|
Qaysi dastur amaliy dastur tarkibiga kirmaydi?
|
bet | 59/131 | Sana | 17.01.2024 | Hajmi | 1,8 Mb. | | #139300 |
Bog'liq O’zbekiston respublikasi xalq ta’lim vazirligi namangan viloyat 2. Qaysi dastur amaliy dastur tarkibiga kirmaydi?
a) *Unix
b) Word
c) Excel
d) Power Point
25-mavzu: Ofis dasturlarining keyingi versiyalar va ularning oldingi versiyalaridan farqli imkoniyatlari (2 soat amaliy).
Reja
1. Microsoft Word 2007 dasturida ishlash
2. Microsoft Excel 2007 dasturida ishlash
3. Microsoft Power Point 2007 dasturida ishlash
Microsoft Word 2007 dasturida ishlash
Word muharriri belgisi Windows dasturlar boshqaruvchisining dastur guruhlardan birida joylashadi. Odatda, u asosiy guruhda joylashtiriladi. Word muharririni ishga tushirish uchun muharrir belgisida «sichqoncha» tugmasi bir marta bosiladi.
Agarda ekranda Microsoft Office paneli mavjud bo'lsa u xolda Word dasturini shu paneldagi - tugmasi ustida «sichqoncha»ning chap tugmasini bir marta bosish orqali ishga tushiriladi.
Word muharriri ishga tushgandan keyin ekranda muharrir oynasi hosil bo'ladi. Oynaning ayrim elementlari Windows tizimida ishlaydigan barcha dasturlarda uchraydi, ayrimlari esa faqat Word muharririga tegishlidir.
Word muharriri oynasi birlamchi va ikkilamchi oynadan iborat. Birlamchi oyna orqali matn ustida bajariladigan barcha amallarni bajarish mumkin. Ikkilamchi oynada esa faqat matn yoziladi. Birlamchi oyna asosiy oyna hisoblanadi.
Sarlavxa va menyu satri
Word oynasi yuqori qismida sarlavxa satri joylashadi:
Word ishga tushganda faylga «Dokument 1» nomi beriladi. Bir necha hujjat matn ishlaganda nomning raqami o'zgaradi, ya'ni masalan, «Dokument2» va xokazo. Yangi matnga «Dokument» nomi beriladi. Bu nom hujjatning nomi o'zgartirilgandan so'ng o'zgaradi.
Sarlavxa satridan so'ng menyu satri joylashadi:
Matnda kursorni vertikal chiziqcha belgilaydi. Kursor keyingi daqiqada matnni yozilish, rasm yoki jadvalni quyilish joyini ko'rsatadi. Kursorni joyini o'zgartirish uchun yo'nalish tugmachalaridan yoki sichqonchadan foydalanish mumkin. Sichqoning tugmachasining kerakli joyda bir marta bosilishi, kursor joyini o'zgartiradi. Matn oxirini gorizontal chiziqcha ko'rsatadi. U doimo matnning oxirida joylashadi.
|
| |