Elektr dvigatellarini berilgan ketma-ketlikda ulash




Download 6,71 Mb.
bet25/64
Sana21.09.2024
Hajmi6,71 Mb.
#271854
1   ...   21   22   23   24   25   26   27   28   ...   64
Bog'liq
robototexnika ma\'ruza matni toyyorlash

Elektr dvigatellarini berilgan ketma-ketlikda ulash (98-rasm). 1D dvigatelni ulash uchun «1 pusk» knopkani bosish




2- rasm. Elektr dvigatellarini berilgan ketma-ketlikda boshqa-rishning prinsipial sxemasi.
kifoya (R rubilnik tutashgan bo‘lishi kerak). «2 pusk» knopka bosilganda 2K g‘altak bilan ketma-ket ulangan 1K kontaktlar tutashgandagina 2S dvigatel ulanadi. 1K kontaktlar esa 1K g‘altakdan tok o‘tganidagina ulanadi. Shunday qilib, 2D dvi-gatel faqat 1S dvigatel ishlayotgandagina ishga tushirilishi mumkin va birinchi dvigatel ishdan to‘xtaganda avtomatik to‘x-taydi.
Rezerv dvigatelni avtomatik ulash (99- rasm). 1D dvigatel ishchi dvigatel, 2D dvigatel rezerv hisoblanadi. Rubilnik-lar quyidagi tartibda ulanadi: G‘, 1G‘ va 2R. Buning natija-sida 1D dvigatel ishlay boshlaydi. Bir vaqtda 2K g‘altak bilan ketma-ket ulangan 1K kontakt uziladi. Shunday qilib, 2D dvigatel yurgizishga tayyor bo‘ladi. 1K g‘altakda tok bo‘lma-ganda, ya’ni birinchi dvigatel to‘xtaganida ikkinchi dvigatelni boshqarish zaijiridagi 1K kontaktlar tutashadi. Endi 2K g‘al-takdan tok o‘tadi, natijada kuch zanjirining 2K kontaktlari ulanadi va 2S dvigatel ishlay boshlaydi.
Ko‘targich elektr dvigatelini boshqarish (100-rasm). Ko‘tar-gich elektr uskunalarida DKSh eshik kontaktlari, QR qavatlar elektromagnit relesi, QP qavatlar pereklyuchatellari va TM tormoz magnitidan foydalaniladi. Eshik kontaktlari ko‘targich kabinasini faqat eshik zich yopilgandagina ko‘tarish yoki tushi-rish imkonini beradi. Qavatlar relesi mos ravishda ishga tu-shirish knopkalarini bosganda ishga tushadi va uni qo‘yib yubor-gayda boshqarish zanjiridan toq o‘tkazadi. Qavatlar pereklyu-chatellari uch vaziyatda bo‘ladi: kabina tegishli qavatdan pastda bo‘lganida KV g‘altak bilan ulangan; kabina tegishli qavatdan
yuqorida bo‘lganida KN g‘altak bilan ulangan; kabina tegishli qavatda. bo‘lganda neytral vaziyatda bo‘ladi.
100-rasmda ko‘rsatilgan sxemaga ko‘ra kabina ikkinchi qa« vatda turibdi. Misol sifatida to‘rginchi qavatga ko‘tarishda zanjirning ishlashini ko‘raylik. Buning uchun R rubilnik ulangan, qavatlar eshiklari yopiq bo‘lishi kerak. «4 yurgizish» knopka bosilganda 4QR rele chulg‘ami, 4QP pereklyuchatel, KV g‘altak va tutashgan eshik kontaktlari orqali tok o‘tadi. Nati-jada kuch zanjirining KV kontaktlari ulanadi va kabina yuqo-riga ko‘tariladi. «4 yurgizish» knopka qo‘yib yuborilgandan keyin ham 4QR rel.ye blok-kontaktlari orqali boshqarish zanjiri tu-tashgan bo‘ladi. Kabinaning pastga harakatlanishiga KV kon-taktlar bilan elektr blokirovka qilingan KN g‘altak yo‘l qo‘y-maydi, /SV.g‘altakdan tok o‘tganda bu kontaktlar ajraladi.
Qabina to‘rtinchi qavatga yetgan paytda 4QP pereklyuchatel neytral vaziyatda bo‘lib, 4QR rele zanjirini uzadi. Shu vaqtda ishchi dvigatelni tez to‘xtatadigan tormoz magniti ishlay bosh-laydi.



Download 6,71 Mb.
1   ...   21   22   23   24   25   26   27   28   ...   64




Download 6,71 Mb.

Bosh sahifa
Aloqalar

    Bosh sahifa



Elektr dvigatellarini berilgan ketma-ketlikda ulash

Download 6,71 Mb.