uchun quyidagi omillarni hisobga olish zarur:
— qaror qabul qilishda ierarxiyaga amal qilish;
— maqsadli funksiyalararo maqsadli guruhlarda foydalanish to‘g‘ri gorizontal aloqalardan foydalanish.
Qaror samarali bolishi uchun tashkilot maqsadi va hal qilinadigan vaziyatlarda quyidagi talablarga javob berishi kerak:
— samaralilik;
— tejamlilik;
- o‘z vaqtidalik;
- asoslanganlilik;
- haqqoniylik.
Qaror samaraliligini quyidagi talablarni bajarilishi ta’minlaydi:
- to‘liqlik;
- motivlanganlik;
- stressga qat’iyligi va mustahkamligi;
- boshlang‘ich g‘oyani aks etish chuqurligi;
- kelishganlik;
- aniqlik;
- qayishqoqlik. (89-90-b)
Boshqarish qaroriarini qabul qilish. Qaror - rahbar mehnatining asosiy mahsulidir. Bu direktiv akt bo‘lib, qo‘yilgan maqsadlarga erishish uchun o‘nlab, yuzlab, ba’zan esa ko‘p minglab kishilarning birgalikdagi harakatlarini tashkil qiladi, yo‘lga solib turadi va rag‘batlantiradi. (90-b.)
Rejalashtirilgan qaror — texnikaviy, iqtisodiy va ijtimoiy rivojlanish ilmiy asoslangan taxminning, ishga tanqidiy yondashishning, konstruktiv izlanishning natijasidir.
|
| |