|
Fan va texnologiya
|
bet | 25/44 | Sana | 23.05.2024 | Hajmi | 4,59 Mb. | | #251140 |
Bog'liq Menejmentga oid adabiyotlardan iqtiboslarTashkiliy madaniyat - tashkilot a’zolari tomonidan taqsimlanadigan eng muhim boyliklar (nomoddiy), niyatlar va belgilarning yig‘indisidir. Tashkilotning hamma yoqqa kirib boruvchi holda, u ham tashkilotning ichki hayoti va uning tashqi muhitdagi holatiga kuchli ta’sir ko‘rsatadi. (118-b.)
Tashqi muhit tashkilotni resurslar bilan ta’minlovchi manba hisoblanadi. Bunda tashkilot ham, o‘z navbatida, buning uchun to‘lov sifatida tashqi muhitga o‘z faoliyati natijalarini berishi kerak. Shunday qilib, tashkilot tashqi muhit bilan doimiy ravishda o‘zaro almashinish holatiga ega. U bilan aloqa uzilishi bilan tashkilot ham tugaydi. Tashkilotning tashqi muhit bilan o‘zaro hamkorligi mavjud bo‘lish imkoniyati, tashkilotning faoliyati, kerakli ichki salohiyati hamda vujudga kelgan chetga chiqarishlarni bartaraf qilish va unga ko'rsatilayotgan beo‘xshov ta’sirlardan keyin ham qo‘yilgan maqsadlarga erishishni ta’minlaydi. (120-b.)
Strategik boshqaruv — strategiyani, ya’ni tashkilot rivojlanishining asosiy yo‘nalishini sifatli ishlab chiqish va uning resurslarini shakllantirish va ulardan samarali foydalanish, istiqboldagi raqobat afzalliklarini ta’minlash va maqsadlarga erishish uchun tashqi muhit o‘zgarishlariga mutanosib javob berish asosida amalga oshirish bo‘yicha faoliyatdir.
Shuningdek, O.N.Juchkevich tomonidan berilgan g‘oyatda muvaffaqiyatli ta’rifni ham keltirish mumkin: strategik resurslarni muvofiqlashtirish va taqsimlash, hisobga olish va uzoq muddatli istiqbolda raqobat afzalliklariga erishish maqsadida
tashqi muhit omillari o‘zgarishiga mutanosib javob berish asosida korxona (firma) rivojlanishining sifatli belgilangan yo‘nalishidan iboratdir. (178-b.)
(179-b.)
F.Kotlerning fikriga ko‘ra, tashkilot missiyasini belgilashda quyidagi beshta omillarni hisobga olish kerak:
— tashkilot tarixi, uning jarayonida tashkilotning falsafasi ishlab chiqilgan, faoliyatning qiyofasi va uslubi, bozordagi o‘rni va h.k. shakllantirilgan;
— mulk egalari va boshqaruv xodimlari xulqining uslubi va harakatlari usuli;
— tashqi muhit holati;
— tashkilot o‘z maqsadlariga erishishi uchun foydalanadigan resurslar;
— tashkilotga xos ajralib turuvchi xususiyatlar.
Bundan tashqari tashkilotning maqsadiy moljallari, faoliyat sohasi, falsafasi (qadriyatlari va ishonchlari) faoliyatni amalga oshirish imkoniyatlari va usullari kabi ta’riflarini ham hisobga olish zarur.
Shunday qilib, missiya tashqi muhit subyektlariga tashkilot nimadan iborat ekanligi haqida umumiy tasavvur yaratishga imkon yaratadi. Bundan tashqari, u tashkilotni faolroq boshqarish uchun korporativ ruh va sharoitlarni yaratishga imkon beradi. Tashkilot faoliyatining umumiy yo‘nalishlari unga ko‘ra belgilanadi.
Bundan keyin tashkilotning strategik maqsadlarini belgilash jarayoni keladi.
Strategik maqsadlar bir-birlarini tushuna oladigan bolishi kerak, ya’ni uzoq muddatli maqsadlar missiyaga, qisqa muddatlilar esa uzoq muddatlilarga mos kelishi lozim.
Tashkilotlardagi maqsadlarni belgilashning asosiy yo‘nalishlari quyidagilardir: foydalilik, bozordagi holat, moliyaviy resurslar, unumdorlik, tashkilot quvvati, mahsulotni ishlab chiqarish, texnologiya, insoniy resurslar, xaridorlar bilan ishlash. Strategik maqsadlarga yana tashkilot o‘sishining g‘oyatda muhim maqsadlari kirishi mumkin, ular quyidagilardan iborat: (180-b.)
— tez o‘sish maqsadi;
— barqaror o‘sish maqsadi;
— qisqartirish maqsadi.
Maqsadlarni belgilashning bir necha usullari mavjud: markazlashtirilgan, markazlashtirilmagan (pastdan yuqoriga yoki yuqoridan pastga), aralash tartibi. U jarayon to‘rtta bosqichda amalga oshiriladi:
— atrofda kuzatiladigan tendensiyalarni tahlil qilish;
— umuman tashkilotning maqsadlarini belgilash;
— maqsadlar iyerarxiyasini qurish;
— shaxsiy maqsadlarni belgilash.
Maqsadlar tashkilot, uning bo‘linmalari va a’zolari uchun qonun mavqeyiga ega bo‘lishi kerak, ammo ular o‘zgarishi ham mumkin.
Keyinchalik strategiyani tanlash amalga oshiriladi. Bunda maxsus usullar yordamida tashkilot qanday qilib o‘z maqsadlariga erishishi va o‘z missiyasini amalga oshirishi bilan belgilanadi, ya’ni uning faoliyati soha, vosita va shakllar kabi tomonlarini rivojlanish yo‘nalishlari belgilanadi. (181-b.)
Bularning barchasi yana xodimlarning shaxsiy xulqini o‘zgarishi, ya’ni uni yangi sharoitlarga moslashtirishni talab qiladi. Shu munosabat bilan tashkiliy o‘zgarishlar dasturida xodimlar roli, ularning javobgarligini o‘zgartirish bo‘yicha tadbirlarni ko‘zda tutish lozim.
|
| |