|
Termodinamik hususyatlari reja: Kirish Ideal va real eritmalar
|
bet | 5/6 | Sana | 14.05.2024 | Hajmi | 80,01 Kb. | | #230578 |
OSMOTIK BOSIM. Erituvchining molekulalari o‘ta oladigan, lekin erigan modda molekulalari o‘ta olmaydigan to‘siqlar mavjud bo‘lib, bunday to‘siqlar yarim o‘tkazuvchan to‘siqlar deb ataladi.
Agar yarim o‘tkazuvchan to‘siq bilan ajratilgan tutash idishning bir tomonga sof erituvchi ikkinchisiga esa eritma solinsa, u holda to‘siq orqali sof erituvchining molekulalari eritma egallagan hajmga o‘ta boshlaydi. Bu hodisaga osmos deyiladi. Osmos natijasida sof erituvchi va eritma orasida bosimlar farqi vujudga keladi (75-rasm). Osmos natijasida vujudga kelgan bosimlar farqiga osmotik bosim deyiladi.
Agar eritma kuchsiz bo‘lsa, osmotik bosim eritmaning konsentrasiyasiga proporsional bo‘lar ekan.
(Vant - Goff qonuni -1887 yil):
(1)
bu yerda V-eritmaning hajmi, - erigan modda mollari soni, R-universal gaz doimiysi, T – temperatura (1) formula kuchsiz eritmalardagi osmotik bosim
75-rasm
|
ideal gaz qonunlari bo‘ysunadi-gan qonunga bo‘ysunishini ko‘rsatadi. Bunga sabab shuki, ideal gazning zarralari o‘zaro ta`sirda bo‘lmagani singari kuchsiz eritmalarda erigan moddaning molekulalari ham o‘zaro ta`sirlashmaydi. Osmos hodisasi hay-vonlar va o‘simliklar hayotida katta rol o‘ynaydi.
To‘qimalarda suvning va suvda erigan moddalarning taqsimlanishi ko‘p jihatdan osmotik bosim bilan aniqlanadi.
|
Chunki, tirik organizmda modda almashinuvi o‘simlik va hayvonlar hujayralarining yarim o‘tkazuvchi to‘siqlari orqali amalga oshiriladi.
Osmos- Erituvchining (diffuziya hisobiga) yarim o’tkazgich membrana orqali erigan modda konsentratsiyasi kam bo’lgan eritmadan erigan modda konsentratsiyasi ko’p bo’lgan eritmaga o’z-o’zidan o’tish jarayoniga osmos deb ataladi.
Osmotik bosim- Osmos holatini to’xtatish uchun eritmaga ta’sir ettirish zarur bo’lgan bosim qiymatiga osmotik bosim deyiladi
Osmometr- Osmotik bosim osmometr yordamida o’lchanadi. Ilk bor osmometrni 1877-yilda Pfeffer yasagan.
Osmotik bosim quyidagi omillarga bog’liq:
- o’zgarmas temperaturada osmotik bosim erigan modda konsentratsiyasiga © to’g’ri proporsianal ya’ni Tqconst , Posmqk∙c
- Konsentratsiya o’zgarmas bo’lganda osmotik bosim absolut temperaturaga to’g’ri proporsianal cqconst, Posmqk∙T
Shu ikki holat (ya'ni Posm temperatura va konsetratsiyaga bog'liqligiga) asoslangan holda Vant-Goff 1887-yilda o'z qonunini kashf etdi:
|
| |