|
Matnli ko'rinishlar qor ko'rinishini harflarda qo'llash
|
bet | 13/14 | Sana | 14.05.2024 | Hajmi | 1,09 Mb. | | #231778 |
Bog'liq Adobe Photoshop dasturida rasmlar bilan ishlash jarayonida filtrlar va effektlardan foydalanishning ahamiyati. (2)Matnli ko'rinishlar qor ko'rinishini harflarda qo'llash.
Avvalambor yangi tasvir hosil qiling (Ctrl+N), taxminan 300x300 piksel hajmda bo'lsin. Hajmi juda ham katta bo'lishi shart emas- aks holda qor haqiqiy ko'rinishda bo'lmaydi (bunga o'zingiz amin bo'lasiz).
Tagrang ko'rinishi sifatida qish fasli chizmaini, yoki oddiy havorangni qo'llash lozim.
So'ngra, Type (Matn) uskuna yordamida matn yozing. Harflar rangi turli bo'lishi mumkin, biroq, harflar ko'k rangga yaqin bo'lganda ta'sirchan ko'rinish bo'ladi.
2.1-chizma. Type (Matn) uskuna yordamida yozilgan matn ko'rinishi.
Endi esa qor ko'rinishni yaratishni boshlaymiz, uchi ingichka bo'lgan Brush (Mo'yqalam) uskunasini tanlamiz. So'ngra, yozuvga yuqoridan qor tushgan o'rinlarni oq rang bilan ko'rsatamiz. Buning uchun uy tomiga tushgan qor ko'rinishini ko'z oldimizga keltirishimiz lozim. Chizmada o'z e'tiboringizni jalb etib ham bajarishingiz mumkin, ammo chizish qobiliyati har bir inson ijodiga bog'liq. Biroq, qor ko'p bo'lmasligi lozim.Qor ko'rinishi belgilangandan so'ng, haqiqiy tasvir bilan ishlashni boshlaymiz.Smudge (Barmoq) uskunasidan foydalanamiz. Uning imkoniyati juda keng va xilma-xildir. Ushbu uskuna bilan ishlash ko'rinishi ko'k rangni qog'ozga barmoq bilan surtilayotganga o'xshaydi, bu esa turli xil bo'shliqlarni birlashtirish, o'zaro oquvchanlikni hosil qilishda kerak bo'ladi.
Demak, Smudge uskunani tanlab, qor ko'rinishi chetlarini harflar ustida og'irligi bilan qotib qolgan holatini hosil qiling. Agar qotish holatini yarata olmasangiz, uskuna parametrini o'zgartiring, ya'ni bosimni oshiring (Pressure). Natija chizmada ko'rsatilgan.
Keyigi bosqich hozirgi uskuna bilan amalga oshirilib bunda - qor oqimini hosil qilamiz. Ushbu ko'rinishni qor erishni boshlaganda, ya'ni eriyotgan qorning atrofida shakllar paydo bo'lish holatidir. Ular juda oson yaratiladi: «barmoq» uskuna bilan qorni vertikal yo'nalishda surtish lozim. e'tiborli bo'ling: chunki uskuna qo'llanilayotganda dag’al ko'rinish berishi mumkin. Chizmadagi qor tushgan o'rinlar aniq ko'rinishda bo'lmasa, mo'yqalam yordamida to'g'rilab chiqing.
Hozircha chizma ko'rinishi qish fasliga unchalik ham o'xshamaydi. Sabab shundaki qor - silliq emas, balki ko'p miqdordagi qor parchalaridan iborat. Ushbu holatni ko'rsatib berish lozim bo'ladi. Masalani xal etishda - Add Noise (Notekislik qo'shish) standart filtr: Filter-Noise-Add Noise qo'llaniladi. Filtrni sozlash oynada ko'rsatilgan.
So'nggi amallar quyidagicha bajariladi. Blur (Oquvchanlik) filtr: Filter-Blur- Blurni bir necha marta takror qo'llang va natija kutilgandek bo'ladi. Filtrni qo'llayotganda konturlarning qo'shilishi, ya'ni tasvirda konturlar oqib ketayotganga o'xshaydi.
Mo'yqalam uskuna yordamida va Brushes ranglar majmuasidan Airbrush va Noise parametrlarini o'rnatilib, harflar tagida qor ko'rinish hosil qilindi.
B ajarilayotgan amalni tugadi deb hisoblasak ham bo'ladi, biroq yana bir kichik elementni - yog'ayotgan qorni qo'shamiz. Buning uchun Brush uskunani tanlang va parametrlar oynasida Load Brushes bo'yrug'i orqali Assorted mo'yqalam to'plamini yuklang. Unda barcha standart mo'yqalam ko'rinishlar mavjud bo'lib, ular orasida qor parchasi ham bor. Uni belgilab olib, qor parchalarini kerakli o'rinlarda o'rnatib chiqing. Natija chizmada ko'rsatilgan.
|
| |