|
ECTS tamoyillari - shaxsning to‘la rivojlanish uchun shart-sharoitlar yaratish zaruriyligini ko‘zda tutadi
|
bet | 68/121 | Sana | 29.12.2020 | Hajmi | 1,62 Mb. | | #13005 |
ECTS tamoyillari - shaxsning to‘la rivojlanish uchun shart-sharoitlar yaratish zaruriyligini ko‘zda tutadi.
12.4. ECTS ning xususiyatlari
Zamonaviy o‘qitish texnologiyasi, oliy ta’lim muassasasining jihozlanganligi, professor-o‘qituvchilar tarkibi faqat darajali, yuqori malakali kadrlardan iborat bo‘lishi, o‘qitishning yuqori sifatlari - ECTS uchun dastlabki zaruriy talablar hisoblanadi. O‘quv jaryonini tashkil etishning ushbu tizimi, quyidagi o‘ziga xos xususiyatlarga ega.
O‘quv rejasi bo‘yicha:
Barcha o‘quv fanlari ikki guruhga bo‘linadi - majburiy va talaba tanlovi asosidagi fanlar.
Bu nisbatan taxminan 1:2 teng qabul qilinadi;
Har bir talaba shaxsiy o‘quv rejasiga ega bo‘ladi;
Asosiy hujjat transkript (transcript of ruords) u ECTS ning unifikatsiyalashgan hujjat bo‘lib, yagona shaklda tuziladi, o‘qitish natijalarini tan olish uchun majburiy hujjat hisoblanadi. Transkriptda, talabaning mazkur davlatda qabul qilinga baholash tizimida ham, ECTS tizimi bo‘yicha ham olgan baholari, olingan ECTS kreditlari bo‘yicha ma’lumotlar keltiriladi.
Har bir semestrda o‘rganiladigan fanlarning soni 3…5 ta bo‘lishi;
Mustaqil ishga ajratilgan soatlar, auditoriya soatlarida ko‘p bo‘lishi;
Kredit o‘zida talabaning o‘quv fanini o‘zlashtirish uchun zarur bo‘lgan barcha mehnat sarflarini mujassamlashtirdi. O‘quv fani uchun ajratilgan kreditlar soni, aksariyat hollarda 3 ga teng bo‘ladi.
O‘quv fani dasturining mazmuni (silabus) quyidagilarni o‘z ichiga oladi:
O‘quv fanning to‘liq nomlanishi va uning o‘kuv rejasidagi tartib raqami;
O‘quv fanini o‘rganish maqsadi;
O‘quv fanining qisqacha mazmuni;
Kalendar-mavzuviy reja, mashg‘ulotlar jadvali bilan;
O‘qitish texnologiyasi;
Talabaning mas’uliyati va unga qo‘yilgan talablar;
Talabalarning bilimini baholash mezonlari tartibi va mezonlari;
Asosiy va qo‘shimcha adabiyotlar ro‘yxati
O‘qituvchining o‘quv yuklamasini hisoblashda:
Umumiy mehnat sarfi miqdori (auditoriya sotlari va mustaqil ish) bir o‘quv yilida 750-800 soatni tashkil etishi - e’tiborga olinadi.
O‘qitish jarayonining asosini:
SHaxsga yo‘naltirilgan o‘qitish texnologiyalari;
Talabaning mustaqil ishida, o‘qituvchi maslahatchi sifatida ishtirok etadi;
Talaba o‘quv fanini va o‘qituvchini tanlash tanlash huquqiga ega.
tashkil etadi.
Har bir talabaga axborot paketi beriladi, u quyidagilarni o‘z ichiga oladi.
Oliy ta’lim muassasida haqida ma’lumot;
O‘quv rejasi;
O‘quv jarayonining grafigi;
O‘quv fanlarining mazmuni;
Oliy ta’lim muassasada qabul qilingan ta’lim tizimining metodik xususiyatlari haqida ma’lumotlar;
Talabalarning bilimini baholash mezonlari tizimi va baholar shkalasi haqida ma’lumotlar;
Ijtimoiy-maishiy shart-sharoitlarga tegishli ma’lumotlar;
Tarixiy va madaniy sohaga oid ma’lumotlar;
Qo‘shimcha ta’lim xizmatlari to‘g‘risida ma’lumotlar
|
| |