• Oraliq nazorat
  • Fan bo`yicha talabalar bilimini baholash tartibi va mezonlari




    Download 56,15 Kb.
    bet4/6
    Sana03.01.2024
    Hajmi56,15 Kb.
    #129708
    1   2   3   4   5   6
    Bog'liq
    Dastur (1)

    8. Fan bo`yicha talabalar bilimini baholash tartibi va mezonlari
    Fan bо`yicha talabaning bilim saviyasi, kо`nikma va malakalari kredit modul tizimda baholab borilishi nazarda tutilgan bo`lib, quyidagi nazorat turlari orqali amalga oshiriladi:
    Joriy nazorat- talabaning fan mavzulari bо`yicha bilim va amaliy kо`nikma darajasini aniqlash va baholash usuli hisoblanadi. Joriy nazorat fanning xususiyatidan kelib chiqqan holda amaliy va laboratoriya mashg`ulotlari davomida suhbat, savollarga javob berish, topshiriqlar bajarish, uy vazifalarini tekshirish, laboratoriya ishlarini bajarish kabi shakllar ko`rinishida о`tkazilishi mumkin.
    Oraliq nazorat - semestr davomida о`quv dasturining tegishli (fanlarning bir necha mavzularini о`z ichiga olgan) bо`limi tugallangandan keyin talabaning nazariy bilim va amaliy kо`nikma darajasini aniqlash va baholash usuli hisoblanadi. Oraliq nazorat о`quv faniga ajratilgan umumiy soatlar hajmidan kelib chiqqan holda bir semestrda bir marta yozma ish, amaliy yoki ko`p variantlik asosida test savollariga javob bersh shakli orqali axborot tizimida о`tkazilishi ko`zda tutilgan.
    Professor-o`qituvchilar tomonidan fan yuzasidan o`tilgan materiallar bo`yicha yozma ish, amaliy ish mateiriallari yoki uchta muqobil va bitta to`g`ri javobdan iborat bo`lgan 200-400 taga qadar savollar bazasi tashkil etilib, talabalar e’tiboriga havola qilinib belgilangan jadval asosida har bir talabalarga alohida variant taklif etilib bajarish muddati belgilanadi. Odatda 30 ta savoldan iborat bo`lgan oraliq nazoratga javob berish uchun 60 daqiqa vaqt belgilanishi ko`zda tutilgan.
    Oraliq nazoratga qatnashmagan yoki nazoratdan o`tmagan talabalarga dekanat ruxsati bilan bir marta qayta topshirish uchun ruxsat beriladi. Oraliq nazoratdan o`tgan talabalar yakuniy nazoratni topshirishga qo`yiladi. Oraliq nazoratdan o`tmagan talabalar akademik qarzdor hisoblanib, yakuniy nazorat topshirishga qo`yilmaydi.
    Test shaklida o`tkazilgan taqdirda, test savollari varianti 30 ta savoldan iborat bo`lsa quyidagicha baholanadi:
    90-100% 27-30 “A” (a`lo)
    70-89% 21-26 “B” (yaxshi)
    60-69% 18-20 “C” (qoniqarli)
    0-59% 0-17 “D” (qoniqarsiz)

    Download 56,15 Kb.
    1   2   3   4   5   6




    Download 56,15 Kb.

    Bosh sahifa
    Aloqalar

        Bosh sahifa



    Fan bo`yicha talabalar bilimini baholash tartibi va mezonlari

    Download 56,15 Kb.