• Strategik rejalar
  • Menejment funksiyasi
  • Rejalashtirish
  • Fan va texnologiya




    Download 4,59 Mb.
    bet5/44
    Sana23.05.2024
    Hajmi4,59 Mb.
    #251140
    1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   44
    Bog'liq
    Menejmentga oid adabiyotlardan iqtiboslar

    Maqsadlar pog‘onasi. Menejerlar samarali ishlashlari uchun tashkilot oldiga aniq o‘lchash mumkin bo‘lgan, xolis, rag‘batlantiruvchi, ko‘zga tashlanadigan ma’lum bir davrga qo‘yishadi. (Muallif. Maqsadlar SMART bo‘lishi kerak. Maqsadlar lavozim pog‘onasiga ko‘ra pog‘onalarga bo‘linadi.) (45-b.)
    Maqsadning har bir pog‘onasi uchun o‘ziga xos mavjud maqsadni amalga oshirishga kerak bo‘ladigan rejalar pog‘onasi mos keladi.
    Strategik rejalar – bu strategik maqsadlarni amalga oshirish uchun yo‘naltirilgan xatti-harakatni 2 yildan 5 yilgacha aniqlaydi.
    Taktik rejalar – bu taktik maqsadlarni amalga oshirish va strategic rejalarni qo‘llab-quvvatlashga yo‘naltirilgan rejalardir.
    Operativ rejalar – bu operativ maqsadlarning bajarilishiga erishish va taktik rejalarni qo‘llab-quvvatlashga yo‘naltirlganrejalardir. Operativ rejalar odatda 1 yildan kam bo‘lgan davrni o‘z ichiga oladi. (46-b)
    Xodimlarni tashkilotni jipslashtirib ishlashdigan komanda paydo qilish uchun menejer boshqaruv faoliyatining uchinchi sohasini, ya’ni rahbarlikni egallashi kerak.
    Rahbarlik – murakkab funksiya bo‘lib, u odamlarda xohish va samara bilan ishlash ishtiyoqini uyg‘otishi kerak. Qo‘l ostidagi odamlarga rahbarlik qilar ekan, boshqaruvchilar topshiriq berishi, nimanidir buyurishlari, farmoyish berishlari, ishchilar mehnatini baholashlari va ular yo‘l qo‘ygan xatoliklarni tuzatishlari kerak.
    Rahbarlik, birinchidan, u ishchilarga to‘laqonli ishlash rag‘batini bunyod etishga oid motivatsiyani o‘z ichiga oladi.
    Ikkinchidan, rahbariyat o‘zida murabbiylik qobiliyatini aks ettirishi kerak. (48-b.)
    (Muallif. Maktablar boshqaruvida menejmentdan foydalanish zarur.) Menejment funksiyasi – bu maxsus usul va tadbirlar bilan amalga oshirilayotgan aniq boshqaruv faoliyatidir hamda shunga muvofiq tarzda tashkilot ishini tashkil etish va nazorat qilishdir.
    Rejalashtirish funksiyasi. Rejalashtirish jarayonida tashkilot maqsadi qanday bo‘lishi kerak va maqsadga erishish uchun tashkilot xodimlari nima qilishlari kerakligi haqida qaror qabul qilinadi. Bu ertangi kun uchun bugun tayyorlanish kerakligini, maqsadga erishish uchun nima qilish kerakligini anglatadi.
    Reja tashkilot kelajak holatining murakkab ijtimoiy-iqtisodiy modelini belgilaydi. (67-b.)
    Rejalashtirish funksiyasi uchta savolga javob beradi:

    1. Hozirgi vaqtda biz qayerdamiz?

    2. Qayoqqa siljishimiz kerak?

    3. Buni qanya amalga oshirmoqchimiz?

    Rejalashtirish – uning yordamida rahbariyat tashkilotning umumiy maqsadiga erishish uchun hamma xodimlar kuchuni yo‘naltirishni ta’minlaydigan usuldir.
    Rejalashtirish jarayoni bir necha bosqichdan iborat:

    1. Tashkilot maqsadini aniqlash.

    2. Vazifalarni aniqlash.

    3. Qo‘yilgan vazifalar bo‘yicha belgilangan ishlarni bajarish uchun reja tuzish.

    4. Har bir boshqaruv pog‘onasida rejalarni bajarish uchun umumiy yo‘llanmani ishlab chiqish.

    5. Rejalarni bajarish uchun aniq tartib va qoidalarni ishlab chiqish.

    Tashkilotni rejalashtirish ikki ko‘rinishga ega:

    1. Istiqbolli (strategik) rejalashtirish

    2. Joriy rejalashtirish


    Download 4,59 Mb.
    1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   44




    Download 4,59 Mb.