Kreditlarni oilsh uchun talablar




Download 56,15 Kb.
bet3/6
Sana03.01.2024
Hajmi56,15 Kb.
#129708
1   2   3   4   5   6
Bog'liq
Dastur (1)

Kreditlarni oilsh uchun talablar:

Fanga oid nazariy va uslubiy tushunchalarni to`la o`zlashtirish, tahlil natijalarini to`g`ri aks ettira olish, o`rganilayotgan jarayonlar haqida mustaqil mushohada yuritishi joriy, oraliq nazorat shakllarida berilgan vazifa va topshiriqlarni bajarish va yakuniy nazorat amallar bajarish, yozma ish yoki test savollariga javob berish orqali amalga oshirilishi ko`zda tutilgan.


Talabaning fan bo‘yicha o‘zlashtirish ko‘rsatkichini nazorat qilishda quyidagi mezonlar tavsiya etiladi:

a) 5 (90-100) baho olish uchun talabaning bilim darajasi quyidagilarga javob berishi lozim:


-fanning mohiyati va mazmunini to‘liq yorita olsa;
-fandagi mavzularni bayon qilishda ilmiylik va mantiqiylik saqlanib, ilmiy xatolik va chalkashliklarga yo‘l qo‘ymasa;
-fan bo‘yicha mavzu materiallarining nazariy yoki amaliy ahamiyati haqida aniq tasavvurga ega bo‘lsa;
-fan doirasida mustaqil erkin fikrlash qobiliyatini namoyon eta olsa;
-berilgan savollarga aniq va lo‘nda javob bera olsa;
-konspektga puxta tayyorlangan bo‘lsa;
-mustaqil topshiriqlarni to‘liq va aniq bajargan bo‘lsa;
-fanga tegishli qonunlar va boshqa me’yoriy-xuquqiy hujjatlarni to‘liq o‘zlashtirgan bo‘lsa;
-tarixiy jarayonlarni sharxlay bilsa;
b) 4 (70-89) baho olish uchun talabaning bilim darajasi quyidagilarga javob berishi lozim:
-fanning moxiyati va mazmunini tushungan, fandagi mavzularni bayon qilishda ilmiy va mantiqiy chalkashliklarga yo‘l qo‘ymasa;
-fanning mazmunini amaliy ahamiyatini tushingan bo‘lsa;
-fan bo‘yicha berilgan vazifa va topshiriqlarni o‘quv dasturi doirasida bajarsa;
-fan bo‘yicha berilgan savollarga to‘g‘ri javob bera olsa;
-fan bo‘yicha konspektini puxta shakllantirgan bo‘lsa;
-fan bo‘yicha mustaqil topshiriqlarni to‘liq bajargan bo‘lsa;
-fanga tegishli qonunlar va boshqa me’yoriy hujjatlarni o‘zlashtirgan bo‘lsa.
v) 3 (60-69) baho olish uchun talabaning bilim darajasi quyidagilarga javob berishi lozim:
-fan haqida umumiy tushunchaga ega bo‘lsa;
-fandagi mavzularni tor doirada yoritib, bayon qilishda ayrim chalkashliklarga yo‘l qo‘yilsa;
-bayon qilish ravon bo‘lmasa;
-fan bo‘yicha savollarga mujmal va chalkash javoblar olinsa;
-fan bo‘yicha matn puxta shakllantirilmagan bo‘lsa.
g) quyidagi hollarda talabaning bilim darajasi qoniqarsiz 2 (0-59) baho bilan baholanishi mumkin:
-fan bo‘yicha mashg‘ulotlarga tayorgarlik ko‘rilmagan bo‘lsa;
-fan bo‘yicha mashg‘ulotlarga doir hech qanday tasavvurga ega bo‘lmasa;
-fan bo‘yicha matnlarni boshqalardan ko‘chirib olganligi sezilib tursa;
-fan bo‘yicha matnda jiddiy xato va chalkashliklarga yo‘l qo‘yilgan bo‘lsa;
-fanga doir berilgan savollarga javob olinmasa;
-fanni bilmasa.


Download 56,15 Kb.
1   2   3   4   5   6




Download 56,15 Kb.