O’qituvchi kasbining tarixiy taraqqiyoti va uning jamiyatda tutgan o‘rni




Download 1,62 Mb.
bet71/121
Sana29.12.2020
Hajmi1,62 Mb.
#13005
1   ...   67   68   69   70   71   72   73   74   ...   121

O’qituvchi kasbining tarixiy taraqqiyoti va uning jamiyatda tutgan o‘rni.


O‘qituvchilik – inson jamiyati tarixi boshlangandan e’tiboran davom etib, shu bilan birga hamma vaqt jamiyat va jamoatchilik tomonidan e’tiborga loyiq e’zozlab kelingan kasbdir. O’tkir Hoshimov o’zining “Daftar hoshiyasidagi bitiklar” asarida o’qituvchining jamiyatdagi o’rniga baho berib, quyidagi fikrlarni alohida ta’kidlab o’tadi: Dehqon nopob urug’ sepsa, achchiq “hosili”ni bir o’zi “o’rib oladi”. O’sha yili. O’qituvchi bolaning qalbiga nobop urug’ sepsa, achchiq “hosili”ni butun jamiyat o’rib oladi. Yigirma yildan keyin... Muallim moddiy boylik yaratmaydi, deydiganlar jamitni ichidan portlatuvchi bombadir!

Shuningdek, adib o’qituvchilik kasbining qadriyatga yo’nalgan jihati sifatida quyidagi fikrni ham alohida ta’kidlab o’tadi: “Ustoz otangdek ulug’, deganlari bejiz emas. Ota hayot beradi. Ustoz esa yashashga o’rgatadi. Tug’ilishdan ko’ra yashash qiyinroq”.

O’qituvchilik kasbining tarixiy taraqqiyoti tahlili o’qituvchining ham o’qitish, ham tarbiyalash faoliyati hamma davrlarda ham o’zaro aloqadorlikda ko’rib kelinganligi haqida fikr yuritish imkonin beradi. “O‘qituvchi, – deydi Al Forobiy, - aql-farosatga, chiroylik nutqqa ega bo‘lishi va o‘quvchilarga aytmoqchi bo‘lgan fikrlarini to‘la va aniq ifodalay olishni bilmog`i zarur.” U o‘z fikrini davom ettirib: “O‘qituvchi va rahbarning vazifasi dono davlat rahbari vazifasiga o‘xshaydi, shu sababli o‘qituvchi eshitgan va ko‘rganlarining barchasini eslab qolishi, aql-farosatga, chiroyli nutqqa ega bo‘lishi, o‘quvchilarga aytmoqchi bo‘lgan fikrlarini to‘la va aniq ifodalab berishni bilmog`i lozim. Shu bilan birga o‘z or-nomusini qadrlashi, adolatli bo‘lmog`i lozim. Ana shundagina u insoniylikning yuksak darajasiga ega bo‘ladi va baxt cho‘qqisiga erishadi”,- deb ta’kidlaydi.

Abu Ali ibn Sinoning fikricha “…O‘qituvchi matonatli, sof vijdonli, rostgo‘y va bolani tarbiyalash metodlarini, axloq qoidalarini yaxshi biladigan odam bo‘lmog`i lozim. O‘qituvchi o‘quvchining butun ichki va tashqi dunyosini o‘rganib, uning aql qatlamlariga kira olmog`i lozim”.

Nosiriddin Tusiy o‘zining “O‘qituvchilarni tarbiyalash to‘g`risida” degan asarida shunday deydi: “…O‘qituvchi munozaralarni olib borishni, rad etib bo‘lmaydigan darajadagi isbot qilishni bilishi, o‘z fikrlarining to‘g`riligiga ishonishi, nutqi esa mutlaqo toza, jumlalari mantiqiy ifodalanadigan bo‘lishi lozim… O‘qituvchi nutqi hech qachon va hech qayerda zaharxandali, qo‘pol yoki qattiq bo‘lishi mumkin emas. Dars paytida o‘qituvchining o‘zini tuta olmasligi ishni buzishi mumkin…”

Qoshg`ariy: “…Men a’zolar kasalligini davolashdan oldin odamlarning ruhiyatini davolashni zarur deb topdim. Bunga men o‘qituvchilik yo‘li bilan erishaman, bunga mening ishonchim komil. Chunki a’zolar kasalligi bilan yuzlarcha, minglarcha odamlar halok bo‘lsalar, nodonlik, bilimsizlik tufayli o‘n ming va yuz minglarcha odamlar halok bo‘ladilar…”.

Ulug` shoirimiz Alisher Navoiy ham o‘qituvchi mehnatini xolisona baholab: “Agar shogird podsholikka erishsa ham, unga (muallimga) qulluq qilsa arziydi”, “Haq yo‘lida kim senga bir harf o‘rgatmish ranj ila” kabi satrlar bitgan.

O‘qituvchining o‘rni va uning vazifalari o‘sib kelayotgan yosh avlodni tarbiyalash ishiga jamiyat va jamoatchilik tomonidan e’tibor qaratilishining naqadar muhim ahamiyatga egaligi bilan aniqlanadi.

Mamlakatimizda “Kadrlar tayyorlash milliy dasturi”ni hayotga tatbiq etish jarayonida o‘qituvchining yosh avlodga ta’lim va tarbiya berishda jamiyat oldidagi javobgarligi yanada ortib boraveradi.

Zamonaviy maktab o‘qituvchisi qator vazifalarni bajaradi. O‘qituvchi – sinfdagi o‘quv jarayonining tashkilotchisidir. O‘qituvchi o‘quvchilar uchun dars payti, qo‘shimcha darslarda va shu bilan birga darsdan tashqari paytlarda ham kerakli maslahatlar berishda bilimlar manbaidan biridir. Ko‘pchilik o‘qituvchilar sinf rahbari vazifasini bajarib, tarbiya jarayoni tashkilotchilari bo‘lib hisoblanadilar.



O‘qituvchi – odobli, adolatli hamda “bola qalbining inje­neri”­dir. Bolaning ijobiy va salbiy xususiyatlari ba’zan murab­biydan o‘ti­shini psixo­log olimlar ta’kidlab o‘tishgan. Chunki o‘quv­chi o‘qituv­chining yurish-turishi, kiyinishiga, gapirishiga taqlid qila­dilar. Bola garchi yosh bo‘lsa-da, uning inson ekanligini yoddan chiqar­maslik kerak, uni ko‘pchilik oldida obro‘sizlantirmaslik, g‘uru­rini toptamaslik kerak.

Pedagog olim Komil Zaripov o‘qituvchining kasbiy mahorati mazmun va mohiyatini “Ilg‘or o‘qituvchi”, “Ijodkor o‘qituvchi”, “Nova­tor o‘qituvchi” timsolida asoslaydi va shunday ta’riflaydi:

“Ilg‘or o‘qituvchi” avvalo boshqa o‘qituvchilarga qaraganda o‘z ishiga mas’uliyat bilan qaraydi. Shu sohadagi ijobiy tajribalarni o‘rganib, o‘z darslarida, ta’lim muassasasidan va guruhdan tashqari tar­bi­yaviy tadbirlarda qo‘llaydi. Shu orqali u ta’lim va tarbiya sohasida muayyan yutuq­larni qo‘lga kiritadi.

“Ijodkor o‘qituvchi”da ham “Ilg‘or o‘qituvchi”dagi xususiyatlar bo‘­li­shi mumkin. Ularning jiddiy farqi shundaki, ilg‘or o‘qituvchi mav­jud manbalarni o‘rganib, shular asosida ta’lim - tarbiya bo‘yicha muayyan ishlarni amalga oshirsa, ijodkor o‘qituvchi bor manbalarga tan­qi­diy ko‘z bilan qaraydi. Ko‘p hollarda mavjud metodik yo‘l – yo‘riq­larga o‘z munosabatini bildirib, sharoit va vaziyat taqozosiga, o‘zi­ning imkoniyatlariga qarab mavjud tartiblardan farqli zamonaviy metodik usullardan foydalanadi”.

“Novator o‘qituvchi”, o‘zining yaxlit pedagogik vosita va usullari mavjudligi bilan farqlanib turadi. Shu bilan birga novator o‘qituv­chilarda ilmiy tahlil, o‘ziga tanqidiy ko‘z bilan qaray bilish xususiyatlari ham ega bo‘ladi. Ularning ko‘pchiligida g‘oyat murakkab, boshqalar o‘ziga ishon­maydigan sharoitlarda ham o‘z ishlarining to‘g‘ri ekanligiga ishonch bo‘ladi.


Download 1,62 Mb.
1   ...   67   68   69   70   71   72   73   74   ...   121




Download 1,62 Mb.

Bosh sahifa
Aloqalar

    Bosh sahifa



O’qituvchi kasbining tarixiy taraqqiyoti va uning jamiyatda tutgan o‘rni

Download 1,62 Mb.