|
Test savollari Kirish shinalaridagi ma’lumotlarni yagona chiqishga o‘lovchi …
|
bet | 62/131 | Sana | 17.01.2024 | Hajmi | 1,8 Mb. | | #139300 |
Bog'liq O’zbekiston respublikasi xalq ta’lim vazirligi namangan viloyat Microsoft Excel 2007 dasturining ishchi sohasi quyidagi qismlardan tashkil topgan: sarlavha va menyu qatorlari, vositalar paneli, formula va holat qatorlari hamda kitob oynasi.
Menyuning birinchi bo‘limi «Кнопка Office» tugmachasi ishchi kitoblar bilan ishlashga yordam beradigan buyruqlardan iborat. Bu bo‘limdan foydalanib yangi ish kitobini yaratish, mavjud ish kitobini ochish, joriy ish kitobini bekitish, xotirada saqlash, ish kitobining xususiyatlari haqidagi ma’lumotlarni ko‘rish, ishchi saxifasini formatlashga oid parametrlardan iborat muloqot oynasini xosil qilish, bosmaga tayyorlangan xujjatni oldindan qurish va bosmaga chiqarish ishlarini bajarish mumkin.
«Главная» bo‘limida ma’lumotlarni o‘zgartirishga olib kelgan oxirgi amalni bekor qilish, o‘zgartirishni qaytarish, amalni qidirib topish va o‘zgartirish, belgilangan soxani ish kitobidan olib tashlash, kataklardan almashinuv buferiga nusxa olish, kerakli joyga qo‘yish, kataklar blokini talab asosida to‘ldirish, kataklarni ba’zi parametrlar bo‘yicha tozalash, ish kitobidan ishchi saxifani olib tashlash ishlari bajariladi.
«Вставка» bo‘limida jadvalga muloqot oynasi yordamida diagramma xosil qilish, rasmlar qo‘yish, ish kitobiga turli xil belgilarni qo‘yish ishlari bajariladi.
«Разметка страницы» bo‘limidan qog‘ozning o‘lchamlari, holatlari, matn rangi va shirft turlari keltirilgan.
«Формулы» bo‘limida matematik, mantiqiy, moliyaviy hisob kitob ishlari uchun turli formulalar bo‘yicha funksiyalar keltirib o‘tilgan.
«Данные» bo‘limining buyruqlari jadvallar ustida ishlashga mo‘ljallangan bo‘lib, ularni tartiblash, saralash ishlarini bajarish mumkin.
«Рецензирование» bo‘limida sahifa va kitobga himoya qo‘yich, undan foydalanish bo‘yicha ruxsat berish kabi ishlar amalga oshiriladi.
«Вид» bo‘limida ekranga katak adresi va katakka joylashtirilgan formulani o‘zida jamlagan bo‘limni o‘rnatish, bir qancha vositalar panelini hosil qilish, bundan tashqari jadvalni butun ekran bo‘yicha kengaytirish va jadvalning masshtabini o‘zgartirish ishlari amalga oshiriladi.
|
| |