-mavzu:Texnologik mashinalar yuritmasini boshqarish




Download 6,71 Mb.
bet28/64
Sana21.09.2024
Hajmi6,71 Mb.
#271854
1   ...   24   25   26   27   28   29   30   31   ...   64
Bog'liq
robototexnika ma\'ruza matni toyyorlash

12-mavzu:Texnologik mashinalar yuritmasini boshqarish
TJABTni yaratish prinsiplari. TJABTni yaratish va joriy qilish murakkab va mehnattalab jarayon. Bu boshqarishning ilg‘or va rnurakkab uslublarini joriy qilish, TJABT ning ko‘p komponentliligi, ayrim ta’minotlarni ishlab chiqishda yondashishning tizimliligi, qo‘yilgan vazifalarning va texnik vositalar majmuasining murakkabligi bilan izohlanadi. Vazifani shu narsa ham murakkablashtiradiki, bunda mazkur turdagi tizim larni ishlab chiqishda yangi texnikani joriy qilishning odatdagi sxemasidan foydalanib bo‘lmaydi: tajriba namunasini yaratish, uning ish xususiyatini, loyihani tekshirish natijalariga ko‘ra tuzatish, oxirgi variantni yaratish. Avtomatlashtirilgan texnologik kompleks (ATK) ishga tushirilmaguncha boshqaruv tizimining ish xususiyatini umuman tekshirish mumkin emas. Bu TJABT ni ishlab chiqishda dastlabki qarorlarning javobgarligini orttiradi. TJABT va BTO ning birgalikda amal qiluvchi to‘plami (majmuasi) avtomatlashtirilgan texnologik kompleks (ATK) deyiladi. BTOda vaqt o'tishi bilan muhim o‘zgarishlar yuz bergani sababli katta murakkabliklar yuzaga keladi, bu esa boshqarishning joriy etilgan vazifalarini zamonaviylashtirishni taqozo etadi. TJABT ning o ‘zi ham takomillashtiriladi — kelajakda TJABT normal ishlashi uchun boshqarish vazifalari ortadi va o‘zgaradi, ATK evolutsiyasi oldindan rejalashtirilishi kerak, bu qo‘shimcha qiyinchiliklar keltirib chiqaradi. Yuqorida sanab o ‘tilganlarning hammasi TJABT ni yaratishning umumiy prinsiplariga majburan rioya qilishni talab qiladi. Ularni qarab chiqamiz. Yangi vazifalar prinsipi shundan iboratki, bunda TJABT ni tadbiq qilishda boshqaruv hisoblash kompleksi (BHK)ga azaldan an’anaga kirib qolgan boshqarish vazifalarini rad etish mumkin emas; ularni hisoblash texnikasining imkoniyatlarini hisobga olgan holda takomillashtirish kerak. Buning uchun m ehnat, m oddiy va energetik resurslarni aniqlash maqsadida BTO ni mufassal tahlil qilish kerak. Tahlil natijalariga muvofiq, hisoblash texnikasi yordamida hal qilinishi mumkin bo‘lgan vazifalar ro‘yxati tuziladi. Bu masalalarning hal etilishi boshqaruvning to‘liqligini, o‘z vaqtida bo‘lganligini va optimalligini ta’minlashi kerak. Tizimli yondashish prinsipi shundan iboratki, birinchidan, ATK ning ikkala tashkil etuvchilariga bir vaqtda (tizimli) yondashish; boshqarish tizimiga ikkinchi darajali deb, BTO ning ustqurmasi deb qarash mumkin emas. BTO ni yaratishda uni boshqarish imkoniyatlari va zaruratini hisobga olish kerak: uni hududlarga ajratish, qo‘shimcha aralashtirgichlar, isitkichlar, nasoslar va hokazolar o ‘rnatish, ikkinchidan, TJABT ni yaratishda alohida ta ’m inotlarni ishlab chiqishga tizim li va rejali yondashish zarur. Tizimli uzluksiz rivojlantirish prinsipi shundan iboratki, bunda tizimda xotiraning zaxiradagi hajmlari va obyekt bilan aloqa qiluvchi qurilmalar, zaxira qilib kiritilgan datchiklar va membranali ijro mexanizm (M IM ) lari bilan ifodalanuvchi uning rivojlanish imkoniyatlari kiritilishi kerak. Aks holda TJABT BTOning rivoji uchun to‘sqinlik qilishi mumkin. Maksimal ongli turlantirish prinsipi shundan iboratki, bunda ishlab chiqilayotgan qarorlar, o‘zgarishlar minimal bo‘lganda faqat ishlab chiqilayotgan TBO uchungina to‘g‘ri kelib qolmay, balki boshqa obyektlar uchun ham to‘g‘ri kelsin. Prinsipni amalga oshirishning asosiy prinsipi — tipaviy (umumiy) qarorlarni ishlab chiqish va bu qarorlardan TJABT ni ishlab chiqishda keng foydalanishdir (bu ishlab chiqishga ketadigan harajatlarni ikki marta kamaytiradi). Yagona axborot bazasi prinsipi mashinali eltuvchilarda (disklarda, tasmalarda) tizim hal qiladigan hamma masalalar uchun umumiy axborot bazasini yaratishdan iborat. Bu bilan axborotning takrorlanishiga, turlicha tushunchalarga (masalan, bitta kattalik bir necha m a’lumot massivlarida turli xil qiymatga ega bo‘lganda) chek qo‘yiladi va boshqarishning aniq vazifalari uchun ishchi massivlarining shakllanishi uchun sharoit yaratiladi. Tizimining o‘tkazish xususiyatlarining kelishilganlik prinsipi shundan iboratki, bunda tizim o‘tkazish xususiyati teng qiymatli elementlardan ishlab chiqilishi kerak. Bir tomondan, obyekt bilan aloqa qurilmasi (OAQ) datchiklar va ijro mexanizmlari soniga teng bo‘lishi, ikkinchi tomondan, boshqaruvchi hisoblash kompleksi (BHK) ning hisoblash quwatlariga teng bo‘lishi kerak, xotira hajmlari BTO ning axborot quwatiga mos kelishi kerak va hokazo.
TJABTni ishlab chiqish bosqichlari va etap (pog‘ona)lari. 21.14-rasmda ishlarni bajarish bosqichlari (1, 2, ..., 7) va pog‘onalari (1.1, 1.2, ..., 7.8), shuningdek ularni bajarish ketma-ketligi ko‘rsatilgan. TJABT ni yaratishni tadqiq etish va asoslash. Bu bosqichda TJABT ni yaratish maqsadi, umuman tizimga talablar, avtomatlashtiriladigan funksiyalar (ishlar) ro‘yxati shakllantiriladi, shuningdek tizimining samaradorligi manbalari aniqlanadi. Bu bosqichda o ‘xshash obyektlar uchun TJABT ni qo‘llashning ma’lum hollari tahlil qilinadi va mavjud BTO ning texnik -iqtisodiy tadqiqi amalga oshiriladi. Tadqiqot obyektda erishilgan ishlab chiqarish resurslaridan (mehnat, xomashyo, materiallar, yonilg‘i, energiya, qurilma) foydalanganlik darajasini aniqlash maqsadida, shuningdek, boshqarishni avtomatlashtirishning zaxiralaridan foydalanishga, resurslar sarfmi qisqartirishga, ya’ni maqsadga qaratilgan mahsulotning tannarxini pasaytirishga va uni ishlab chiqarishni ko‘paytirishga ta’sirini aniqlash maqsadida o‘tkaziladi.

Bu bosqichdagi ishlarning natijasi TJABT ni yaratishning texnikiqtisodiy asoslanishi (TIA) va hisobot tarzidagi BTOni tadqiq qilish hamda tahlil qilish natijalari hisoblanadi. Ishlar tizim buyurtmachisi va ishlab chiqaruvchisi vakillari bilan birgalikda o‘tkaziladi. Ishchi brigadalarga TJABT bo‘yicha, texnologiya, NO‘A va avtomatlashtirish, iqtisod, sistemotexnika bo‘yicha mutaxassislar kiradi.

Download 6,71 Mb.
1   ...   24   25   26   27   28   29   30   31   ...   64




Download 6,71 Mb.

Bosh sahifa
Aloqalar

    Bosh sahifa



-mavzu:Texnologik mashinalar yuritmasini boshqarish

Download 6,71 Mb.