• Rejalash funksiyasi.
  • Strategik rejalash
  • Motivlashtirish
  • Maqsadni aniqlash
  • Fan va texnologiya




    Download 4,59 Mb.
    bet14/44
    Sana23.05.2024
    Hajmi4,59 Mb.
    #251140
    1   ...   10   11   12   13   14   15   16   17   ...   44
    Bog'liq
    Menejmentga oid adabiyotlardan iqtiboslar

    Boshqarish jarayonidoimo ijodiy jarayon, u yangi g‘oyalarni takomillashtirishga tayyorgarlikni talab qiladi.
    Boshqarish funksiyasi – bu ma’lum tashkilot ishlarini maxsus usullar va yo‘llar bilan amalga oshiriladigan boshqarish faoliyatining aniq turidir. (86-b.)
    Rejalash funksiyasi. U tashkilotning maqsadi qanday bo‘lishi, bu maqsadga erishish uchun uning a’zolari nima qilishini belgilashni ko‘zda tutadi. (86-b.)
    Reja tashkilotning kelajakdagi holatining murakkab ijtimoiy-iqtisodiy modelini tasvirlaydi. Vaziyatga mos keladigan yagona rejalash usuli mavjud emas. Rejalash tipi va yo‘nalishi firmaning tashkiliy iyerarxiyada tutgan o‘rniga bog‘liq, ya’ni rejalashtirish tashkilotning darajasiga mos ravishda amalga oshiriladi va u asosan uch tipga bo‘linadi:
    Strategik rejalash – bu tashkilotning tarkibi asosida uzoq istiqbolga nazar solish uchun intilishdir, ya’ni hududiy doirada qanday o‘zgarishlar bo‘layotganini hamda raqobatchilar xulqini baholashdir.
    Tashkil qilish – bu boshqarish jarayoni bo‘lib uning vositasida tashkilot strukturasida saqlanadi va yaratiladi.
    Motivlash funksiyasi. Inson xulqi har doim motivlashgan, u jon kuydirib, zavq-shavq va qiziqish bilan ishlashi yoki ishdan bo‘yin tovlashi mumkin. Shaxs xulqi boshqa ko‘rinishlarga ega bo‘lishi mumkin.
    Motivlashtirish – bu o‘zini va boshqalarni tashkilot o‘zining maqsadlariga erishish uchun faoliyatga qo‘zg‘atish jarayonidir.
    Shunday qilib xodimlarni motivlashtirish – bu ularning muhim manfaatlarini yuzaga chiqarish va mehnat faoliyati jarayonida o‘zini realizatsiyasi uchun imkon yaratishdir. (87-b.)
    Maqsadni aniqlash — bu mos strategik vazifalar ishlab chiqishni talab qiladigan qaror qabul qilishning ma’lum aniq darajasidir. Bir maqsadlar uchun ishlab chiqilgan strategiya boshqa maqsadlar uchun muvofiq emas. Umumiy maqsadlar uzoq istiqbolga mo‘ljallangan firma rivojlanish konsepsiyasini aks ettiradi.
    Parametr sifatida quyidagi ko‘rsatkichlardan foydalanish mumkin.
    — optimal rentabellikni ta’minlash;
    — firma holati mustahkamligini ta’minlash;
    — rivojlanishning yangi yo‘nalishlari va firma faoliyati yangi turlarini ishlab chiqish.

    Download 4,59 Mb.
    1   ...   10   11   12   13   14   15   16   17   ...   44




    Download 4,59 Mb.