|
Fan va texnologiya
|
bet | 6/44 | Sana | 23.05.2024 | Hajmi | 4,59 Mb. | | #251140 |
Bog'liq Menejmentga oid adabiyotlardan iqtiboslarStrategik rejalashtirish (yuqori pog‘ona) – bu tashkilot asosiy uzoq muddatli istiqboliga intilish. Tashkilot atrofida nimalar sodir bo‘layotganligini aniqlash. Raqobatchilarning umumiy harakati, intilishi qanday bo‘lishini aniqlash.
Strategik rejalashtirish korxona strategiyasini hozirgi kunda va asosan kelajakda (istiqbolda) tashkilotning samarali rivojlanishini ta’minlashga yo‘naltirilgan yuqori rahbariyat qarori va kompleks xatti-harakatlarni belgilaydi. (68-b.)
Strategik rejalar uzoq muddatga tuziladi. Odatiy muddat – 5 yil. O‘zgaruvchan sharoit ta’siriga moyil bo‘lgan kichik tashkilotlar uchun 3 yil. Katta, oyoqqa turib olgan tashkilotlar uchun 10-yil.
Taktika – ilmiy strategiya bilan muvofiqlashtirilgan aniq boshqaruv xatti-harakati.
Taktik rejalar tez va aniq natijalrni olish uchun uncha katta bo‘lmagan vaqt uchun ishlab chiqiladi. (69-b.)
Rejalashtirish samaradorligi xuddi boshqaruv funksiyasiga o‘xshab rejani tashkil etishda qanday tamoyillardan foydalanishga (rahbarlik ma’nosida) bog‘liq.
Rejalashtirish to‘liqligi – tashkilot rivoji uchun ahamiyatga ega bo‘lgan hamma voqeliklar va xatlar nazarda tutilishi kerak.
Rejalashtirish aniqligi – rejani tuzishda istiqbol aniqligini ta’minlovchi zamonaviy usullar, vositalar, taktika va tartiblardan foydalaniladi.
Rejalashtirish yorqinligi – rejalashtirish maqsad va choralari uni shakllantirishda oddiy va yengil bo‘lib, tashkilotning hamma a’zolariga tegishli bo‘lishi kerak.
Rejalashtirish to‘xtovsizligi – bu bir martalik dalolatnoma emas, balki to‘xtovsiz jarayondir.
Rejalashtirishning iqtisodiyligi – rejalashtirishga sarflanuvchi xarajatlar, rejalashtirishdan olinadigan foyda bilan solishtiriladigan darajada bo‘lishi kerak.
Xohlagan rejada rejalashtirilgan maqsadlarni amalga oshirish uchun kerak bo‘lgan shart-sharoitni bunyod etish boshqichi bo‘ladi. Tashkilot boshqaruv funksiyasi siftida texnikaviy, iqtisodiy, ijtimoiy-psixologik va huquqiy tomonlar faoliyati tartibini ta’minlab beradi. (70-b.)
|
| |