|
Test savollari Kirish shinalaridagi ma’lumotlarni yagona chiqishga o‘lovchi …
|
bet | 60/131 | Sana | 17.01.2024 | Hajmi | 1,8 Mb. | | #139300 |
Bog'liq O’zbekiston respublikasi xalq ta’lim vazirligi namangan viloyat Asboblar paneli
Menyu satridan so'ng turli asboblar panellari joylashgan. Bu panel furli tugmachalardan iborat bo'lib, har bir tugmacha Word taxrirlagichining biror komandasini anglatadi. Komanda bajarilishi uchun panelning mos tugmachasida sichqoncha tugmachasi bosilishi yetarli bo'Iadi.
Chizg'ichlar
Chizg'ichlar ish maydonining yuqori yoki chap qismida joylashishi mumkin. Chizg'ich yordamida matn kengligi, jadval katakchalari o'lchamini o'zgartirinshingiz mumkin.
Chizg'ichni o'rnatish yoki o'chirish uchun «Вид» menyusining «Линейка» komandasidan foydalaniladi.
Normal usul
Odatda shu usul o'rnatilgan bo'ladi. Bunda matnni kiritish, taxrirlash, formatlash qulayroq. Shu usul formatlashning barcha turlarini bejaradi.
Sahifalash usuli
Bu usulda matn chop etiladigan ko'rinishda beriladi. Ekranda matn, rasm, jadval va xokazolar chop etiladigan ko'rinishda joylashadi. Bunda birdaniga bir necha sahifani ko'zdan kechirish mumkin. Bu usuldan hujjat taxrirlagandan so'ng natijani ko'rish uchun foydalaniladi.
Hujjatning shaklini ko'rish usuli
Bu rejimda hujjatning shaklini ko'zdan kechish, tashkil etish, o'zgartirish mumkin. Bunda sarlavhalar iyerarxiyasini shakl deb tushuniladi. Bu rejimda ekranga faqat sarlavhalarni chiqarish mumkin. Sarlavha sathini o'zgartirish mumkin. Sarlavxa bo'g'inlab ko'chirilganda, unga tegishli sarlavhalar ham bo'g'inlab ko'chiriladi.
Matn kiritish
B archa muharrir dasturlarida asosiy vaqt matn kiritishga sarflanadi, so'ngra esa muharrir imkoniyatlaridan foydalanish mumkin. Word muharririda yangi abzatsga o'tishda «Enter» tugmasidan, so'zlar orasida bo'sh joy tashlashda «Probel» yoki «Tab» tugmalaridan foydalaniladi. ( ) belgi - abzats oxirini ko'rsatuvchi belgi. Yuqoridagi abzatsga bog'liq yangi satrni boshlash uchun, kursorni kerakli joyga qo’yib, «Shift+Enter» bosilishi natijasida Word satrning uzilish belgisini o'rnatadi va kursorni yangi satrning boshiga o'tkazadi. Matn
bo’ylab harakat qilishda klaviaturadagi boshqaruv tugmalaridan, «sichqoncha»dan va o'tkazish yo'lakchalaridan foydalanish mumkin. Noto'g'ri kiritilgan belgilarni o'chirishda bir necha usullardan foydalanish mumkin:
|
| |