|
Termiz davlat pedagogika instituti
|
bet | 5/6 | Sana | 03.01.2024 | Hajmi | 56,15 Kb. | | #129708 |
Bog'liq Dastur (1)Yakuniy nazorat–Yakuniy nazorat turi fakultet dekani, o`quv-uslubiy boshqarmasi bilan kelishgan holda va o`quv ishlari bo`yicha dekan o’rinbosari tomonidan tasdiqlangan jadval asosida tegishli fan bo`yicha o`quv mashg`ulotini olib borgan o`qituvchi ishtirokisiz o`tkazililishi ko`zda tutiladi.
Semestr yakunida muayyan fan bо`yicha nazariy bilim va amaliy kо`nikmalarning talabalar tomonidan о`zlashtirish darajasini baholash usuli hisoblanadi. Yakuniy nazorat о`quv faniga ajratilgan umumiy soatlar hajmidan kelib chiqqan holda bir semestrda bir marta yozma ish, amaliy ish yoki ko`p variantlik asosida test savollariga javob berish shakli orqali о`tkazilish ko`zda tutilgan.
Professor-o`qituvchilar tomonidan fan yuzasidan o`tilgan materiallar bo`yicha yozma ish, amaliy ish materiallari, uchta muqobil va bitta to`g`ri javobdan iborat bo`lgan 400-600 taga qadar savollar bazasi tashkil etilib, belgilangan jadval asosida har bir talabalarga alohida variant taklif etilib, bajarish muddati belgilanadi. Odatda 50 ta savoldan iborat nazoratga javob berish uchun 100 daqiqa vaqt belgilanishi ko`zda tutilgan. Talabalarning olgan baholari elektron jurnalda avtomatik ravishda aks ettiriladi.
Yakuniy nazoratga qatnashmagan yoki nazoratdan o`tmagan talabalarga kredit modul tizimi qoidalari asosida dekanat ruxsati bilan bir marta qayta topshirish uchun ruxsat beriladi.
Yakuniy nazoratdan o`tgan talabalar o`quv rejasini bajargan hisoblanib, navbatdagi bosqichga o`tkazilishiga asos bo`ladi. Yakuniy nazoratdan o`tmagan talabalar akademik qarzdor hisoblanadi.
Test shaklida o`tkazilgan yakuniy nazorat varianti 50 ta savoldan iborat bo`lsa quyidagicha baholanadi:
90-100% 45-50 “A” (a`lo)
70-89% 35-44 “B” (yaxshi)
60-69% 30-34 “C” (qoniqarli)
0-59% 0-29 “D” (qoniqarsiz)
Semestr bahosi quydagi formula orqali hisoblanadi:
(a1 +a2 +a3 +…+an)/n
Bu yerda a1 +a2 +a3 +…+an –har bir dars yoki topshiriqlarga qo’yilgan baholar,
n-dars, topshiriqlar yoki baholar soni.
|
|
| |