|
Rele kontaktlarining eksplutatsion ko‘rsatkichlari
|
bet | 36/64 | Sana | 21.09.2024 | Hajmi | 6,71 Mb. | | #271854 |
Bog'liq robototexnika ma\'ruza matni toyyorlashRele kontaktlarining eksplutatsion ko‘rsatkichlari. Relelarning puxtaligi
va kontaktlarining kommutatsion xususiyatlari asosan kontaktlarga boglik. Relelarning kontaktlari kuyidagi ekspluatatsion ko‘rsatkichlar bilan tavsiflanadi.
Ruxsat etilgan chegaraviy tok. Bu ko‘rsatkich kontaktlar kizib uzining fizikomexanikaviy xususiyatlarini yukotmaydigan xarorat bilan aniklanadi. Ruxsat etilgan chegaraviy tokni oshirish uchun kontaktlarning karshiligini kamaytirib, ularning sovitish yuzasini oshirish kerak.
Ruxsat etilgan chegaraviy kuchlanish. Kontaktlar urtasidagi izolyatsiyani va kontaktlararo masofada teshib utish kuchlanishi bilan aniklanadi.
Ruxsat etilgan chegaraviy kuvvat. Bu ko‘rsatkich kontaktlar ajralish jarayonida turgun - yoyni (dugani) xosil kilmaydigan zanjirning kuvvati bilan aniklanadi.
Elektromagnitli relelar
Ularning ish prntsipi galtakdagi magnit maydoni bilan ferromagnit yakordan okib
utadigan tok kattaligining bir-biriga nisbatan ta’siriga asoslangan. Elektromagnitli
relelarda kabo’l kiluvchi organ chulgamlar bo’lib, uning kontaktlari ulovchi kismi
xisoblanadi. Bu relelar uz navbatida kiruvchi tok turiga kura neytral elektromagnit va kutbli relelarga ajratiladi.
Elektromagnitli relelar uzining soddalagi va yukori konstruktiv xususiyatlariga kura
keng tarkalgan (ochik kontaktlarning juftlari orasidagi karshilik 1101…110-8 Om,
yopik xolda ega 110-1… 10-3 Om).
16-mavzu:Temperatura datchigini ishlashini tekshirish
Temperatura (lot. temperatura — zarur siljish, oʻlchamdorlik, normal holat) — makroskopik tizimning termodinamik muvozanat holatini xarakterlovchi asosiy parametrlardan biri. Termodinamik muvozanat holatida turgan tizimning barcha qismlarining temperaturasi bir xil boʻladi. Agar tizim muvozanat holatdan chiqarilsa, uning issiqroq qismlaridan sovuqroq qismlariga issiqlik uzatilishi natijasida maʼlum vaqtdan soʻng tizimning hamma qismlarida temperaturaning tenglashishi vujudga kelib, termodinamik muvozanat holatiga qaytadi.
Tizim tarkibidagi jismlarni isitish yoki sovitish, yaʼni temperaturasini oʻzgartirish ularning qariyb barcha fizik xossalariga taʼsir qiladi: jismlarning chiziqli oʻlchamlari, elastikligi, elektr oʻtkazuvchanligi va boshqa xossalari oʻzgaradi. Temperaturani oʻlchash uchun bu oʻzgarishlarning istalgan biridan foydalanish mumkin. Temperatura bevosita oʻlchanmaydigan kattalik. U boshqa kattaliklarni oʻlchash orqali aniqdanadi. Masalan, tizimning temperaturasini isitish yoki sovitish natijasida gaz hajmi yoki bosimining oʻzgarishi (suyuqlik, jumladan, simobli termometrlar) oʻtkazgichlarning elektr yurituvchi kuch (E.Yu.K.)lari oʻzgarishi (termoparalar) va boshqa orqali aniqlash mumkin.
Statistik fizikatsa temperatura termodinamik muvozanat holatdagi tizimni tashkil etgan zarralarning oʻrtacha kinetik energiyalarini tavsiflovchi kattalikdir.
Astrofizikada temperatura — muhitning fizik holatini ifodalovchi parametr. Osmon jismlarining temperaturasini baʼzi nazariy farazlarga asoslangan holda ularning nurlanishini oʻrganish yoʻli bilan aniqlanadi.
Temperaturaning quyidagi xillari mavjud: yulduz (yoki boshqa obʼyektning, masalan, Quyosh toji) ning effektiv temperaturasi — yulduz oʻlchamiga teng va yulduz tarqatayotgan toʻliq nurlanishni chiqara oladigan mutlak qora jism.
Ravshanlik temperaturasi — berilgan yoʻnalishda kuzatilayotgan muayyan toʻlqin uzunlikdagi nurlanish intensivligiga teng nurlanish chiqara oladigan mutlaq qora jism.
Spektrofotometrik temperatura — kuzatilayotgan spektral sohadagi nurlanish intensivligining nisbiy taqsimlanishiga yaqin nurlanish chiqara oladigan mutlaq qora jism.
Spektrometrik temperatura — spektrning turli sohalarida turlicha boʻlishi mumkin.
Gʻalayonlash temperaturasi — atomlarning gʻalayonlash holatlari boʻyicha taqsimlanishini ifodalovchi parametr. Ionlanganlik temperaturasi — spektral chiziqlarning nisbiy intensivligi boʻyicha aniqlanuvchi va moddaning ionlanganlik darajasini belgilovchi parametr.
|
| |