|
Fan va texnologiya
|
bet | 18/44 | Sana | 23.05.2024 | Hajmi | 4,59 Mb. | | #251140 |
Bog'liq Menejmentga oid adabiyotlardan iqtiboslarRahbarlikda hokimiyatni amalga oshirish quyidagicha turlarda bo‘lishi
mumkin:
— rahbar-ma’muriyatchi (administrator);
— rahbar-qayta quruvchi;
— rahbar-yaratuvchi. (111-b.)
Marketing deganda ma’lum texnik iqtisodiy talablarga javob beradigan va oldindan belgilangan hajmda raqobatdosh turdagi mahsulotlar chiqarishga moslashgan, korxona ishlab chiqarish faoliyatini asosli mo‘ljalda bozor talablari va ehtiyoji hisobini o‘rganishga yo‘naltirilgan ichki firma tizimi tushuniladi. (124-b.)
Marketing — bu o‘zining tamoyillari, funksiyasi, tizimi, me’yoriy va huquqiy aktlariga ega bo‘lgan boshqarish tizimidir:
1. Marketingning asosiy tamoyili yashash strategiyasi va maqsadlarni
aniqlashning asosli erkinligidir.
2. Korxona imkoniyatlarini resurslar bilan bog‘liqligiga kompleks yondashuv.
3. Markazlashgan va nomarkazlashgan boshqarishni qulay bog‘lab olib borish.
Bu tamoyillarni amalga oshirishga mo‘ljallangan marketing funksiyalari:
— iste’molchilar so‘rovi, taklifi va bozor talabini to‘la va aniq hisobi;
— chiqarilayotgan mahsulotning qulay assortimentini aniqlash;
— korxona faoliyatining oxirgi natijalari bo‘yicha aniqlanadigan samarali
asoslangan qarorlar qabul qilish;
— iste’molchilar ehtiyojini shakllantirish va sotishdan rag‘batlantirish tizimi, sotishdan so‘ng texnik xizmat ko‘rsatishni tashkil qilish, tovar harakati tizimi, maksimal foydali sotish kanallarini aniqlash asosida sotish siyosatini ishlab chiqish. Bu funksiyalarni amalga oshirish — boshqarishning mos darajasida qaror qabul qilish uchun marketing dasturi doirasida hisob-kitoblarni sozlash maqsadida bozor bilan qayta aloqalar o‘rnatilishini ko‘zda tutadi. (126-b.)
Menejerning vazifasi:
— agar muvaffaqiyatsizlikka uchrasa, unda bo‘ysunuvchilarni ayblamay shaxsiy mas’uliyatni o‘ziga olishi;
— xodimlar talantini va kasbiy malakasini yanada o‘sishiga imkoniyat yaratish;
— belgilangan maqsadga erishish natijalarini tekshirishi, ammo buyruq berish
orqali xodimlar tafakkuriga tazyiq o‘tkazmasligi;
— xodimlar kamchiliklari va muvaffaqiyatsizliklariga xolislik bilan yondashish;
— xodimlarni individual xususiyatlarini hisobga olish: har biriga o‘ziga xos yondashish;
— xodimlar oldida o‘z mas’uliyatini his qilish, ularning o‘rtog‘i bo‘lmay boshlig‘i bo‘lish;
— xodimlar mehnat sharoitini yaxshilash, o‘zaro harakatga omillash orqali belgilangan maqsadlarga erishish;
— har bir xodimga uning mehnat natijalarini his qilishiga yordam berish;
— xodimlarni birgalikda harakatga qobiliyatli qilish, ular harakatiga natijali va samarali tus berish, individual xususiyatlarini yuzaga chiqarishga imkoniyat tug‘dirish. ()133-b.
|
| |