• Strategik rejalashtirish
  • Motivlashtirish
  • Fan va texnologiya




    Download 4,59 Mb.
    bet15/44
    Sana23.05.2024
    Hajmi4,59 Mb.
    #251140
    1   ...   11   12   13   14   15   16   17   18   ...   44
    Bog'liq
    Menejmentga oid adabiyotlardan iqtiboslar

    Strategik rejalashtirish — bu (marketing sferasi asosi va firma potensial imkoniyatlari darajasida) firmaning yaratish va saqlab turish strategik maqsadlari orasidagi uning potensial imkoniyati va marketing sferasi asosidagi muvofiqligidir. (88-b.)
    Rejalashtirishning asosiy maqsadi manfaatga ega bo‘lishdir. U quyidagicha ifodalanadi:
    — rejalash rahbarlarni istiqbolni o‘ylab fikrlashga rag‘batlantiradi;
    — firma xarajatini aniq koordinatsiyalash choralarini ko‘rishga olib keladi;
    — u faoliyat ko‘rsatishni belgilash ko‘rsatkichlarini aniqlashga olib keladi;
    — u firmani o‘z vazifasi va siyosiy yo‘nalishini aniq belgilashga majbur qiladi;
    — u barcha lavozimdagi shaxslarning majburiyatlarini o‘zaro bog‘liqligini ko‘rgazmali namoyish qiladi. (88-89-b.)
    Strategik rejalashtirish firma doirasida boshqa rejalashtirish uchun boshlang‘ich nuqta bo‘lib xizmat qiladi. Strategiya keng qamrovli nazorat tizimidir (bu korxona parametrlari, fondlari, realizatsiya, quvvatlar, xarajatlarni kuzatish). Strategiya — ishlovchilar uchun mezondir. Konkret harakat rejalashtirilmay, innovatsion potensial uchun sharoit yaratish va tashkil qilish harakatining umumiy ongliligi bilan ta’minlanmaydi. U zarur kishilar qobiliyati va malakasini shakllantirish, siyosiy rejalashtirish bo‘lib rejalashtirish obyekti dividentlar, ish haqi, ish joyi, matbuot, hukumat va kasaba uyushmasi bilan ishlashlarini o‘z ichiga oladi.
    Strategiya — bu kelajakni tadqiqot qilish, ssenariy tahlili.
    Strategiya — bu raqobat kurashida afzallik beruvchi g‘oya.
    Strategiya — bu boshqarish faoliyatida qo‘llaniladigan uslublar tizimi.
    Strategiya — bu korxona faoliyati uchun mo‘ljallar yig‘indisi.
    Strategiya — bu maqsadga erishish va tashkil qilishni amalga oshirishga
    mo‘ljallangan kompleks reja.
    Xulosa qilib aytadigan bo‘lsak, yuqoridagi ko‘rsatilgan keng qamrovli tushunchalar menejment strategiyasini o‘z ichiga oladi. (89-b.)
    Boshqaruv apparati xodimlari o‘rtasida funksiyalarni taqsimlashda vakolatlarni topshirib qo‘yish — rahbarlar tomonidan o‘z qo‘li ostidagi xodimlarga rahbarning o‘zi javobgar bo‘lgan vazifalarni hal etish yoki ishlarni amalga oshirish huquqini berib qo‘yish muhim ahamiyatga egadir.
    Vakolatlarni topshirib qo‘yishda rahbar uchun eng muhimi vakolatlar topshirib qo‘yilgan qo‘l ostidagi xodimning ana shu vakolatlar doirasidagi xatti-harakati uchun ham, chora ko‘rish lozim bo‘lgan vaziyatda hech nima qilmaslik uchun ham javobgarligini belgilab qo‘yish muammosidir. Rahbar o‘zi tanlagan ijrochi uchun to‘la-to‘kis javob beradi, bu esa, albatta, ijrochining shaxsiy mas’uliyatini soqit qilmaydi. Vakolatlarni topshirib qo‘yishi tufayli rahbar ishining ancha katta hajmini bajarishi mumkin hamda istiqbol va eng asosiy masalalarga diqqate’tiborini jalb etish imkoniyati vujudga keladi. Ayni chog‘da u umumiy rahbarlik va umumiy nazoratni o‘z qo‘lida saqlab qoladi. (90-b.)
    Motivlashtirish — ruhiy omil bo‘lib, kishilar harakatiga maqsad va yo‘nalish beradi. Xodimga rahbarlik qilish, boshqarish funksiyasi kabi koordinatsiyalash, o‘zaro aloqa va taqsimot kabi funksiyalarni birlashtirishga qaratilgan. Boshqarish funksiyasi — bu boshqaruvchining aqli, uning markaziy nerv tizimi boshqarish funksiyasi qanchalik murakkabroq, tabaqalashganroq bo‘lgani sari, rahbarlik oldida har qanday funksiya ichida ham va funksiyalararo yo‘nalishda ham boshqarishni takomillashtira olish vazifasi turadi. Natijada boshqarish funksiyasidan asta-sekin boshqarishni takomillashtirishning mustaqil funksiyasi sifatida xususiy funksiya ajralib chiqadi — bu funksiya motivlashtirish, ya’ni kishilar faoliyatini ruhiy yo‘llar bilan maqsadga muvofiqlashtirishdir. (91-b.)
    Eng umumiy tarzda nazorat amalda rejalashtirilgan natijalarni o‘lchash, taqqoslash (qiyoslash) jarayonidir.
    «Nazorat» so‘zi dastlab tashkilot xo‘jalik faoliyati amaliyotini buxgalteriya hisobida aks ettirishda foydalanilgan.
    Ammo sinfiy menejmentda nazorat funksiyasi tashkilotni kerakli (ishonchli) yo‘lda ushlab turish, uning faoliyat ko‘rsatkichlarini belgilangan standartlarga (rejalarga) qiyoslash mumkin bo‘lgan boshqarish faoliyati turi tushuniladi. Kimda zamonaviy, aniq nazorat tizimi bo‘lsa, u yashash uchun ko‘p imkoniyatlarga ega bo‘ladi. Menejer uchun ko‘p miqdordagi turli rejalargina emas, nazorat tizimi va turlariga ega bo‘lishi xarakterlidir.
    Nazoratning barcha tizimi qayta aloqalar g‘oyasiga asoslangan, chunonchi ular taxmin qilingan ma’lumotlarni real erishilgan natijalar bilan solishtirish imkonini beradi. Uning natijasida rejadan og‘ishlar aniqlanib, negativ ta’sirlarni yo tuzatish, yoki agar natijasi ijobiy bo‘lsa harakatni kuchaytirish imkoniyati yaratiladi.
    Nazoratning barcha tizimi uchun quyidagi talab-mezonlar asos qilib olingan:
    1. Nazoratning samaradorliligi — nazoratning muvaffaqiyatliligi va foydaliligi bilan belgilanadi.
    2. Odamlarga ta’sir ko‘rsatish samarasi — qo‘llangan nazorat texnologiyasi xodimlarda ijobiy omillarni kuchaytiradimi yoki stress reaksiyasini kuchaytiradimi (mehnatni demotivlashuvi).
    3. Nazorat vazifasini bajarilishi — nazorat rejadan og‘ishlarni bartaraf qilishi
    va samarali qarorlar ishlab chiqish uchun xizmat qilishi lozim.
    4. Nazorat chegarasini aniqlash — nazorat tadbirlari chegarasiz amalga oshirilishi mumkin emas. Harakatdagi qonunlarda belgilangan me’yorlarga amal qilishi kerak. (96-b.)
    Nazoratning quyidagi turlari mavjud:

    Download 4,59 Mb.
    1   ...   11   12   13   14   15   16   17   18   ...   44




    Download 4,59 Mb.