• 2. Joriy nazorat.
  • 3. Yakuniy nazorat.
  • Fan va texnologiya




    Download 4,59 Mb.
    bet16/44
    Sana23.05.2024
    Hajmi4,59 Mb.
    #251140
    1   ...   12   13   14   15   16   17   18   19   ...   44
    Bog'liq
    Menejmentga oid adabiyotlardan iqtiboslar

    1. Dastlabki nazorat. U amaliy ishni boshlashdan oldin amalga oshiriladi. Dastlabki nazoratni amalga oshirish vositasi ma’lum qoidalar, tartib va xulq chegarasining realizatsiyasidir. Tashkilotda dastlabki nazorat asosan uch sohada foydalaniladi: odamlar, materiallar va moliya resurslari. (96-b.)
    Odamlar resursi sohasida ularning ishchanlik va kasbiy ko‘nikmalari va bilimlarini tahlil qilish orqali erishiladi; material sohada esa xomashyo sifati nazorati bo‘yicha amalga oshiriladi. Moliya resurslari sohasida tashkilot uchun qancha va qanday (naqd va naqdsiz) moliya vositalari talab qilinishi belgilanadi.
    Dastlabki nazorat jarayonida turli paytlarda standartlardan og‘ishlarni oldindan ko‘rish imkoniyati tug‘iladi. U ikki turga bo‘linadi:
    A. Diagnostik nazorat, u o‘lchovlar, etalonlar, ogohlantiruvchi signallarni o‘z ichiga oladi.
    B. Terapevtik nazorat — normativlardan og‘ishlarni aniqlash va tuzatish choralarini belgilash imkoniyatini yaratadi.
    2. Joriy nazorat. U ishlarni bajarish jarayonida amalga oshiriladi. Ko‘p hollarda uning asosiy obyekti — xodimlar, joriy nazorat boshliqlarning quroli bo‘lib, uni amalga oshirishda boshqarish apparati uchun qayta aloqalar zarur. U belgilagan rejalar va yo‘riqnomalardan og‘ishlarni bartaraf etadi.
    3. Yakuniy nazorat. Bunday nazoratning maqsadi — kelajakda bo‘ladigan xatoliklarni oldini olish. Yakuniy nazorat doirasida qayta aloqalar ishlar bajarilib bo‘lgandan so‘ng undan foydalaniladi.
    Yakuniy nazorat muammolarni paydo bo‘lgan paytda bartaraf qilmasa-da, rahbarga agar shunday ishlar kelajakda o‘tkaziladigan bo‘lsa, bunday tadbirlarni xatosiz o‘tkazish uchun dastur bo‘ladi.
    Nazorat funksiyasi tashkilotning boshqarish jarayonini oxirgi nuqtasi emas, amaliyotda oxirgi nuqta mavjud emas, chunki har bir boshqarish funksiyasi boshqa ta’sir etuvchi omillar bilan ham harakatlantiriladi. Shunday qilib, astasekin o‘ziga xos doiraviy harakat vujudga keladi.
    Nazorat — shubhasiz boshqarish masalalarining eng muhimlaridan biridir. Bunda yuqori turadigan faqat bitta masala bo‘lib, u maqsadni aniqlash va muvofiqlashtirishdir. Agar maqsad bo‘ysunuvchilarga yetib bormasa, unda hech narsani nazorat qilib bo‘lmaydi.
    Nazoratning maqsadi «tutib olish», «aybini ochish», «ilintirish» emas, ammo ma’lum hollarda nazorat jarayonida paydo bo‘layotgan uzilishlarni berkitish, xohlagan anglanmagan holatda yuz beradigan voqealarni yashirish emas, balki ma’lum tartibda va tarzda obyektni o‘z vaqtida sozlab turishdir. Nazorat ishlab chiqarish unumdorligini oshirish va xodimlarning kasbiy o‘sishini rag‘batlantiradigan quroldir.
    Boshqarish nazorati boshqarishning muhim funksiyalaridan bo‘lib, uning yordamisiz boshqarishning boshqa funksiyalarini: rejalashtirish, tashkil qilish, rahbarlik va motivlashtirishni amalga oshirib bo‘lmaydi. (97-b.)
    Nazorat real vaziyatga to‘g‘ri baho berib, butun forma yoxud alohida bo‘limlar faoliyati rejalashtirilgan rivojlanish ko‘rsatkichlariga tuzatishlar kiritishga zamin yaratishga qaratilgan. (97-98-b.)
    Qarorni bajarish yuzasidan tadbirlarning bir guruhi — bu nazorat qilish, ya’ni uning amalga oshirilishi jarayonini sinchiklab va malakali tarzda kuzatib borishdir. Nazorat — bu boshqariladigan obyektlardan rahbar tomon yo‘nalgan muqobil aloqaning alohida shaklidir.
    Boshqariladigan obyektning rivojlanish jarayoni ustidan muntazam nazorat qilib turilmasa, yuksak pirovard natijalarga erishib bo‘lmaydi. Bunday nazoratni tashkil etish, maqsadlarni aniq belgilashni, tartib-qoidalarni, tegishli mexanizmni barpo qilishni talab etadi. Ta’sirchan nazoratni tashkil qilish har bir menejerning ishidir. Ijrochi nazorat quyidagi turlarga bo‘linadi:
    Agar nazorat davri uzoq bo‘lib ketsa, oraliqda yo‘qotishlar bo‘lmasligi uchun
    uni boshlang‘ich, joriy va oxirgi davrlarga mos ravishda o‘tkazib turish maqsadga muvofiqdir. Tajribali rahbar natijalar nazoratini eng oxirgi nazoratga bog‘lab qo‘ymaydi.
    Agar startdan finishgacha masofa qancha uzoq bo‘lsa, oraliq yoki joriy nazorat shunchalik muhimdir. Tekshirilayotgan davrlar muddati boshlang‘ich davrga nisbatan og‘ishlarni aniqlashga imkon berishi zarur. Shunday qilib oraliq joriy nazorat kundalik nazoratga aylanadi. Boshlang‘ich va joriy nazoratning kuramasi (kombinatsiyasi) muvaffaqiyatsizlikning oldini olishda muhim quroldir. Ma’lum davr yoki loyihaning oxirgi nazorati o‘tgan yoki kelajak davrga qarash uchun sabab bo‘lib, quyidagi savollarga javob berishi lozim:
    — Nimaga o‘rgandim?
    — Belgilangan rejadan og‘ib ketish sababi nima?
    — Kelasi safar boshqachasiga qanday qilish kerak?
    — Yangi maqsadlar ishlab chiqish uchun qanday xulosalar qilish kerak?
    Shunday qilib, kim nazoratni motivlashtirish quroliga aylantirmoqchi bo‘lsa, u avvalo o‘zini nazorat qilib qo‘pol xatolardan qutulish lozimligini unutmasligi kerak. Nazoratlar ichida me’yoriy nazorat alohida ahamiyatga ega.

    Download 4,59 Mb.
    1   ...   12   13   14   15   16   17   18   19   ...   44




    Download 4,59 Mb.