|
Fan va texnologiya
|
bet | 12/44 | Sana | 23.05.2024 | Hajmi | 4,59 Mb. | | #251140 |
Bog'liq Menejmentga oid adabiyotlardan iqtiboslarAxborot - bu boshqaruv apparati faoliyatining ham dastlabki nuqtasi, ham natijasidir, shuningdek, amalga oshirilayotgan harakatlar mavjudligi sh a rti, m u stah k am lash usulidir. Axborot hajmi ortishi bilan b o sh q a ru v ax b o ro tin in g sifat k o 'rs a tk ic h la rig a b o 'lg an talab ham ortib boradi. (107-b.)
Axborot tizimi - hujjatlar axborot oqimlari, aloqa kanallari va menejment obyektining texnikaviy vositalarini qamrab oluvchi murakkab axborot majmuidir. M en e jm en t obyektin ing qandaydir bir qismi bo'yicha axborot yig'indisi kichik tizimni tashkil etadi. (109-b.)
Boshqaruv uslubi - bu ma’lum bir rahbarning menejment jarayonida qo'llovchi o'ziga xos va o'zgarmas usul hamda harakatlari yig'indisidir. Mutlaqo o'xshash kishilar bo'lmagani kabi, vazifalar ko'pligi sababli, mutlaqo bir xil boshqaruv uslubi ham bo'lmaydi. Rahbar faqat o'ziga xos xususiyat va sifatlar vositasida faqat o'ziga xos, mansub uslubda ish yuritadi. Bu ma’noda uslub rahbarni nafaqat shaxs sifatidagi xususiyatlarini, balki faoliyati xususiyatlarini ifodalaydi. (120-b.)
Marketing - insonning ayirboshlash vositasida talab va ehtiyojni qondirishga qaratilgan faoliyatidir. Marketing tarkibiga bozorni o'rganish, iste’molchi buyurtmasiga ko'ra mahsulotlar assortimentini rejalashtirish, bozorni egallash, reklama, tovarlar va xizmatlarni ishlab chiqaruvchidan iste’molchiga yetkazib berish bilan bog'liq tadbirkorlik faoliyati kiradi.
Unumdorlik ko'rsatkichi bo'yicha menejment - bu samarali boshqaruv deganidir. Barqaror yuqori unumdorlikni t a ’minlash barcha menejment vazifalari va biriktiruvchi jarayon - kommunikatsiya, qaror qabul qilish va peshqadamlikni ta ’minlashga taalluqlidir. (168-b.)
Marketing - korxona yoki firma menejment faoliyatining bozorga yo'nalishini ta ’minlovchi usullar tizimi. Xaridorlarning real talab va ehtiyojlarini hamda korxonaning ishlab chiqarish imkoniyatlarini o'rganadi. (179-180-b.)
Monitoring - tizim yoki obyekt holatini kuzatish, baholash, bashorat qilish, uning faoliyatini nazorat qilish. Monitoring korxonaga mos holda korxona faoliyatining turli sohalariga oqib keluvchi jarayonlar haqidagi ishonchli va vaqtidagi axborotlar boshqaruv apparatini to'liq ta ’minlashi uchun chiqarilgan.
Motivatsiya - insonni aniq maqsadlarga erishish va o'z ehtiyojlarini qondirish uchun harakatga undovchi amaldagi ichki va tashqi kuchlar majmui. (180-b.)
|
| |