|
Fan va texnologiya
|
bet | 4/44 | Sana | 23.05.2024 | Hajmi | 4,59 Mb. | | #251140 |
Bog'liq Menejmentga oid adabiyotlardan iqtiboslarBoshqaruv subyekti deganda hokimlik ta’sirida kelib chiqadigan yuridik yoki jismoniy shaxsni tushuniladi. Boshqaruv subyektining hokimlik vakolati, uning iqtisodiy va ma’naviy-axloqiy ta’sir kuchi boshqaruv jarayonining asosini tashkil etadi.
Boshqaruv obyekti boshqaruv subyektining hokimlik ta’sirida yo‘naltirilgan bo‘lib, u jismoniy-iqtisodiy tizim va jarayonlar bo‘lishi mumkin. (28-b.)
Boshqaruvning traditsion tizimi asosan iyerarxik tamoyil bo‘yicha tashkil etiladi. Ko‘pchilik kompaniyalarda rahbarlik, huquq va javobgarlik hamda boshaqaruvning turli darajadagi bir-biriga bo‘ysunishi aniq belgilab qo‘yilgan. Boshqaruvning yuqori, o‘rta va quyi darajalari ajratib qo‘yiladi. (30-b.)
Iyerarxiyalilik va teskari bog‘lanish tamoyili boshqarishning ko‘p bosqichli tuzilmasini yaratishdan iborat bo‘lib, unda birinchi (pastki darajadagi) zveno keying darajadagi rahbarlik orgonlari nazoratida turgan o‘z orgoni tomonidan boshqariladi. Ular ham o‘z navbatida keying darajadagi orgonga bo‘ysunadi vas hu orgon nazoratida bo‘ladi. Mos ravishda pastki zveno oldidagi maqsadlar boshqaruv orgonlari iyerarxiyasi bo‘yicha yuqoriroqda turgan orgon tomonidan belgilab beriladi. (35-b.)
Zamonaviy menejmentning muhim tamoyillaridan biri boshqaruvni demokratlashtirish – tashkilot boshqaruvida barcha xodimlarning ishtirok etishidir.
(38-39-b.)
Boshqaruv jaryoni deganda turli xil takrorlanuvchi sikllarning majmuasi va o‘zaro ta’siri tushuniladi, ya’ni malakali, funksional mutaxassis va operatsion – texnologik ko‘rinishdagi mehnat taqsimoti asosida boshqaruvchi apparat xodimlari tomonidan bajariladigan masala, operatsiya elementlaridir. (40-b)
Boshqaruv masalalari deganda boshqaruv qarorlarini qabul qilish bilan harakatlanadigan, ma’lum bir maqsadga olib keladigan bitta yoki bir nechta xodimlar tomonidan bajariladigan mehnat jarayonining bir qismi, ma’lum ish ko‘rinishi tushuniladi.
Boshqaruv operatsiyasi – bitta ish bajaruvchi tomonidan bajariladigan, qismlarga bo‘linib masalani hal etishga olib keladigan mantiqan hal etilishi kerak bo‘lgan bir qismidir.
Boshqaruv tartibi – bu ma’lum bir ketma-ketlikda, algoritm bo‘yicha bajariladigan turli xil operatsiyalar majmuidir. Boshqaruv jarayonida bajariladigan parallel va ketma-ketlikda olib boriladigan operatsiyalar tayyorgarligini ko‘rib chiqish, muhokama etish tartibini aks ettiradi. (41-b.)
… menejerlar quyidagilar bilan shug‘ullanadilar:
rejalashtirish;
tashkiliy masalalar;
rahbarlik;
nazorat.
Rejalashtirish – tashkilot oldida turgan maqsadlarni ishlab chiqish va uni amalga oshirish uchun kerak bo‘lgan eng yaxshi usullarni aniqlash. (44-b)
Maqsadlar – bu tashkilotning uzoq muddatli mo‘ljalidir. Masala – bu qisqa muddatli mo‘ljaldir. Biroq bu ikki atama ko‘pincha sinonim sifatida ishlatiladi. Belgilangan maqsad va masalalarga erishish uchun yo‘naltirilgan chora-tadbirlar tizimi – reja deb ataladi. Maqsad va masalalar bir-biri bilan bog‘liq bo‘lgan bir necha pog‘onaga bo‘linadi.
|
| |