Buyurtmani topshirish va ko‘rib chiqish




Download 3,07 Mb.
Pdf ko'rish
bet100/206
Sana09.10.2024
Hajmi3,07 Mb.
#274299
1   ...   96   97   98   99   100   101   102   103   ...   206
Bog'liq
Termiz davlat universiteti metrologiya, standartlashtirish va se

1. Buyurtmani topshirish va ko‘rib chiqish: 
O‘z SMT doirasida mahsulotni sertifikatlashtirish-ni o‘tkazish uchun 
yurtimiz yoki chet el so‘rovchisi buyurtmani bir turdagi mahsulotlarni 
sertifikatlashtirish uchun akkreditlangan tegishli SI ga yuboriladi. 
Buyurtma bilan birgalikda, unga ishlab chiqarilayotgan mahsulotga 
meyoriy hujjat nusxasi, mahsulotni markirovka qilish namunasi (mahsulot 
to‘g‘risida axborot), gigiyenik sertifikat ilova qilinadi. 
Buyurtma beruvchi tomonidan ayni bir vaqtda gigiyenik sertifikat va 
muvofiqlik sertifikati olishga buyurtma berilgan taqdirda gigiyenik sertifikat 
nusxasi, belgilangan tartibda rasmiylashtirilgandan keyin taqdim etiladi. 
Chetdan 
olib 
kelinayotgan 
mahsulotni 
sertifikatlashtirish 
uchun 
quyidagilar taqdim etiladi: 

ishlab chiqarilayotgan mahsulotga meyoriy hujjat nusxasi (u mavjud 
bo‘lganda); 

mahsulotni markirovka qilish namunasi (mahsulot to‘g‘risida axborot); 

O‘zbekiston Respublikasining bojxona hududiga yetib kelganligi to‘g‘risida 
belgi qo‘yilgan tovarning ilova hujjati (tovar-transport yuk xati, invoys, 
schyot-faktura) nusxasi. 
Mazkur mahsulotlarining SI bir nechta bo‘lgan holda, so‘rovchi 
buyurtmani ulardan xohlaganiga yuborishi mumkin. 
So‘rovchida bunday idora haqida axboroti yo‘q bo‘lganida va u 
manfaatdor bo‘lgan mahsulotni sertifikatlashtirish tartibi haqidagi axborotni SMI 
yoki uning hududiy idorasidan olishi mumkin. 
SI buyurtmani ko‘rib chiqadi, taqdim etilgan hujjatlarni tekshiradi va tahlil 
qiladi hamda uni olgandan boshlab 2 kundan kechiktirmay so‘rovchiga muayyan 
bir turdagi mahsulotni sertifikatlashtirishni belgilangan tartibiga asoslangan 
sertifikatlashtirishning barcha asosiy shartnomani o‘z ichiga olgan, shu jumladan, 
o‘tkaziladigan sertifikatlashtirishga muvofiq keladigan sertifikatlash-tirish 
sxemasi va kerak bo‘ladigan MH ko‘rsatilgan Qaror to‘g‘risida xabar beradi. 
Qarorda, shuningdek sinovlarni o‘tkazadigan akkreditlangan sinov 
laboratoriyasi va sifat tizimi yoki ishlab chiqarishni sertifikatlashtirilishi kim 
tomonidan o‘tkazilishi (agarda bu sertifikatlashtirish sxemasi bilan mo‘ljallangan 
bo‘lsa) ko‘rsatiladi. 
Tez 
bo’ziladigan 
mahsulotlarni 
sertifikatlashtirish 
buyurtmasi, 
kechiktirmay ko‘rib chiqiladi va u bo‘yicha qabul qilingan qaror, so‘rovchiga, 
murojaat qilingan kunning o‘zida xabar qilinadi. 
Import mahsulotlarni majburiy sertifikatlashti-rishni o‘tkazish muddati, 
“Majburiy sertifikatlashtirish lozim bo‘lgan tovarlarni (mahsulotlarni) 
O‘zbekiston Respublikasi hududiga kiritish va uning hududidan olib chiqib 
ketish tartibi» to‘g‘risidagi qo‘llanmada aniqlangan. 

Download 3,07 Mb.
1   ...   96   97   98   99   100   101   102   103   ...   206




Download 3,07 Mb.
Pdf ko'rish

Bosh sahifa
Aloqalar

    Bosh sahifa



 Buyurtmani topshirish va ko‘rib chiqish

Download 3,07 Mb.
Pdf ko'rish