• Mashg‘ulotni o‘tkazishdan maqsad
  • Termiz davlat universiteti tabiiy fanlar fakulteti biologiya kafedrasi




    Download 0.95 Mb.
    Pdf ko'rish
    bet6/61
    Sana13.11.2022
    Hajmi0.95 Mb.
    #30177
    1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   61
    Bog'liq
    Mikrobiologiya kunduzgi лабор.2022 тугри (2)
    3amaliy eht, 11-15 lab electronic, O’zbekiston Respublikasida kadrlar siyosati, “ALGORITMLAR VA BERILGANLAR STRUKTURASI” fanidan mustaqil ishi , Access test, #samiyajakhan (2), 134464 Coursepaper guideline, 2-Semenar, Mavzu Bolalar va erkaklar kiyimi uchun turli XIL cho’ntak namun-fayllar.org, Robotatexnika asoslari Mustaqil talim, 8a, 9, 128-131, TITUL Talaba shaxsiy hujjatlari to\'plami (4)
    Antiseptika
    Antiseptika infeksiya (mikrob)ning yaraga tushishiga va uning rivojlanishiga qarshi 
    o‘tkaziladigan kompleks kurash va oldini olish usullarini qo‘llashdir. Antiseptika 
    mexanik fizik, ximik, biologik aralash turlaridan iborat:
    a) kimo`viy antiseptika antiseptik, dezinfeksiyalovchi va kimyoterapevtik 
    preparatlar guruhlariga bo‘linadi. Shu maqsadda xloramin eritmasi bilan yiringli yarani 
    tozalashda 0.5-1% li, metalmas asboblar uchun 0.5% li, asboblar va xonani tozalash 
    uchun 3% li eritma ishlatiladi. Yodning 5%li spirtdagi eritmasi, lyugol, spirt, vodorod 



    peroksid 3% li, kaliy permanganat eritmasi, kseroform 3-10% (maz) surtma, poroshoklar 
    va hokazolar ishlatiladi;
    b) mexanik antiseptika yarani antiseptik eritmalar bilan yuvish, yot jismlarni olib 
    tashlash, yashash qobiliyatini yo‘qotgan to‘qimalarni kesib tashlashdan iborat.
    v) fizik antiseptika yaralarda mikrobning rivojlanishiga yo‘l qo‘ymaydigan fizik 
    usullar bo‘lib, ochiq va o`piq drenajlar hamda so‘rovchi vaakumlardan foydalanishdir.
    g) biologik antiseptika mikroblarni o‘ldirish orqali inson organizmining 
    immunobiologik holatini oshirishni ta’minlash maqsadini ko‘zlaydi.
    Biologik antiseptik moddalar qatoriga antibiotiklar, enzimalar, zardoblar kiradi. 
    Antibiotiklarga olitetrin, streptimitsin, tetrotsiklin, ferment preparatlariga trepsin
    ximotrepsin, ximopsin, zardob preparatlariga esa antitoksinlar va anatoksinlar kiradi.
    Mashg‘ulotni o‘tkazishdan maqsad: Mikroskopda ishlash qoidalarini va quruq va 
    immersion ob’ekt tayyorlashni o‘rganish. 
    “Biolam” seriyali mikroskopning 3x, 5x, 8x, 9x li ob’ektivlari asosan ob’ektni 
    birlamchi kuzatish, 2x, 4x li ob’ektivlar esa katta hujayrali mikroorganizmlar, masalan, 
    zamburug‘larni ko‘rish uchun ishlatiladi. Bu ob’ektivlar quruq ob’ektivlar deyiladi. 
    Chunki ob’ektivning frontal linzasi va ob’ekt orasida havo bo‘ladi. Bunda havoning 
    yorug‘lik sindirish ko‘rsatkichidan(n=1,0)buyum oynasining yorug‘lik sindirish 
    ko‘rsatkichidan(n=1,52) pastrok bo‘ladi. Natijada havo bo‘shlig‘i orqali o‘tgan 
    yorug‘likning bir kisim obektivga bormasdan atrofga tarqaladi.Yorug‘likning bir qismi 
    yuqalishi natijasida ob’ekt ham yaxshi ko‘rinmaydi. 
    Mikroorganizmlarni quruq ob’ektdan ko‘rib, kerakli natijaga erishish qiyin. 
    Ularning immersion yoki moyli obektda ko‘rish maqsadga muvofiqdir. Immersion 
    ob’ektivlarga 85x, 90x, 120x li ob’ektivlar kiradi. Kuzatilayotgan obektga kedr yoki 
    kastorka moyi tomiziladi. So‘ngra moy tomchisiga ob’ektivni uchi botiriladi. Kondensor 
    yuqoriga surilib oxirigacha ko‘tariladi. Bu vaqtda kondensorga to‘plangan yorug‘likning 
    hammasi moy tomchisi orqali o‘tib, muhitga tarqalmasdan immersion ob’ektivga 
    yo‘naladi. Natijada, tekshirilayotgan obekt juda aniq va ravshan ko‘rinadi. Bunda 
    moyning yorug‘likni sindirish ko‘rsatkichi ( n= 1, 515) bilan buyum oynasining 
    yorug‘likni sindirish ko‘rsatkichi ( n= 1, 52) bir-biriga yaqin bo‘lishi yorug‘likning 
    muhitga tarkalishiga yo‘l qo‘ymaydi. Yorug‘likning hammasi ob’ektivga o‘tadi. 
    Ob’ektivdagi raqam ko‘tarilgansari, kodensor ham yuqoriroqqa ko‘tarila boriladi.
    Immersion ob’ektivlar ishlatilib bo‘lguncha moyni avval filtr qog‘oz bilan so‘ngra 
    spirt yoki benzin shimdirilgan mayin doka bilan artib olinadi. 

    Download 0.95 Mb.
    1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   61




    Download 0.95 Mb.
    Pdf ko'rish

    Bosh sahifa
    Aloqalar

        Bosh sahifa



    Termiz davlat universiteti tabiiy fanlar fakulteti biologiya kafedrasi

    Download 0.95 Mb.
    Pdf ko'rish