• Texnik loyiha.
  • Termiz davlat universiteti robototexnika asoslari




    Download 6,71 Mb.
    bet29/64
    Sana21.09.2024
    Hajmi6,71 Mb.
    #271854
    1   ...   25   26   27   28   29   30   31   32   ...   64
    Bog'liq
    robototexnika ma\'ruza matni toyyorlash

    Texnik topshiriq. Ishlardan maqsad — TIA ga muvofiq TJABT ni yaratish imkoniyatlarini asoslash va maqsadga muvofiqligini tasdiqlash;
    TJABT ni yaratish bo‘yicha ishlarni rejalash; loyiha ishlari uchun zarur
    materiallarni tayyorlash. Bularning hammasi ishlab chiqaruvchining ilmiytadqiqot
    ishlarini (ITI) o‘tkazish, avanloyihani ishlab chiqish va texnik topshiriqni (TT) ishlab chiqish bilan ta’minlanadi.
    ITI jarayonida BTO, informatsion tizmalar va boshqarishning eng qiyin vazifalari boshqaruv mezoni va cheklanishlarni tanlab hamda texnologik jarayonning matematik modellarini va o‘lchash kanallarini tuzish bilan tadqiqotlar olib boriladi. Avanloyihani ishlab chiqishda ishlab chiqaruvchi berilgan TJABT ni har xil ta ’minotlar bo‘yicha yaratish mumkinligini tasdiqlaydi; tizimi eng muhim vazifalari yoki bo‘g‘inlarining ishonchliligi, ta ’sirchanligi va metrologik ko‘rsatkichlarining dastlabki hisob-kitoblarini tez bajaradi; HT vositalarining samarali yuklanishini va zarur hisoblash quwatlarini baholaydi;
    texnik vositalar kompleksi (TVK) ni asoslab, dastlabki tanlovni o ‘tkazadi.
    Ishlar natijasi TJABTni ishlab chiqishga texnik topshiriq hisoblanadi - bu keyingi barcha ishlar uchun majburiy dastlabki hujjatdir.
    Texnik loyiha. Ishdan maqsad — tizim bo‘yicha asosiy texnik yechimlarni (qarorlarni) ishlab chiqish va uning smeta qiymatini aniqlashdir.
    Bu bosqichda dastlab tizimni funksional-algoritmik sintez qilish bo‘yicha ishlar olib boriladi, unga pirovard funksional strukturani (tuzilmani) ishlab chiqish; texnika bilan operativ texnologik xodimlar orasida vazifalarni taqsimlash; masalalarni qo‘yish va algoritmlarni ishlab chiqish; inson — mashina tizimi sifatidagi TJABTning ishlashi algoritmini ishlab chiqish;
    tizimining tashkiliy tuzilmasini va uning TVK tuzilmasini ishlab chiqish kiradi. Keyin TJABT ta ’minotining hamma turlari bo‘yicha qarorlar oydinlashtiriladi.
    Ishlar natijasi texnik loyiha hisoblanib, unga loyihaning funksional qismi hujjatlari; keyingi bosqichda tizimga butunicha ekspluatatsion hujjatlarni chiqarish uchun zarur va yetarli loyihaviy qarorlar (yechimlar);qurilish loyihasining „Texnologik jarayonlarni avtomatlashtirish“ bo‘limi tarkibiga kiruvchi loyihaviy smeta hujjatlari; yangi texnik vositalarni ishlab chiqishga texnik talablari boigan buyurtmalar loyihasi; avtomatlashtirish vositalari kompleksini (majmuasini) yetkazib berishga texnik topshiriq; HT vositalari kompleksini buyurtma qilish uchun zarur hujjatlar
    to‘plami; maxsus matematik va informatsion ta’minotlarning hujjatlari (bu dasturlami ishlab chiqishga doir texnik topshiriq ham hisoblanadi) kiradi.

    Download 6,71 Mb.
    1   ...   25   26   27   28   29   30   31   32   ...   64




    Download 6,71 Mb.

    Bosh sahifa
    Aloqalar

        Bosh sahifa



    Termiz davlat universiteti robototexnika asoslari

    Download 6,71 Mb.