|
Fan va texnologiya
|
bet | 13/44 | Sana | 23.05.2024 | Hajmi | 4,59 Mb. | | #251140 |
Bog'liq Menejmentga oid adabiyotlardan iqtiboslarRag'batlantirish - tashkilot oldida turgan masalani yechishda kishining urinishi, harakati, matonati va halolligiga maqsadli yondashish.
Reyting - biror narsani biron bir sinfga, razryadga yoki toifaga kirishini aniqlash, baholash.
Tashxis - obyektning texnik, iqtisodiy, ijtimoiy, moliyaviy holatini tahlil (tadqiq) qilish. Uning «nozik jihatlari»ni aniqlash va optimal qaror qabul qilish uchun olib boriladi. (182-b.)
Valijonov R. va boshq. Menejment asoslari: Kasb-hunar kollejlari uchun darslik / R. Valijonov, O. Qobulov, A. Ergashev. – T.: “Sharq”, 2002.—208 b.
…menejment bu — boshqaruv ya’ni resurslarni, odamlarni boshqarish va uning asosiy maqsadi — olinadigan foydani ko‘paytirish. (5-b.)
Iyerarxiya — quyi mansabdorlikni yuqori mansabdorlarga bosqichma-bosqich bo‘ysunishi
Korporatsiya — ma’lum kasbga oid mutaxassislar uyushmasi, masalan: hunarmandlar, olimlar. (21-b.)
Boshqarish subyekti — boshqaruvchi harakatini amalga oshirayotgan organ
yoki shaxsni ifodalaydi. Bog‘liq ravishda tashkilotning o‘zi bir vaqtning o‘zida boshqarish obyekti va subyekti bo‘lishi mumkin. (54-b.)
Boshqarish — boshqalarni ham yutuqqa olib kelish demakdir, ularning muvaffaqiyati umumiy maqsadlarga erishishga xizmat qiladi. Tamoyilga ko‘ra har bir tashkilot rivojlanishning uch fazasini o‘taydi: boshlang‘ich, tashkiliy, integratsion. (69-70-b.)
Qaror — rahbar mehnatining asosiy mahsulidir. Bu direktiv akt bo‘lib, qo‘yilgan maqsadlarga erishish uchun o‘nlab, yuzlab, ba’zan esa ko‘p minglab kishilarning birgalikdagi harakatlarini tashkil qiladi, yo‘lga solib turadi va rag‘batlantiradi. Ana shuning uchun ham ularning asoslangan, balanslashgan va ta’sirchan bo‘lishiga tobora katta talablar qo‘yilmoqda. (79-b.)
Rejalashtirilgan qaror – texnikaviy, iqtisodiy va ijtimoiy rivojlanish ilmiy asoslangan taxminning, ishga tanqidiy yondashishning, konstruktiv izlanishning natijasidir. Bu, odatda, qiyosiy va omil analizlarining, har taraflama asoslash va hisoblab chiqishlarining mahsulidir. U nazariy bilimlarga va ilg‘or tajribaga asoslanadi. (80-b.)
Boshqarish – boshqalarni o‘zing to‘g‘ri deb hisoblagan narsani bajarishga undash emas, bu aniq maqsad sari boshqalarni harakatga qo‘zg‘ashdir. (85-b.)
|
| |