98
14-MAVZU: TEXNIKAVIY SHARTLARNING LOYIXALARINI
ISHLAB CHIQISH
REJA
1.
Texnikaviy shartlarning tuzilishi, bayon etilish
2.
Texnikaviy shartlarning loyxalarini kelishib olish
3.
Texnikaviy shartlarni davlat ruyxatidan o’tkazish
O’zbekiston Respublikasi texnikaviy shartlarning loyixalari va ularga
kiritiladigan uzgartirishlar (bundan keyin - texnikaviy shartlar) standartlashtirish
texnik kumitalari (TK,) tomonidan ishlab chiqiladi.
Mazkur maxsulotga daxildor MDX.ning davlatlararo standartlari respublika
standartlari va texnikaviy shartlari
mavjud bulmagan takdirda, xamda boshka
me’yoriy xujjatlarda belgilab quyilgan talablarni
kuchaytirshi zarur bulganda
mazkur tarmokning ikkita va undan kuprok korxonasi ishlab chikaradigan
maxsulotga texnikaviy shartlar ishlab chiqiladi.
Texnikaviy shartlarda belgilab quyilgan
talablar mazkur maxsulotga
daxildor bulgan amaldagi standartlar talabidan past bulmasligi, xamda maxsulot
(buyumlar, ashyolar, moddalar) standartlari va texnikaviy
shartlari talablariga
zid kelmasligi kerak.
Agarda talablarning katta qismi. mazkur maxsulotga ta’llukli standartlarda
belgilangan bulsa, u xolda bu talablar texnikaviy
shartlarda takrorlanmaydi,
balki texnikaviy shartlarning tegishli bulimlarida mazkur standartlarga yoki
ularning bulimlariga xavola etiladi.
Bu xolda standartning ayrim bandlariga xavola qilishga yul quyilmaydi, ana
shu bandlarning mazmuni esa texnikaviy shartlarda
manbaga xavola etilmay
bevosita bayon kilinadi.
Texnikaviy shartlarda mazkur maxsulotga doyr konstruktorlik va boshka
texnikaviy
xujjatlar, xamda maxsulot tarkibiy kismlarining texnikaviy
shartlariga, shuningdek umumtexnikaviy xujjatlarga
xam xavola qilishga yul
quyiladi.