-mavzu:Kuchlanish relesining tuzilishi va ishlash printsipini o’rganish




Download 6,71 Mb.
bet37/64
Sana21.09.2024
Hajmi6,71 Mb.
#271854
1   ...   33   34   35   36   37   38   39   40   ...   64
Bog'liq
robototexnika ma\'ruza matni toyyorlash

17-mavzu:Kuchlanish relesining tuzilishi va ishlash printsipini o’rganish
Elektr tizimlarining, elektr stansiyalarining elektr qurilma va asboblarida,
elektr uzatish liniyalarida, elektr iste’molchilarida normal va ishdan chiqish,
shikastlanish xolatlarini uchratish mumkin. Ishdan chiqish yoki shikastlanish ko‘p
xollarda elektr tizimning elementlarida tokning me’yoridan oshib ketishi yoki
kuchlanishning pasayishi bilan bog‘langan. Me’yoridan oshib ketggan tok katta
miqdorda issiqlik ajralib chiqishiga olib keladi. Buning natijasida elektr uzatish
liniyalari va qurilmalari xavfli darajada qizishi va shikastlanishi mumkin.
Kuchlanishning normadan pasayishi elektr iste’molchilarning normal
ishlashiga yo‘l qo‘ymaydi va parallel ishlayotgan generatorga va energetika
tizimining barqarorligiga salbiy tasir ko‘rsatadi.
Shunday qilib, elektr qurilmalarining shikastlanishi energetika tizimining va
elektr iste’molchilariing ish rejimiga salbiy ta’sir ko‘rsatadi. Elektr tizimlarining
normadan tashqari holatlari esa energetika tizimini shikastlanishiga yoki ishdan
chiqishiga olib keladi.
Elektr tizimlarini va iste’molchilarini normal ishlashlari uchun shikastlangan
qurilma, elektr liniyalari tezda aniqlanilishi, o‘chirilishi kerak va shu orqali qolgan
elektr iste’molchilari va energetik tizimni normal ishlashiga sharoit yaratilishi
kerak.
Nonormal holatlar vaqtida aniqlanib, choralar ko‘rilsa xavfsizlik
ta’minlanadi. Yuqorida ko‘rsatilganlardan xulosa qilib shuni aytish mumkinki,
elektr tizimlari va elektr iste’molchilarini shikastlanish va nonormal holatlardan
saqlash uchun uning elementlarini himoyalovchi avtomatik qurilma qurish va
ishlatishga elektr tizimlarining talabi katta.
Elektr tizimida dastavval himoya qurilmasi qilib eruvchan saqlagichlar
qo‘llanilgan. Quvvat va kuchlanishni oshishi, elektr tizimlari ulanish sxemalarining
murakkablashishi eruvchi saqlagichlarni ko‘p kamchiliklarini namoyon qildi va
buning oqibatida yangi himoyalovchi qurilma yaratildi.
Bu himoyalovchi qurilma maxsus avtomat-rele bo‘lib, uning yordamida
amalga oshiriladigan himoya releli himoya deb nomlanadi.
Releli himoya elektr avtomatikasiniig asosiy turi bo‘lib, u ishtirokisiz
xozirgi zamon elektr tizimlari normal va mustaxkam ishlay olmaydilar. U
energetika tizimining barcha elementlarining xolatlarini doimo tekshirib, nazorat
qilib boradi.
Energetika tizimida shikastlanish bo‘lganda himoya uni aniqlaydi va
energetika tizimining shikastlangan qismini maxsus katta tokga mo‘ljallangan
uzgichlarga ta’sir etib o‘chiradi.
Energetika tizimida nonormal holat bo‘lganda himoya uni aniqlaydi va bu
xolatning xarakteriga qarab, normal sharoitni tiklash uchun kerakli bo‘lgan chora
tadbirlarini qo‘llaydi yoki navbatchi shaxsga habar beradi.
Xozirgi zamon energetika tizimi releli himoyalar elektr ta’minotini tez
tiklovchi va tizimni normal xolatga keltiruvchi mustaxkam va aniq elektr
avtomatikasi bilan ta’minlangan.
Yuklamalarning oshishi, elektr tarmoq tarkibidagi liniyalarni uzayishi,
energetika tizimlariga bo‘lgan barqarorlik talablarining keskin oshishi releli
himoya ishini yanada murakkablashtiradi.
Talablarga mos tez va ishonchli himoya tuzish uchun maxsus rele turlaridan
foydalanilmoqda.
Elektr mexanik relelar o‘rniga yarimo‘tkazgichli kontaktsiz relelar,
gerkonlar, magnit elementli va raqamli relelar ekspluatatsiyaga kirib keldi.
Ushbu o‘quv qo‘llanma oliy ta’lim muassalarida «Elektr energetikasi
(tarmoqlar va yunalishlar bo’yicha)» ta’lim yo‘nalishida tahsil oluvchi talabalar
uchun mo‘ljallangan bo‘lib, unda rele qurilmalarining asoslari, elektr uzatish
liniyalarining releli himoyalari, transformator va avtotransformatorlarning releli
himoyasi, motorlarning releli himoyasini o‘rnatish va hisoblash bilan bog‘liq
bo‘lgan masalalar ko‘rib chiqilgan.
Shikastlanishlar va nonormal holatlar.
Elektr tizimlarining, elektr stansiyalarining elektr qurilma va asboblarida,
elektr uzatish liniyalarida, elektr iste’molchilarida normal va ishdan chiqish,
shikastlanish holatlarini uchratish mumkin. Ishdan chiqish yoki shikastlanish ko‘p
hollarda elektr tizimning elementlarida tokning me’yoridan oshib ketishi yoki
kuchlanishning pasayishi bilan bog‘langan. Me’yoridan oshib ketgan tok katta
miqdorda issiqlik ajralib chiqishiga olib keladi. Buning natijasida elektr uzatish
liniyalari va qurilmalari xavfli darajada qizishi va shikastlanishi mumkin.
Kuchlanishning normadan pasayishi elektr iste’molchilarning normal ishlashiga
yo‘l qo‘ymaydi va parallel ishlayotgan generatorga va energetika tizimining
barqarorligiga salbiy tasir ko‘rsatadi. Shuning qilib, elektr qurilmalarining
shikastlanishi energetika tizimining va elektr iste’molchilariing ish rejimiga salbiy
ta’sir ko‘rsatadi. Elektr tizimlarining normadan tashqari holatlari esa energetika
tizimini shikastlanishiga yoki ishdan chiqishiga olib keladi.
Elektr tizimlarini va iste’molchilarini normal ishlashlari uchun shikastlangan
qurilma, elektr liniyalari tezda aniqlanilishi, o‘chirilishi kerak va shu orqali qolgan
elektr iste’molchilari va energetik tizimni normal ishlashiga sharoit yaratilishi
kerak.
Nonormal holatlar vaqtida aniqlanib, choralar ko‘rilsa xavfsizlik
ta’minlanadi. Yuqorida ko‘rsatilganlardan xulosa qilib shuni aytish mumkinki,
elektr tizimlari va elektr iste’molchilarini shikastlanish va nonormal holatlardan
saqlash uchun uning elementlarini himoyalovchi avtomatik qurilma qurish va
ishlatishga elektr tizimlarining talabi katta.
Elektr tizimida dastavval himoya qurilmasi qilib eruvchan saqlagichlar
qo‘llanilgan. Quvvat va kuchlanishni oshishi, elektr tizimlari ulanish sxemalarining
murakkablashishi eruvchi saqlagichlarni ko‘p kamchiliklarini namoyon qildi va
buning oqibatida yangi himoyalovchi qurilma yaratildi. Bu himoyalovchi qurilma
maxsus avtomat-rele bo‘lib, uning yordamida amalga oshiriladigan himoya releli
himoya deb nomlanadi.
Releli himoya elektr avtamatikaniig asosiy turi bo‘lib, u ishtirokisiz xozirgi
zamon elektr tizimlari normal va mustaxkam ishlay olmaydilar. U energetika
tizimining barcha elementlarining holatlarini doimo tekshirib, nazorat qilib boradi.
Energetika tizimida shikastlanish bo‘lganda himoya uni aniqlaydi va
energetika tizimining shikastlangan qismini maxsus katta tokga mo‘ljallangan kuch
uzgichlariga ta’sir etib o‘chiradi.
Energetika tizimida nonormal sharoit yoki holat bo‘lganda himoya uni
aniqlaydi va bu holatning harakteriga qarab, normal sharoitni tiklash uchun kerakli
bo‘lgan chora tadbirlarini qo‘llaydi yoki navbatchi shaxsga xabar beradi.
Hozirgi zamon energetika tizimi releli himoyalar elektr ta’minotini tez
tiklovchi va tizimni normal holatga keltiruvchi mustaxkam va aniq elektr
avtamatika bilan ta’minlangan.
Elektr avtamatikaning qurilmalariga qayta ulash avtamatika (AQU), chastota
asosida signallash avtamatika (ACHT) va zaxiradagi manbani ulash avtamatika
(ZAU) kiradi.
1.2 Qisqa tutashuv turlari.Energetika tizimidagi ko‘pgina shikastlanishlar fazalarniig o‘zaro va yer bilan qisqa tutashishlariga olib keladi. Shikastlanishlarning asosiy sabablariga izolyasiyaning buzilishi, eskirishi, kuchlanishning normadan oshib ketishi, xizmat ko‘rsatuvchi shaxslarning noto‘g‘ri amali va xatolari, ajratgichni kuchlanish ostida uzish, qisqa tutashtirgich ulangan holda kuchlanishni berilishlari kiradi.
Barcha shikastlanishlar qurilmalarning kamchiligi va mukammal emasligi,
noto‘g‘ri o‘rnatilganligi, noto‘g‘ri loyixalanganligi, qurilmaga qoniqarsiz va
noto‘g‘ri xizmat ko‘rsatilganligi, qurilmaning noto‘g‘ri holatda ishlaganligi
natijasida yuzaga keladi va ro‘y beradi. Shuning uchun shikastlanishni oldini olish
mumkin, lekin shkastlanish holatining muqarrarligini unutmaslik kerak.
Qisqa tutshuv shikastlanishga olib keladigan eng xavfli va og‘ir holatdir.
Qisqa tutshuv paytida manbaning e.yu.k. transformator yoki liniyalarning kichik
qarshiligi orqali tutashib qoladi.


Download 6,71 Mb.
1   ...   33   34   35   36   37   38   39   40   ...   64




Download 6,71 Mb.

Bosh sahifa
Aloqalar

    Bosh sahifa



-mavzu:Kuchlanish relesining tuzilishi va ishlash printsipini o’rganish

Download 6,71 Mb.